Ko‘zdan kechirishning axloqiy normalari. Ko‘zdan kechirishning axloqiy normalariga quyidagilar kiradi:
Avvalo, ko‘zdan kechirish chog‘ida ko‘pchilik ishtirok etadi. Masalan, jinoyat qidiruv organi va prokuratura xodimlari, guvohlar, xolislar, jabrlanuvchilar va h.k. Shuncha odam to‘plangan ana shunday murakkab sharoitda tergovchi boshqaruvni o‘z qo‘liga olib, hamma bilan xotirjam munosabatda bo‘lishi, hech qanday to‘qnashuvga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Qat’iylik va xushmuomalalik bilan olib borilgan ishgina kutilgan samara berishini unutmaslik, shu bois xotirjamlikni ta’minlash kerak.
Ko‘zdan kechirish vaqtida, jinoyatchilarning guvohlarga zarar yetkazishini inobatga olgan holda ularning xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish zarur.