Rivojlanish qonuniyatlari


СОЦИОЛОГИЯ Ҳусен Хайруллоевич Джураев  7  2



Yüklə 323,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix06.06.2022
ölçüsü323,46 Kb.
#60752
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-mavzu SOTSIOLOGIYANING PREDMETI, TARKIBIY TUZILISHI VA RIVOJLANISH QONUNIYATLARI.

СОЦИОЛОГИЯ Ҳусен Хайруллоевич Джураев 

2. 
Xususiy (maxsus) qonunlar. Sotsial tizimning alohida tuzilish 
sohalarida amal qiladi. Masalan, sotsial birliklar o‘ziga xos hayot va faoliyat tarziga 
ega: sinfiy, milliy, oilaviy-kundalik va boshqalar.
Sotsial rivojlanish qonunlari ob’ektiv bo‘lib inson ongi, irodasiga bog‘liq 
bo‘lmagan holda amal qiladi. Lekin ijtimoiy hayotda hech narsa insonsiz amal 
qilmaydi. Shuning uchun sotsial qonunlar inson faoliyati qonunlaridir, ularning xatti-
harakatlari mexanizmi esa - omma va insonlarning, sotsial sub’ektlarning 
determinatsion mexanizmidir.
Bu jihatdan qaraganda sotsiologiyaning umumiy qonuniyatlari: ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy va ma’naviy sohalarda amal qiladi.
Qonunlarni ularning namoyon bo‘lishiga qarab dinamikaga oid (jo‘shqin) va 
statikaga (turg‘un) oid deb ajratib o‘rganish mumkin. 
Dinamikaga oid qonunlar ijtimoiy o‘zgarishlarning omillari va formalari, 
yo‘nalishlarini belgilaydi hamda aniq vaziyatda voqealarning davomiyligini 
anglatadi.
Statikaga doir qonunlar dinamik qonunlardan farq qilib, ijtimoiy voqelik 
bog‘lanishini qat’iy belgilamasdan o‘zgarishlarning yo‘nalishini aks ettiradi. 
Sotsiologik tadqiqot amaliyotida guruhlarga bo‘lish katta ahamiyatga ega bo‘lib, 
uning yordamida sotsiologik qonunlar aloqa formalariga qarab ajratiladi. 
Sotsial qonunlar umumiylik darajasi nuqtai nazaridan farq qiladi. Sotsial sohani 
yaxlit holda rivojlantirishni harakterlovchi qonunlar mavjud. Bu qonunlar sotsial 
sohaning alohida bo‘laklarining rivojlanishini belgilaydi (sinflar, guruhlar, millatlar). 
Sotsial qonunlarning beshta kategoriyasini ajratib ko‘rsatish mumkin. 
Birinchi, o‘zgarmas harakter kasb etuvchi, yoki unga bog‘liq bo‘lgan qonunlar. 
Bu qonunga binoan «A» voqelik mavjud bo‘lsa u holda, albatta «B» voqelik ham 
bo‘lishi shart. 
Ikkinchi, rivojlanish tendensiyasini aks ettiruvchi qonunlar. Unda ijtimoiy 
ob’ektning tuzilish dinamikasi bir turdagi o‘zaro munosabatlardan ikkinchisiga 
o‘tishi bilan bog‘liq. 
Uchinchi, sotsial voqelik o‘rtasidagi funksiyaga oid bog‘langanlikni qaror 
toptiruvchi qonunlar. Bu qonunlar u yoki bu ijtimoiy tizimni barqaror holatda saqlab 
turishlikni ta’minlaydi. 
To‘rtinchi, sotsial voqelik o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni aks ettiruvchi 
qonunlar. Masalan, sotsial integratsiyaning eng muhim va zaruriy sharti bu ijtimoiy 
va shaxsiy manfaatlarni oqilona birga qo‘shib olib borish hisoblanadi. 
Beshinchi, sotsial voqelik o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish mumkinligini 
anglatuvchi qonunlar. Sotsial qonunlar odamlar aniq faoliyati davomida ro‘yobga 
chiqariladi. 
3. 

Yüklə 323,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin