Rivojlanish nazariyasi (Dialektika)



Yüklə 63,24 Kb.
səhifə2/3
tarix14.10.2023
ölçüsü63,24 Kb.
#155555
1   2   3
Rivojlanish nazariyasi (Dialektika)

Dialektik ziddiyat - bir-birini istisno etuvchi qarama-qarshiliklarning bilvosita birligidir. Qarama- qarshiliklar - ziddiyatlarning negizi, bog‘lovchi bo‘g‘inlar esa - ularni echish mexanizmidir. Quyidagi dalillar bog‘lovchi bo‘g‘inlar roli va qarama-qarshiliklar tushunchasiga misol bo‘lishi mumkin: Irsiyat va o‘zgaruvchanlik qutblarida nafaqat organizmning avvalgi holati, balki o‘zlashtirilgan yangi belgilari ham saqlanishini ta’minlovchi genetik kod bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda jamiyatning o‘ta boy va o‘ta qashshoq qatlamlari qaramaqarshiliklari o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini o‘rta sinf bajaradi. O‘rta sinf mamlakat aholisining aksariyat qismini tashkil etishi lozimligi, aks holda jamiyat holati doimo beqaror bo‘lishini Aristotel qadim zamonlardayoq qayd etgan. Zero, mayda mulkdorlar olgan daromadining bir qismini o‘z ishini rivojlantirishga yo‘naltiradi, bozor kon’yunkturasini o‘rganadi va unga juda tez moslashadi, bozorni zarur tovarlar va xizmatlar bilan boyitadi. YAna bir misol - shaxs va jamiyat munosabatlari. Ma’lumki, shaxs va jamiyat qarama-qarshiliklar hisoblanadi, shaxs a’zo bo‘lgan ijtimoiy guruhlar ularning o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida amal qiladi. Bu va boshqa dalillar bilishda ichki qarama-qarshiliklar mavjudlgini ham, bog‘lovchi bo‘g‘inlarni ham hisobga olish muhim ekanligini ko‘rsatadi. XX asr 30-yillarining boshida ingliz fizigi Pol Dirak pozitronlar, ya’ni elektronlarga o‘xshash, lekin musbat zaryadga ega bo‘lgan zarralar mavjudligini bashorat qildi. Garchi olim o‘z nazariyasida biron-bir xato topmagan bo‘lsa-da, aksilzarralar mavjudligiga uning ishonchi yuq edi. SHunday qilib, qaramaqarshiliklar aloqasi va ziddiyatlarni echishning bir-biri bilan bilvosita bog‘liqligi umumiy xususiyat kasb etadi, aloqa usuli esa bog‘lanish xususiyati bilan belgilanadi. Bog‘lovchi bo‘g‘inlarning o‘zi ziddiyat qarama­qarshi a’zolari xossalarining uyg‘unligidan tashkil topadi. Tafovut - avvalgi holatdan saqlanib qolgan xossalar ustunlik qilgani holda, ayni bir predmet xossalarining mos kelmasligidir. «Tafovut» - har xillik, o‘z-o‘ziga, boshqa narsalar, hodisalar, jihatlarga mos kelmaslik munosabati. Tafovut kuchli yoki ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Kuchli tafovut - predmetning o‘z- o‘zi bilan ziddiyatga kirishish omili. Bu qarama-qarshilik bosqichi bo‘lib, uning echilishi predmetning butunlay o‘zgarishiga olib keladi. SHunday qilib, ziddiyatlarning kuchayishi va o‘z echimini topishi rivojlanish manbai hisoblanadi. Rivojlanish manbai va rivojlanishni harakatlantiruvchi kuchni farqlash lozim. Rivojlanish manbai - ichki hodisa, predmetning ichki ziddiyatlaridir. Vaholanki, tashqi ziddiyat ham rivojlanishni harakatlantiruvchi kuch bo‘lishi mumkin. Masalan, siz shamollab qoldingiz. Ayni holda tashqi muhit sizning holatingiz o‘zgarishini harakatlantiruvchi kuch bo‘ldi. Dialektik ziddiyat tarkibida asosiy tomon manfiy xususiyatga ega, chunki u mazkur ziddiyatni bartaraf etish, inkor qilishga qaratilgan. Musbat tomon mazkur ziddiyatni saqlashga qaratilgan.
Ayniyat - predmet umumiy belgilarning muayyan davrda o‘z-o‘ziga mosligi. Predmetning rivojlanishi va ziddiyatlarning echilishi bir necha bosqichdan o‘tadi. Dastlabki bosqich - predmetning o‘z-o‘zi bilan nisbiy ayniylik holati. Tabiatda mutlaq ayniyat mavjud emas.
Masalan, har bir organizm hatto oqsil molekulasining tuzilishi darajasida ham o‘ziga xos belgilarga egadir. Har qanday predmet hech qachon o‘z-o‘zi bilan ayniy bo‘lmaydi. Masalan, ko‘zguga kelar ekansiz, siz o‘z qiyofangizda hech qanday farq ko‘rmaysiz. O‘z do‘stingiz bilan oradan besh yil o‘tib uchrashgach, ikkalangiz ham: «U juda o‘zgarib ketibdi!» deb o‘ylasangiz kerak. SHu bois, «ayniyat» tushunchasi ziddiyat tarqalishining dastlabki bosqichini anglatadi. Bu bir xillik, narsa, hodisa, jihatning o‘z-o‘ziga yoki boshqa narsalar, hodisalar, jihatlarga o‘xshashlik munosabati. Ziddiyatning vujudga kelishi yagonaning ikkilanishi sifatida, yagonaning o‘z-o‘zini qarama-qarshiliklarga differensiatsiya qilishi sifatida yuz beradi. Ikkilanish chog‘ida bir vaqtning o‘zida ayni shu munosabatda qarama-qarshiliklar birligi ham, ularning kurashi ham vujudga keladi. Ziddiyatning shakllanish jarayonida qarama-qarshiliklar kurashi birinchi o‘ringa chiqadi va rivojlanishning ichki, teran manbaiga aylanadi. Ziddiyatning o‘zida qarama-qarshiliklar har xil rol o‘ynaydi. Faolroq, harakatchanroq qarama-qarshilik ziddiyatning etakchi tomoni hisoblanadi. Qarama-qarshiliklar kurashi oxir-oqibatda yangi sifat holatiga olib keladi. Paydo bo‘luvchi yangi hodisalar o‘zlariga xos bo‘lgan yangi ziddiyatlarga ega bo‘ladi. Bu ziddiyatlar mazkur hodisalar rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Ziddiyatlarning rivojlanish jarayoniga yanada chuqurroq kirish uchun ularning tarqalish bosqichlari (fazalari)dan tashqari, ularning holatlarini ham farqlash zarur. Predmetlimoddiy, «etilgan» ziddiyatning holati deganda, qarama-qarshiliklarning amal qilish usuli, «birligi va kurashi»ning namoyon bo‘lish xususiyati tushuniladi. Ayni shu xususiyat bu qaramaqarshiliklarning rivojlanish xususiyati va faollik darajasini belgilaydi. Ziddiyatning rivojlanish jarayonida bosqichlarni yoki tarqalgan, «etilgan» ziddiyatni tavsiflovchi holatlarni ham farqlash mumkin. Ijtimoiy tizimlarga tatbiqan ziddiyatlarning rivojlanish bosqichlariga nisbatan bunday yondashuv ularning quyidagi holatlarini aniqlash imkonini beradi: garmoniya, disgarmoniya, konflikt. SHuni qayd etish muhimki, ziddiyatlar rivojlanayotgan har qanday tizimda mazkur tizim mavjudligining boshidan oxiriga qadar mavjud bo‘ladi. Holatlar, miqdor ko‘rsatkichlari, qarama-qarshiliklarning o‘zaro aloqasi xususiyati, ularning tizimdagi roligina o‘zgaradi. Ziddiyatlarning turlari. Ziddiyatlarning butun rang-barangligi turli asoslarga ko‘ra tasniflanadi.
Xususan,

  1. namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra - ichki va tashqi ziddiyatlar;

  2. rivojlanishdagi roliga ko‘ra - asosiy va ikkinchi darajali ziddiyatlar;

  3. vujudga kelish xususiyatiga ko‘ra - zaruriy va tasodifiy ziddiyatlar;

  4. jamiyatdagi tipiga ko‘ra - antagonistik va noantagonistik ziddiyatlar farqlanadi.

Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi qonuni. Hodisalarga makon-vaqt mezoni nuqtai nazaridan tavsif berish jarayonida «qaerda?»va «qachon?» savollari birinchi o‘ringa chiqadi. Ularni bilishga nisbatan boshqa bir yondashuv «nima?» savoli bilan bog‘liq. Ma’lum joyda va ma’lum vaqtda mavjud bo‘lgan mazkur hodisa nimadan iborat? U qanday xossalar bilan tavsiflanadi? Boshqa hodisalardan uning farqi nimada va qay jihatdan ularga o‘xshash? Bunday savollarga javob hodisalarni sifat va miqdor jihatidan tavsiflash orqali beriladi. Mazkur tavsif predmeti sifat va miqdor kategoriyalari bilan ifodalanadi. Eng sinchkov tahlil ham hodisada sifat yoki miqdor jihatidan tavsiflash mumkin bo‘lmagan narsani aniqlash imkonini bermaydi. Binobarin, sifat va miqdor - hodisaning qoldiqsiz «parchalanuvchi» ikki tomonidir.Miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni rivojlanish jarayonining mexanizmini yoritadi, u qay tarzda va qanday shakllarda amalga oshirilishini ko‘rsatadi. Bu qonunning xususiyatini, u qanday namoyon bo‘lishi va amal qilishini aniqlash uchun uning asosiy tushunchalari: sifat, miqdor, me’yor, sakrashning mazmunini yoritish talab etiladi.
Sifat narsalarga xos va ularning borlig‘i bilan ayniy bo‘lgan hamda ular- ni muayyan aloqalar tizimidagi boshqa narsalardan farqlash imkonini beradigan o‘ziga xos xususiyatni aks ettiradi. Narsalarning sifati ularning chekliligi bilan uyg‘un bog‘liq, zero mazkur sifat yo‘q bo‘lishi bilan narsaning o‘zi ham yo‘q bo‘ladi, u boshqa narsaga aylanadi. Sifat - narsaning ichki xususiyati, predmetni mazkur jihatdan farqlash uchun zarur va etarli bo‘lgan xossalar majmui.
Sifat - xossalarning oddiy majmui emas, balki ularning muayyan yaxlitlikdan o‘rin olgan va predmetning alohida mohiyat sifatida mavjudligini belgilovchi tizimidir. Predmetlarning munosabatlari va aloqalarining rang-barangligi ayni bir predmetda qarama-qarshi xossalar va sifatlar mavjudligini izohlaydi. Bir jihatdan engil narsa boshqa bir jihatdan og‘ir bo‘ladi, bir aloqada oq narsa boshqa bir aloqada qora bo‘ladi va hokazo. Masalan, suv va bug‘ bir-biridan sifat jihatidan farq qiladimi yoki miqdor jihatidanmi? Moddaning agregat holatini taqqoslaydigan bo‘lsak, suv va bug‘ sifat jihatidan farq qiladi. Taqqoslash suv va bug‘ning kimyoviy tarkibini aniqlashni nazarda tutsa, ularning o‘rtasida miqdoriy farq mavjud bo‘ladi. Ammo har qanday narsa bir jihatdan bitta sifatga va turli jihatlardan ko‘plab sifatlarga ega bo‘ladi.
Xossa - predmetning jihati bo‘lib, uning boshqa predmetlardan farqi yoki ular bilan o‘xshashligini belgilaydi va ular bilan o‘zaro aloqada namoyon bo‘ladi. Xossalar muhim va ikkinchi darajali bo‘lishi mumkin. Muhim xossalar predmetning sifatini belgilaydi. Ularning yo‘qolishi mohiyatini mazkur xossalar tashkil etgan predmetning ham yo‘qolishini anglatadi. Ikkinchi darajali xossalar o‘zlashtirilishi yoki predmetning sifatini o‘zgartirmasdan yo‘qolishi mumkin. Har qanday xossa (temperatura, hajm, energiya va sh.k.) muayyan miqdor va sifatga ega bo‘ladi. Har qanday predmet o‘zining mavjudligini belgilovchi barcha xossalar majmuidir. Miqdor - predmet muayyan xossasining namoyon bo‘lishi, intensivligi darajasi. Barcha narsalar, jarayonlar, hodisalar sifat bilan bir qatorda muayyan miqdorga ham ega. Ular muqarrar tarzda muayyan o‘lcham, hajm, massa va shu kabilar bilan tavsiflanadi. U sifat jihatidan o‘xshash xossalar yoki butunning qismlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Miqdoriy munosabatlar sifatgabog‘lanmasdan aniqlanishi mumkin. SHuningdek, miqdor turli predmetlarning ayrim umumiy xossasi sifatida, predmetlarni sifat jihatidan tenglashtiradi. SHu ma’noda miqdor sifatning ziddidir. Ammo predmetning sifat xususiyatini mavhumlashtirish sifat jihatidan har xil tuzilmalarni o‘rganishga tadqiqotning miqdoriy metodlarini jalb qilish imkonini beradi. Masalan, o‘lchash taqqoslashning o‘rganilayotgan ob’ektning miqdor ko‘rsatkichlarini predmet muayyan xossasining namoyon bo‘lishi, intensivligi dara aniqlovchi ayrim ko‘rinishi sifatida, sifat haqida aniqroq xulosa chiqarish imkonini beradi. Matematikada miqdoriy munosabatlar son, qiymat, funksiya,to‘plam tushunchalarida ifodalanadi. Hozirgi zamon fani matematik apparatdan foydalanib, mikrodunyoning teran qatlamlariga kiradi, Olamning cheksiz makonlarini tadqiq etadi. Matematika tabiat va jamiyatni o‘rganishning samarali vositalaridan biriga aylangan. Har qanday predmet miqdor va sifat qarama-qarshiliklarining muayyan sintezidir. Uning borlig‘i ob’ektga xos bo‘lgan muhim xossalarni saqlashni nazarda tutadi. Olamning ko‘p sifatliligi uning elementlari nisbatan barqarorligi va mustaqilligi bilan ta’minlanadi. Ammo olam, shu jumladan, har qanday predmet muttasil o‘zgarishda bo‘ladi. Hech narsa boqiy emas. Butun borliq qachondir paydo bo‘lgan va qachondir halok bo‘ladi. Dunyo o‘zgaradi va ayni zamonda o‘zligini saqlab qoladi, o‘z-o‘ziga nisbatan ayniy bo‘ladi.
Me’yor - predmet borlig‘ining chegarasi. U miqdor va sifatning shunday bir birligiki, bunda muayyan sifat faqat muayyan miqdor bilan bog‘liq. Me’yor -bu miqdor ko‘rsatkichlari yoki o‘zgarishlarining tegishli sifat mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan muayyan oralig‘i hamdir. Me’yor

