Rezervlash protokollari stp, rstp va agregatsiyalash protokollari lacp, pagp ni sozlash



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix16.05.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#114440
  1   2   3   4   5   6
Laboratoriya ishi- 4[1]



4–LABORATORIYA ISHI 
REZERVLASH PROTOKOLLARI - STP, RSTP VA 
AGREGATSIYALASH PROTOKOLLARI - LACP, PAGP NI SOZLASH 
 
Ishdan maqsad 
Kanal pog’onasi protokollari: 
– STP (spanning-tree protocol), RSTP protokollari; 
– LACP, PAGP аgregatsiyalash protokollarining sozlash va ishlash 
tamoyillari bo`yicha amaliy ko`nikmaga ega bo`lish. 
 
Topshiriq: 
1. STP (spanning-tree protocol), RSTP protokollari bo`yicha topshiriq: 
– SW1, SW2 va SW3 kommutatorlar interfeyslarining 4.1-rasmda 
ko`rsatilgandek sozlang va tekshiring. 
– STP protokoli bo`yicha root switch va root secondary kommutatorlarni 
sozlang va tekshiring. 
– Har bir kommutatorni ildiz kommutator (root) qilib, kadrning harakat 
yo`nalishlarini o`zgartiring. 
– Har bir kommutator konfiguratsiya natijalarini tahlil qiling. 
4.1 - rasm. STP protokoli asosida tuzilgan tarmoq topologiyasi 


2. LACP, PAGP аgregatsiyalash protokollarining sozlash va ishlash 
tamoyillari bo`yicha topshiriq 

S1, S2 kommutatorlarning interfeyslarini rasmda ko`rsatilgandek sozlang 
va tekshiring 

LACP 
yoki 
PAgP 
protokollari 
yordamida 
kanal 
agregatsiya 
konfiguratsiyalarini amalga oshiring 

Har bir kommutatorda yozilgan buyruqlarning vazifalarini o`rganing. 
1 - topshiriq bo`yicha qisqacha nazariy ma’lumot 
 
STP protokoli OSI modelining kanal pog`onasi protokoli bo`lib, IEEE 
802.1d standartida asosida tavsiflangan. STP protokoli 1985 yilda Radia Perlman 
tomonidan ishlab chiqilgan. Protokolning quyidagi spetsifikatsiyalari mavjud: 
PVSP+, RSTP, MSTP, SPM. 
STP protokolining asosiy maqsadi Ethernet tarmog`idagi ixtiyoriy 
topologiyada bir-biriga bog`langan bir nechta kommutatorlar o`rtasidagi kanalda 
pet (petel) hosil bo`lishini oldini olishga qaratilgan. STP protokoli tarmoqda 
kommutatorlar bir-biri bilan bog`lanishlarning mantiqiy daraxtini yaratishga 
asoslangan. Daraxtning yuqori qismida ildiz kommutator (Root switch) va undan 
keyingi filial (otvetvleniya), ya’ni ildiz bo`lmagan kommutatorlar joylashadi. 
Kommutatorlar bir-biri bilan bog`langan holatda, asosiy magistral kanalni ishlatib, 
boshqa kanallarni fizik jihatdan bog`lab, lekin mantiqiy jihatdan avtomatik bloklab 
qo`yish imkoniyatini beradi (4.2-rasm). Daraxtni qurish jarayoni quyidagi 
bosqichlardan iborat: 

Ildiz kommutatorni tanlash (root switch); 

Ildiz portlarni tanlash (root port); 

Belgilangan portlarni tanlash (designated port). 


4.2-rasm. STP protokolidagi port turlari 
Tarmoqda asosiy bo`lgan ildiz kommutatorni tanlashda kommutatorlarning 
eng kichik imtiyoz (prioritet) qiymati yoki uning ID qiymati asosida tanlanadi. Bu 
yerda ID qiymati kommutatorning MAC manzili anglatadi, ya’ni eng kichik 
qiymati tarmoqda ildiz kommutator hisoblanadi. Kommutatorlar har 2 soniyada 
bir-biriga Hello BPDU kadrlarni jo`natib qaysi biri ildiz kommutatorligini belgilab 
olishadi. 
Qo`shnilardan olingan kadrlarning imtiyoz va ID identifikator 
qiymatlarini taqqoslanadi va ularning qiymatlari yuqoriroq bo`lsa, u ildiz 
lavozimiga da’vo qilishni to`xtatadi va g`olibga Hello BPDU xabarini tarqatishni 
boshlaydi. Shuni bilishimiz kerakki, imtiyozlar taqqoslanganda ular teng qiymat 
bo`lib qolsa, u holda ularning ID taqqoslash orqali ildiz kommutator tanlanadi.
Multiple Spanning Tree Protocol (MSTP) IEEE 802.1s standartida 
tavsiflangan va keyinchalik IEEE 802.1Q-2003 bilan qo`shimchalar kiritilgan. 
MSTP protokoli bir nechta STP protokoli nusxasini qo`llab-quvvatlash maqsadida 
IEEE 802.1w (RSTP) standartini takomillashtirilgan ko`rinishi. U tarmoqni tezroq 
ishlashini, VLAN sozlangan tarmoqda yuklamani balanslash imkoniyatini 
ta’minlaydi. 802.1s MSTP standartiga qo`shimcha 802.1Q standartida qo`shimcha 
kiritilgan. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin