Resumes-rs-04 ab v1



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix01.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#105517
  1   2   3


JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS) 
Volume: 01 Issue: 06 | 2021 
ISSN: 2181-2608
577 
"Boshlang'ich Sinflarda Matematika Fanidan 
Iqtidorli O'quvchilar Bilan Qo'shimcha Ishlash 
Uslublari" 

Rasulova Dilnoza Xolmurodovna,

Rahimova Sayyora Xolmurodovna, 

Nazarova Dilfuza Oltiboyevna 

Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumani xalq ta'limi 
bo'limiga qarashli 80-umumiy o'rta ta'lim 
maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchilari 
Annotatsiya

Ushbu maqolada boshlang`ich sinflarda matematika 
o`qitish metodikasi va og`zaki, ko`rsatmali va amaliy 
metodlardan foydalanish bo`yicha fikr mulohazalar 
yuritiladi. 
Kalit so`zlar
:
boshlangich matematika, psixologiya, 
o`quv reja, ta`lim-tarbiya. 


JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS) 
Volume: 01 Issue: 06 | 2021 
ISSN: 2181-2608
578 
Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta'limi tizimida bo'layotgan 
o'zgarishlar «Ta'limto'g'risida» gi qonunda hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» da ko'rsatib 
o'tilgandek, har bir boshlang'ich sinf o'qituvchisi oldiga muhim vazifa qo'yilmoqda. Bu vazifalar 
boshlang'ich ta'lim uchun xos bo'g'inlarni ajratish imkonini beradiki, bu bo'g'inlar xilma-xil o'quv 
fanlari dasturlarida, o'quv rejalarida, darsliklarda ta'limning joriy etilishi hamda metodik tizimida biror 
tarmoqni hosil qilishi mumkin .Davlat ta'lim standartlari o'quv fani bo'yicha o'quv-metodik majmualar 
(dastur, o'quv rejasi, darsliklar)ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek, o'quv 
fanlararo bog'lanish va bilimlarini muvofiqlashtirish tamoyili asosida o'quv fanlarining o'zaro 
bog'liqligi va fanlararo bog'lanishini ta'minlashga xizmat qiladi. Boshlang'ich sinflar o'qituvchisining 
metodik-matematik tayyorgarligi deyilganda biz uni ilmiy dunyoqarash asosida matematika o'qitish 
metodikasini umumiy pedagogik-psixologik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog'lanishda 
tayyorlanishni tushunamiz. Bunday tayyorlanish vazifasiga matematikadan boshlang'ich ta'lim sohasida 
ma'lum bilim va uquvlarni egallash hamda bolalarni o'qitish orqali tarbiyalashni o'zlashtirishi kiradi. 
Metodik-matematik tayyorgarlik boshlang'ich sinf o'qituvchi-sini tayyorlashning tarkibiy qismi bo'lib, 
uning ta'limiy-tarbiyaviy faoliyatidan ajralgan holda qaralishi mumkin emas. Ikkinchi tomondan
boshlang'ich sinflarda matematikani o'qitish birinchi bosqichdir, ya'ni bolalarni navbatdagi matematika 
kursini o'zlashtirishga tayyorlash bosqichidir. Matematikadan boshlang'ich ta'limning bu ikki jihati 
(aspekti) (boshlang'ich ta'limning tarkibiy qismi va matematik tayyorgarligi) metodikada o'zining 
munosib aksini topishi lozim. Boshlang'ich matematika kursi, bolalar tafakkuri rivojlanishiga yordam 
beradi. Shu bilan boshlang'ich bilimlar yagona majmuini yaratadi, ikkinchi tomondan, zaruriy 
metodologik tasavvurlarni va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo'naltirilgan
bo'ladi.
Matematikadan boshlang'ich ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi 
mumkin. Bu ilmiy dunyoqarash, psixologiya, didaktika, matematikani o'qitish nazariyasini
(matematika didaktikasi) o'z ichiga oladi. Biroq birgina nazariy bilimlarning o'zi yetarli emas. 
O'qitishning ma'lum mazmuni va o'qituvchilaming aqliy faoliyati saviyasi bilan ta'sirlanadigan u yoki
bu o'quv yo'nalishi uchun eng samarali usullarni qo'llay bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning 
o'zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni bilishi zarur. Boshlang'ich sinflarda 
bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli boshlang'ich sinf o'qituvchisi uchun 
o'quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish hamda hisobga olish muhimdir. 
o'rganadigan obyekti fazoviy shakllar va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir. Maktab 
matematika kursining maqsadi o'quvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olingan holda 
matematik bilimlar tizimini berishdan iboratdir. Bu matematik bilimlar tizimi ma'lum usullari 
(metodika) orqali o`quvchilarga yetkaziladi. "Metodika" grekcha so'z bo'lib, "metod" degani "yo'I" 
ma'nosini anglatadi. Matematika metodikasi pedagogika fanlari tizimiga kiruvchi pedagogika fanining 
tarmog'i bo'lib, jamiyat tomonidan qo'yilgan o'qitish maqsadlariga muvofiq matematika o'qitish 
qonuniyatlarini matematika rivojining ma'lum bosqichida tatbiq qiIadi. O'qitishda yangi maqsadlarning 
qo'yilishi matematika o'qitish mazmunining tubdan o'zgarishiga olib keldi. Boshlang'ich sinf 
o'quvchilariga matematikadan samarali ta'lim berilishi uchun o'qituvchi boshlang'ich sinflarda 
matematika o'qitish metodikasini egallab, chuqur o'zlashtirib olmog'i zarur. Matematika boshlang'ich 



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin