Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix14.12.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#74892
Amaliy ish-2



AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILIALI 
 “Kompyuter injiniringi” kafedrasi 

Kiberxavfsizlik asoslari
”fanidan 
 
Amaliy ish-2 
 
Mavzu: Ma’lumotlardan foydalanishning mantiqiy nazorati. 
 
Bajardi: Zarifboyeva Sarvinoz 
Guruh: 963-21 
Tekshirdi: 
 
 
 
 
Urganch 2022 


Kompyuterda ishlash jarayonida ko‘pincha ma’lumotlardan birini yoki boshqasini 
noqonunuy, ruxsatsiz ko‘rish va tahrirlashdan himoya qilish kerak. Ushbu vazifa odatda lokal 
tarmoqda ishlayotganda, shuningdek turli vaqtlarda bir nechta foydalanuvchilar kompyuterdan 
foydalana olganda paydo bo‘ladi. 
Windows operatsion tizimining oldingi versiyalarida ma’lumotni ruxsatsiz kirishlardan 
himoya qilish tizimi mavjud edi. Ushbu bo‘limda biz Windows 10 OTda ko‘rib chiqamiz. 
Faylga kirish huquqini sozlash uchun faylni tanlab «sichqoncha»ning o‘ng tugmachasini 
bosing va paydo bo‘lgan kontekst menyusidagi “Свойства” buyrug‘ini tanlang. Keyin ochilgan 
oynada tarkibiy qism shaklda ko‘rsatilgan “Безопасность” yorlig‘iga o‘ting. 
Rasmda faylga nisbatan “Пользователи” guruhining foydalanuvchilari “Чтение и 
выполнение” (O‘qish va Bajarish) huquqiga ega. 
“Безопасность” (Xavfsizlik) yorlig‘ida joriy ruxsatlarni, foydalanuvchi yoki 
foydalanuvchilar guruhini qo‘shish yoki mavjud ruxsatlarni o‘zgartirish uchun “Изменить” 
(O‘zgartirish) tugmasini bosing. Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi.


Agar siz foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar guruhi uchun ruxsatlarni o‘zgartirishni 
xohlasangiz, “sichqoncha”ni bosish orqali guruhlar yoki foydalanuvchilar ro‘yxatidagi tegishli 
pozitsiyani tanlang, so‘ngra tegishli katakchalarni belgilab oynaning pastki qismida “Запретить” 
- ta’qiqlash yoki “Разрешить” - ruxsatni belgilang. 
Ro‘yxatga yangi foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar guruhini qo‘shish uchun "Dobavit " 
(Qo‘shish) tugmasini bosing. Natijada rasmdagi oyna ko‘rinadi. 


Bir vaqtning o‘zida ushbu maydonga bir nechta nomlarni kiritish mumkin – bu holda 
ularni nuqta-vergul bilan ajrating.
“Проверить имена” (Ismlarni tekshirish) tugmachasi yordamida “Введите имена 
выбираемых объектов” (Tanlangan obyektlarning nomlarini kiritish) maydonida ko‘rsatilgan 
foydalanuvchi nomlari va foydalanuvchi guruhlari qidiriladi. 
Ushbu oynaning yuqori qismida joylashgan “Выберите тип объекта” (Obyekt turini 
tanlang) maydonida topilishi kerak bo‘lgan obyekt turi ko‘rsatilgan, masalan, siz faqat 
foydalanuvchilar uchun ruxsat bera olasiz, yoki faqat foydalanuvchi guruhlari yoki o‘rnatilgan 
xavfsizlik subyektlari uchun yoki barcha turdagi obyektlarni bir vaqtning o‘zida. Obyekt turlarini 
tanlash uchun “Типы объектов” (Obyekt turlari) tugmachasini bosing, so‘ng ochilgan oynada 
tegishli katakchalarni belgilab kerakli obyekt turlarini belgilang va OK ni bosing. 
Ruxsatnomalarni o‘rnatish uchun foydalanuvchi yoki guruhni obyektlar ro‘yxatidan olib 
tashlash uchun «sichqoncha»ni bosish bilan ro‘yxatdagi mos joyni tanlang va “ Удалить ” 
(O‘chirish) tugmasini bosing. Bunday holda, ehtiyot bo‘lish kerak, chunki tizim o‘chirish 
operatsiyasini tasdiqlash uchun qo‘shimcha so‘rov bermaydi, lekin tanlangan obyektni darhol 
ro‘yxatdan o‘chiradi. 
Xuddi shunday, siz papkalar uchun ruxsatnomalarni sozlashingiz mumkin. Shu bilan birga 
papkalar va kataloglar uchun qo‘shimcha kirish parametrlarini ham sozlashingiz mumkin. 
“Локальная политика безопастности” oynasini ochganimizda ushbu oyna hosil bo’ldi, 
so’ng bu yerdan “Политики ограничeнного использования программ” bo’limidan 
“Дополнитeльный правила” bo’limi tanlanadi. 







Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin