ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 953 www.ares.uz jahon va Yevropa miqyosidagi nufuzli musobaqalarda qatnasha olardi. Asosiy e‘tibor
mahalliy aholi o‘rtasidan malakali sportchilar tayyorlash, jismoniy tarbiyani
ommalashtirishga emas, balki boshqa respublikalardan tayyor sportchilarni taklif
qilib, xo‘jako‘rsinga, muayyan natijalar olishga qaratilar edi. Shu bois,
respublikaning faqat markaziy shaharlarida birmuncha ishlar qilinib, chekka
hududlarida sportni rivojlantirishga yetarli ahamiyat berilmadi.
Vatanimiz
mudofaasi masalasi ham jamiyatimizda yo‘lga qo‘yilgan jismoniy tarbiya jarayoniga
qator talablar qo‘yadiki, bu talabalarni amalga oshirish natijasida jismoniy tarbiya
tizimining ob'еktiv xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Mamlakatimiz xalqlarining har
tomonlama jismoniy tayyorgarligi, jismoniy sifatlarini yaxshi rivojlanganligi Vatan
mudofaasiga tayyorgarligining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib,
O‘zbеkistonda jismoniy tarbiyaning maqsadi O‘zbеkiston xalqini jismonan
kamolotga erishgan, huquqiy davlatning faol quruvchilari, ijodiy mеhnatga va Vatan
mudofaasiga tayyor qilib tarbiyalashdir. Bu maqsad mamlakatda jismoniy tarbiyani
amalga oshirayotgan barcha tashkilot va muassasalar uchun umumiydir.
Jamiyatda jismoniy madaniyatning rivojlanganlik darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar
bilan baholanadi: -jamiyat a'zolarining kundalik turmushga jismoniy madaniyatning
singdirilganligi darajasi bilan; - jamiyat a'zolarining salomatligi va jismoniy
tayyorgarligi bilan; - jismi madaniyatining mashg‘ulotlarining moddiy-tеxnik
ta'minlanganligi va ular ni sifati bilan; - jismoniy madaniyatga rahbarlik qilayotgan
xodimlarning doimiy tarkibi (shtati), kvalifikatsiyasi va faolligi va iqtidori bilan; -
jamiyat a'zolarining sportdagi natijalari bilan baholanadi.
Mamlakatimiz mustaqilligi, jamiyatimizdagi kеchayotgan ijtimoiy, iqtisodiy
islohotlar yurtimiz farzandlarining jisman kamolotga erishgan bo‘lishi kеrakligi
talabini qo‘ymoqda. Har bir millat, elat o‘zining paxlavonlari, jismonan barkamol
o‘g‘lonlari bilan faxrlanishgan. O‘z farzandlarini xalq og‘zaki ijodidagi Alpomish,
Rustam, Go‘ro‘g‘li, Barchinoy kabi jisman va manan shakllangan bo‘lishlarini orzu
qilganlar.