  • bu shunday bir chegaraki, unda miqdor o‘zgarishlari narsaning sifatiga putur etkazmaydi. Gegel fikricha, «Hamma narsa o‘z me’yoriga ega, ya’ni miqdor jihatidan aniqdir16» Masalan, vodorod peroksidi va suv bir-biridan molekulalardagi kislorod atomlarining miqdoriga ko‘ra farq qiladi. Huquqiy, axloqiy va estetik hodisalar tavsifida me’yor tushunchasi normativlik xususiyatini kasb etadi. «Aynan «ko‘proq» va «kamroq» orqali engiltaklik me’yori buziladi va butunlay boshqa narsa - jinoyat namoyon bo‘ladi, aynan «ko‘proq» va «kamroq» orqali adolat haqsizlikka, fazilat nuqsonga o‘tadi4». Masalan, huquqda qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi va jazo chorasi o‘rtasidagi muvofiqlikka rioya etiladi. Me’yor tushunchasida miqdor va sifat xossalarining o‘zar o aloqasi aks etadi. Tabiatda kuzatiladigan narsalarning bir holatdan boshqa holatga o‘tishi dunyo evolyusiyasining muhim va keng tarqalgan mexanizmlaridan birini aks ettiradi. Me’yor tushunchasi evolyusiya tendensiyalarini aniqlash, turli tizimlarning o‘t mishi va kelajagi xususida gipotezalar tuzish imkonini beradi. Miqdor sifat jihatidan bir jinsli hodisalarning muayyan ob’ektiv ko‘rsatkichi bo‘lib, u mazkur hodisalarning kattaligini, mavjudlik muddatini va umuman hodisa yoki uning ayrim tomonlari rivojlanishining faollik darajasini tavsiflaydi.SHunday qilib, narsa va hodisalar sifat va miqdor xususiyatlariga ega bo‘ladi. Ammo narsalar va hodisalarning bu tomonlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud emasdek, ularning biri ikkinchisiga bog‘liq emasdek bo‘lib tuyulishi mumkin. Lekin amalda bunday emas. Miqdor va sifat o‘rtasida dialektik aloqa mavjud: muayyan sifatni aks ettirmaydigan miqdor mavjud emas va shu bilan bir vaqtda miqdorsiz sifat ham yo‘q. Mazkur sifatga qo‘shimcha tarzda doim qandaydir emas, balki muayyan miqdor javob beradi. Biz, masalan, uzunligi

