Rezonans kuchaytirgich reja: Kirish Toklar rezonansi. Paralel ulangan zanjirlar. Toklar rezonansida chastota tavsiflari


Tebranish tizimi va elektr zanjirlaridagi



Yüklə 94,67 Kb.
səhifə5/7
tarix22.05.2023
ölçüsü94,67 Kb.
#119550
1   2   3   4   5   6   7
Rezonans kuchaytirgich reja Kirish Toklar rezonansi. Paralel ul

3. Tebranish tizimi va elektr zanjirlaridagi
Elektrotexnikada zanjirning aloxida qismdagi qarshilik va o‘tkazuvchanliklar ham musbat ham manfiy kattaliklarga ega bo‘lishi mumkin va bu kattaliklar bir–birini o‘zaro kompensatsiyalashi mumkin. Oqibatda amalda shunday holatlar mavjud bo‘ladiki, qachonki, zanjirda reaktiv unsurlar (induktivlik va sig‘im) mavjud bo‘lishiga qaramasdan kirishdagi to‘liq zanjirning reaktiv qarshiligi yoki reaktiv o‘tkazuvchanligi nolga teng bo‘ladi. Bu kabi hususiy holatda kirishdagi tok va kuchlanish faza bo‘yicha ustma–ust tushadi. Hamda to‘liq zanjirning ekvivalent qarshiligi aktiv bo‘ladi. Mazkur hodisani rezonansli deb ataladi.
Zanjirda induktivlik va sig‘imli unsurlar mavjud bo‘lgan holda (mos ravishda magnit va elektr maydon energiyalarini yig‘uvchilar) tebranuvchi tizim haqida gapirish mumkin bo‘ladi. Reaktiv unsurlardagi elektromagnit maydon energiyasi asta–syokin issiqlik energiyasiga aylanadi.
Energiyaning saqlanish qonuniga muvofiq ushbu hodisani sodir bo‘lishi muqarrardir.
Zanjirlarda qismlar ketma–ket yoki parallel ulangan holatda ham rezonansli hodisalar kelib chiqishi mumkin. Keyingi bayonlarda har bir holat uchun aloxida, batafsil to‘xtaymiz.
Unsurlar ketma–ket ulangan zanjirda rezonans.
1–rasmda r, L va C qismlari ketma–ket ulangan sxema tasvirlangan.
Mazkur zanjirning kompleks qarshiligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
Z =r + jωL + 1/jωC = r + j(ωL –1/ωC) = r + jk = zejφ (1)

1 –rasm
bunda:
qaralayotgan konturda, agarda φ=0 bo‘lsa rezonans bo‘ladi.
X =ωL –1/ωC =0 (2)
ωL =1/ωC va ω2LC =1 (3)
Oqibatda, rezonansga erishish uchun zanjirga ulangan kuchlanishning yoki chastotaniyoki g‘altakning induktivligini,yoki kondensatorlarning sig‘imini o‘zgartirib erishiladi.
Rezonans kuzatilganida (paydo bo‘lganida) burchakli chastotaning induktivlik va sig‘imning qiymatlari quyidagi ifodalardan topiladi:
; (4)
Bunda burchakli chastota ω0 rezonansli chastota deb ataladi. Zanjirning ulanish nuqtasidagi U kuchlanish o‘zgarmas bo‘lganida va rezonans holatida zanjirdagi tok o‘zining maksimal qiymatiga erishadi. Chunki Om qonuniga muvofiq I=U/r, va reaktiv qarshiliklarning qiymatlariga bog‘liq emas. 2–rasmda rezonans holatidagi vektorli diagramma tasvirlangan. XL =Xc shartda va reaktiv qarshiliklar qiymati bo‘yicha r aktiv qarshilikdan katta bo‘lgan holatda shunday oniy vaqt paydo bo‘ladiki, bu vaqtda reaktiv g‘altak va kondensatorlarning ulanish nuqtasidagi kuchlanish zanjirningning ulanish nuqtasidagi kuchlanishdan ortib ketadi.

Yüklə 94,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin