Tashqi omillarga bog‘liq bo‘lmagan tavakkalchilik ko‘pincha quyidagi sabablarga ko‘ra vujudga kelishi mumkin:
boshqaruv xodimlarining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va boshqa sohalarda noto‘g‘ri o‘arorlar qabul qilishi;
xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishdagi xatoliklar;
xodimlarning o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshuvi;
-subyektni rivojlantirish strategiyasi va biznes rejasini noto‘g‘ri shakllantirish;
o‘zini qoplamaydigan va aniq hisob-kitoblar qilinmagan loyihalarga qo‘l urish;
daromadlar va xarajatlarni doimiy nazorat ostiga olmaslik;
biznesdagi tashqi sheriklarni tanlashga mas’uliyatsizlik bilan yondoshuv;
buxgalteriya hisobini to‘g‘ri va aniq yuritmaslik;
hisobot shakllarini to‘g‘ri va aniq to‘lg‘asmaslik;
bozor konyukturasini, raqobat muhitini, talab va taklif nisbatini, iste’molchilarning hatti-harakatini va boshqa omillarni doimiy kuzatib bormaslik.