Jinsiy tasavvur – erotik nazariya. Bu nazariya ijodkorlari bo‘lmish N. Nardau, K. Lange, 3. Freyd va boshqalarning fikriga ko‘ra, san’at bir jinsdagilarning ikkinchi bir jinsdagilarni o‘zlariga qiziqtirishlari, ya’ni har xil usul va vositalar bilan jalb qilishlari orqali kelib chiqqan. Eng qadimgi san’at turlaridan biri – bezanish. Bezanishdan ko‘zlangan asosiy maqsad esa odamlarning o‘z jinsiy mayllari, ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Bunday ishqiy lazzat davomida odamlar, hayvonlarda bo‘lgani singari, o‘zlaridan qandaydir yoqimli musiqa ohanglarini chiqaradilar, ana shu ishqiy musiqa ohanglari esa sevgi tomirlarida qonning ko‘pirishiga, bu esa yangidan yangi musiqalar yaratilishiga, ushbu musiqalar esa, o‘z navbatida, yangidan-yangi san’atlarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Bu haqda Zigmund Freyd shunday degan: «Ishqiy lazzatning sehrli sozi yaratuvchanlik kuchiga egadir. Uni madaniyat ilmining birinchi talablariga bo‘ysundirish lozim. Chunki u madaniyat sohasida ulkan yutuqlarga erishishning manbai bo‘lib, bu kuch orqali odamlar cheksiz baxt-saodatga musharraf bo‘ladilar»1, – deydi. Demak, erotik nazariya tarafdorlarining fikriga ko‘ra, san’atning vujudga kelishi va rivojlanishi asosida ikki jins o‘rtasidagi ishqiy lazzatlanishdan hosil bo‘ladigan yoqimli soz ohanglarining kuchi yotadi.
Dostları ilə paylaş: |