Respublikasi


UMUMINSONIY AXLOQQA ZID ILLATLAR VA ULARNI



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə61/201
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44619
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   201
2014-d-iii kasb etikasi muhammadiyev-lot

bob


UMUMINSONIY AXLOQQA ZID ILLATLAR VA ULARNI BARTARAF ETISHDA ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARINING TUTGAN O‘RNI

1-§. UMUMINSONIY AXLOQQA ZID ILLATLAR, ULARNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA SHART-SHAROITLARI

«Umuminsoniy axloqqa zid illat» – axloqiy yomonlik tushunchasi.

«Illat» so‘zi tandagi dard, kasallik, xastalik, jismoniy yoki ruhiy kamchilik, nuqson, ayb hamda biror ishga, holga sabab bo‘lgan buzuqlik, balo, ofat degan ma’nolarni anglatadi. Shunga ko‘ra, umuminsoniy axloqqa zid illatlar deb umuminsoniy odob-axloq prinsiplari va normalari doirasiga sig‘maydigan, unga xilof ravishda sodir etiladigan yaramas xatti- harakatlarga aytiladi. Ularga g‘azab, jaholat, adovat, g‘iybat, haqorat, hasad, nifoq, zulm, yolg‘onchilik, maqtanchoqlik, dangasalik, ichkilik- bozlik, manfaatparastlik, shuhratparastlik, ayyorlik, xushomadgo‘ylik, ikkiyuzlamachilik, ezmalik, jizzakilik, buzuqchilik kabilar kiradi.

G‘azab. G‘azab – insonning aql quvvatidan hissiyot quvvati ustun kelib, o‘zini bosolmasdan, o‘zgalarga shiddat bilan muomala qilishidir. Agar g‘azab birovni urish, so‘kish, ya’ni kishilarga jabr va zulm yetkazish tariqasida yuzaga chiqsa, axloqqa zid illatga aylanadi. O‘rinsiz g‘azablanish ichki ishlar idoralari xodimlarining ishlariga zarar keltiradi.

G‘azabning illatlari to‘g‘risida donishmandlar shunday deganlar:



  • G‘azab tez qaytariladigan, shafqatsiz, g‘oyat kuchli, ruhiy jihatdan hayvoniy bir hissiyotdir, u qotillik sababchisi, g‘am-kulfat hamrohi, ziyondoshlik va nomussizlikning oshnasi bo‘lishi mumkin. (Aristotel)

  • G‘azab ustida jazo berish jazolash emas, qasd olishdir. (P.Buast)

  • G‘azab ustida urgan har bir zarbamiz oxir-oqibat o‘zimizga kelib tushadi. (U. Peni)

  • G‘azabga tushish birovning xatosi uchun o‘zimizdan o‘ch olishimizdir. (A.Pop)

  • Qaysi birlaringda jahlu g‘azab qo‘zisa, darhol sukut saqlashga o‘tsin.(Hadis)

  • G‘azab qo‘ziganda gapirish ham, nimadir qilish ham kerak emas. (Pifagor)

Qaysi birlaringda jahlu g‘azab tik turgan paytda kelsa, darhol o‘tirib olsin. Agar shunda ham g‘azab ketmasa, yotib olsin. (Hadis)


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin