6-§. “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari
Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi;
o‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan foydalanadi;
predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi;
raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo‘llaydi; makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi; elementar matematik hisoblashlarni amalga oshiradi;
atrof muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq qiladi; atrof muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni namoyon etadi.