Amudaryo ustida qurilgan ko‘prikning uzunligiga teng bo‘lgan stolni ko‘rmaganmiz.
Miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro bog‘liqligi haqidagi qoida umumiy ahamiyat kasb etadi. U atrof borliqning barcha narsalari va hodisalariga nisbatan o‘rinli, ya’ni dialektika qonuni kuchiga ega. U quyidagicha ta’riflanadi: miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni narsaning miqdor va sifat tomonlarining shunday bir o‘zaro aloqasini aks ettiradiki, uning ta’sirida miqdor o‘zgarishlari me ’yor chegarasidan chetga chiqib, albatta tub sifat o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi, bu sifat o‘zgarishlari esa, o‘z navbatida, yangi miqdor ko‘rsatkichlariga olib keladi. Bu qonunga muvofiq rivojlanish bir-biridan farq qiladigan, lekin o‘zaro bog‘langan ikki bosqich - uzluksizlik va uzluklilikning birligi sifatida yuz beradi. Rivojlanishda uzluksizlik - bu juda sust, ko‘zga ko‘rinmas miqdor o‘zgarishlari bosqichi. Rivojlanishda uzluklilik sakrash deb ataladi.
Sakrash - bu bir sifatning boshqa sifatga aylanish vaqti, shakli, usuli, miqdor o‘zgarishlarining uzluksizligi, bosqichma-bosqichligidagi uzilishdir. Masalan, sakrash - bu Erda hayotning paydo bo‘lishi, hayvonlar dunyosidan insonning ajralib chiqishi, bir ijtimoiy tuzum o‘rniga boshqa ijtimoiy tuzum kelishi, buyuk ilmiy va texnikaviy kashfiyotlardir. Har qanday sakrash rivojlanishda o‘tish davrini tavsiflaydi. O‘z tabiatiga ko‘ra u doim ziddiyatlidir, chunki yangining tug‘ilishidan ham, eskining qarshiligidan ham dalo lat beradi.
Inkorni-inkor. Inkorni-inkor qonunining mohiyati nimadan iborat? Ayni bir atama bunday ketma- ket qo‘llanilishining ma’nosi nimada? Inkor kategoriyasi rivojlanayotgan ob’ekt tarixidagi bir lahzanigina tavsiflaydi. Bitta inkor harakati o‘zgarish qaysi yo‘nalishda yuz berayotgani, oldingi va keyingi voqealar oqimida u qanday ahamiyatga ega ekanligini, yuz bergan voqeaning mazmunini aniqlash uchun doim ham imkoniyat yaratavermaydi. Boshqacha aytganda, inkorniinkor tushunchasi rivojlanish jarayonining muhim xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. «Inkor» va «inkorni-inkor» kategoriyalari dialektikaga Gegel tomonidan kiritilgan bo‘lib, ayni shu mutafakkirning sa’y-harakatlari bilan ular umumiy falsafiy kategoriyalar maqomini olgan. Inkor va inkorni-inkor kategoriyalaridan Gegel rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritish vositasi sifatida foydalangan. Gegel, shuningdek, uning o‘tmishdoshlari va izdoshlari ko‘rsatib bergan ba’zi bir o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 63,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin