2-topshiriq bo`yicha qisqacha nazariy ma’lumot Agregatsiya kanal (ingilizcha link aggregation) – bir nechta fizik kanalni
bitta mantiqiy kanalga birlashtirish imkonini beradigan texnologiya. Agregatsiya
kanal fizik kanal bo`ylab mantiqiy kanalda trafiklarni taqsimlash va bitta yoki bir
nechta jismoniy kanallarni bitta mantiqiy kanalda ichki rad etilish holati sodir
bo`lganda zahiralash imkonini beradi. Bunday texnologiya kanal o`tkazish
qobilyatini va ishonchligini oshirish imkonini beradi. Tarmoq topologiyasi 4. 6-
rasmda keltirilgan
4.6 - rasm. Kommutatorlar o`rtasida agregatsiya kanalning tashkil etilishi
Agregatsiya kanallar to`g`risida umumiy axborotlar
Agregatsiya kanallar ikkita masalani echish imkonini beradi:
- Kanalni o`tkazish qobiliyatini oshirish
- Kanallardan biri qatordan chiqqanda zahirani ta’minlaydi.
Agregatsiya kanallar ikkita kommutator, kommutator va marshrutizator,
kommutator va xostlar o`rtasida yaratilishi mumkin.
Cisco da kanallarni agregatsiyalash uchun quyidagi uchta variantdan biridan
foydalanish mumkin:
LACP (Link Aggregation Control Protocol) standart protokol;
PAgP (Port Aggregation Protocol);
Protokoldan foydalanmaydigan statik agregatsiyalash.
EtherChannel mantiqiy kanal fizik kanal bo`ylab kadrlarni taqsimlaydi,
raqamli belgiga ega kadrda manzil to`g`risida axborotlarga tegishli ikkilik
shablonda ifodalaydi, dastlabki bosqichida mantiqiy kanalda fizik kanallardan biri
tanlaniladi. EtherChannel kanallarni taqsimlash Cisco xeshlash algoritmiga
asoslanadi.
Cisco qurilmasida kanalni agregatsiyalashni sozlashda bir nechta
terminlardan foydalaniladi:
- EtherChannel — kanallarni agregatsiyalash texnologiyasi. Termin
kanallarni agregatsiyalash uchun Cisco da foydalaniladi. EtherChannel dan
ekranlanmagan juft o`ramli kabellar (UTP) yoki bir va ko`p moddali optik tolali
kabellar orqali lokal tarmoqda kommutatorlarni, marshrutizatorlar, serverlar,
mijozlar bir-biri bilan bog`lashda foydalaniladi.
–
port-channel — mantiqiy interfeys, ya’ni fizik interfeyslarni
birlashtiradi.
–
channel-group — bu buyruq qaysi mantiqiy interfeys fizik interfeysda
joylashganligini va qaysi agregatsiyalash rejimidan foydalanishi ko`rsatadi.
4.7-rasm. Port-channel mantiqiy interfeys
Bu terminlar kanallarni agregatsiyalashda foydalaniladi.
Sxemada channel-group buyrug`idan keyingi son Port-channel mantiqiy
interfeys raqamini bildiradi. Ikki tarafi Agregatsiyalangan kanalli mantiqiy
interfeys raqami bir-biriga mos kelishi kerak. Raqam bitta kommutatorda turli port
guruxlarini farqlashda foydalaniladi.