Robin Sharma Muallif haqida: Shaxsiy rivojlanish bo'yicha mutaxassis Liderlik Spikeri



Yüklə 322,21 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.12.2023
ölçüsü322,21 Kb.
#191067
Robin Sharma - 200 sir



200ta
R O B I N S H A R M A
MUVAFFAQIYATGA 
ERISHISHNING 
s i r i


Robin Sharma
Muallif haqida:
Shaxsiy 
rivojlanish 
bo'yicha 
mutaxassis
Liderlik 
Spikeri
Yozuvchi 
Top 50 liderlik 
va menejment 
ekspertlari ro'yhatida
Top 10 
motivatsion 
spikerlar 
ro'yhatida


Loyiha rahbari:
V.G'anixo'jaev
Tarjimonlar:
M.Bozorova 
M.Husniddinova 
N.Musaboeva 
Dizayner:
Y.Hoshimov 
Maslahatchi:
B.Muratov
U s h b u k i t o b
r o b i n s h a r m a . c o m
r a s m i y r u h s a t i b i l a n
t a r j i m a q i l i n d i . K i t o b d a n t i j o r i y m a q s a d l a r d a
f o y d a l a n i s h t a q i q l a n a d i .


Toshkent 2017


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
1
Bu hayotingizni yanada unumdor va mazmunli bo’lishiga yordam beradi. 
Ko’pchilik insonlar salomatligi uchun 6 soat uyqu yetarli. 21 kun davomida har kuni 1 
soat vaqtliroq uyg’onishga harakat qiling va bu asta-sekin doimiy odatga aylanadi. 
Yodda tuting, muhimi uyquning sifati, qanchaligi emas. Har oyda qo’shimcha 30 soat 
vaqtga ega bo’lsangiz, uni qanday muhim ishlarga sarflashingiz mumkinligini bir 
o’ylab ko’ring-a?!
Kamroq uxlang
2
Shaxsiy rivojlanish vaqti
3
Savol bering
Har kuni ertalab bir soat vaqtingizni shaxsiy rivojlanish masalalariga 
bag’ishlang. Meditatsiya bilan shug’ullaning, yangi kuningiz qanday o’tishini 
tasavvur qiling, ilhom bag’ishlovchi matnlardan o’qing, kassetalar tinglang, yoki 
yaxshi kitob mutolaa qiling. Bu qisqa vaqtni yangi kuningiz uchun ruhingizni kuch- 
quvvat va g’ayratga to’ldirish uchun sarflang. Haftasiga bir marotaba quyosh 
chiqishini kuzating yoki shunchaki tabiat bag’rida bo’ling. Kunning yaxshi kayfiyatda 
boshlanishi ruhingizning yangilanishiga va ishingizning samarador bo’lishiga sabab 
bo’ladi.
-1-
Hech qachon vaqtingizni zoya ketkazuvchi narsalar eng muhim masalalar hisobiga 
bo’lmasligi kerak. Har kuni o’zingizga “Bu ish orqali vaqt va kuchimni eng to’g’ri yo’lga 
sarfladimmi?” deb savol bering. Chunki vaqtning to’g’ri taqsimoti hayotning unumli 
bo’lishiga sababchi bo’ladi. Shuning uchun har bir o’tayotgan daqiqa uchun e’tibotli 
bo’ling.


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
4
Hayotning faqat musbat elementlarini, rang-barangligini ko’ra bilishga 
diqqatni qaratish uchun rezinali bog’ich usulidan foydalaning. Rezinali bog’ichni 
bilagingizga taqib oling. Har vaqt hayolingizga quvvatni kamaytiruvchi salbiy o’y 
kelganda, rezinali bog’ichni tortib qo’yib yuboring. Bu mashq orqali, miya 
faoliyatingiz salbiy o’y-fikrlarni og’riq bilan birga tasavvur qilishni boshlaydi, va tez 
orada siz faqat ijobiy fikrlashni o’rganasiz.
Rezinali bog'ich usuli
5
Telefon
6
Fikrlarni yozib olish
Telefon qo’ng’irog’iga javob berganda doimo hushmuomala bo’ling va 
telefon qilgan odamga minnatdorchiligingizni kayfiyatingiz orqali bildiring. 
Suhbatdoshingizga nufuzingizni ko’rsatish uchun o’rningizdan turing. Shu sababli 
nutqingizdan ham o’zingizga bo’lgan ishonch sezila boshlaydi.
-2-
Kun davomida barchamizning fikrimizga ajoyib g’oyalar va ilhom kelib turadi. 
Ushbu fikrlarni yozib olish uchun hamyonimizda qog’ozcha-stikerlar va qalam kerak 
bo’ladi. Uyga kelgach, ularni ko’zga ko’rinadigan joyda saqlang, va vaqti-vaqti bilan ularn
ko’zdan kechiring. Oliver Vendel aytganidek: “Yangi fikr orqali kengaygan inson miyasi 
hech qachon avvalga o’lchamiga qaytmaydi”.


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
7
Har yakshanba oqshomini o’zingiz uchun bag’ishlang va bu odatga qat’iy amal 
qiling. Bu vaqtni yangi haftani rejalashtirish, orzularingiz ro’yobini ko’z oldingizga 
keltirish, yangi qo’lyozmalar va ilhom bag’ishlovchi kitoblar mutolaa qilish, yoqimli 
musiqalarni tinglash, va shunchaki dam olish uchun sarflang. Bu odat sizning butun 
bir haftangiz samarali, qiziqarli va foydali bo’lishini ta’minlaydi.
Oqshomni o'zingizga bag'ishlang 
8
O'zingiz bilan muloqot
9
Maqsad sari intiling
Hayotingizning sifati nafaqat atrofdagilar bilan muomalangizga, balki o’zingiz 
bilan muomalaga ham bog’liq ekanini doimo yodda tuting. Nimaga e’tibor 
qaratsangiz shunga erishasiz. Agar ijobiy narsalar haqida mulohaza qilsangiz, natija 
ham shunga yarasha bo’ladi. Bu tabiatning asosiy qoidasidir.
-3-
Natija sari emas maqsad sari intiling. Ya’ni, biror vazifani o’zingizga yoqqani, yoki 
bu faoliyat kimgadir foyda keltirishi, yoki foydali mashg’ulot ekanligi uchun bajaring. 
Moddiy foyda yoki obro’ni ko’zlab ish tutmang. Ularning o’zi sizni qidirib keladi. Dunyo 
shu tamoyil bilan ishlaydi. 


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
10
Har kuni ertalab oynaga qarab 5 daqiqa davomida tabassum qiling. Kulgu 
tana uchun foydali kimyoviy moddalarni harakatga olib keladi va insonni shodon 
holatga keltiradi. Kulgu tanaga muvozanat bag’ishlaydi. Kulgu terapiyasidan ko’pgina
kasalliklarni davolash uchun keng miqyosda foydalaniladi. O’rtacha hisobda, 4 yoshli 
bolakay kuniga 500 marta, kattalar esa o’rtacha 15 marta tabassum qiladi. 
Hayotingizga kulguni qayta olib kiring, va u yanada mazmunga to’ladi.
Tabassum qiling
11
Sham va oazis
12
Qadamlaringizni sanang
Kechqurun kitob o’qiganingizda oldingizga sham yoqib qo’ying. Bu sizga 
sokin va rohatbaxsh holatni bag’shida etadi. Uyingizni tashqi yovvoyi dunyodan 
oazisga aylantiring. Va uni yaqin do’stlaringiz, ajoyib kitoblar va musiqa bilan 
to’ldiring.
-4-
Diqqatni jamlash va konsentratsiyani oshirish uchun yurgan yo’lingizda 
qadamlaringizni sanang. Birinchi olti qadamda chuqur nafas oling, keyingi olti 
qadamda nafasingizni ushlab yuring va undan keyingi olti qadamda nafasingizni 
chiqarib boring. Agar olti qadam siz uchun qiyinchilik tug’dirsa, o’zingizga qulay 
bo’lgan raqam bilan mashq qiling. Siz o’zingizni tetik va qalban hotirjam his etasiz. 
Ko’pchiligimiz miyamizda keraksiz suhbatlarni olib boramiz. Shuning uchun barcha 
buyuk shaxslar muhim masalalarga osonlik bilan e’tibor qarata oladigan ravshan va 
aniq fikrlash kuchini tan oladilar.


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
13
Samarali meditatsiya qilishni o’rganing. Hayolimiz go’yo maymun kabi u joydan 
bu joyga sakrab yurishni yaxshi ko’radi. Agar hotirjam holatda biror natijaga 
erishmoqchi bo’lsak, fikrlarimizni nazorat qilishni o’rganishimiz kerak. Har tong va 
oqshom uyqudan oldingi 20 daqiqalik meditatsiya ko’zga ko’rinarli natijalarga olib 
kelishi mumkin, faqat bu odatga kamida 6 oy amal qilsangiz.
Samarali meditatsiya
14
Tinchlik saqlash
15
Irodangizni mustahkamlang
Tinchlik saqlashni o’rganing. O’rta hisobda inson bir oyda hatto yarim soatlik 
vaqtni ham butunlay jimlik holatida o’tkaza olmaydi. Kuniga kamida 10 daqiqa jimlik 
holatida o’tirishni va bu hotirjamlikdan zavq olishni o’rganing. Hayotingizda nima 
eng muhimligi haqida o’ylang. Bu dunyoga nima uchun kelganingiz haqida chuqur
mulohaza yuriting. 
-5-
Irodangizni mustahkamlang. Irodani mustahkamlash va yanada kuchliroq inson 
bo’lish uchun ba’zi maslahatlar: 
A) Fikrlaringizga qog’oz kabi shamolda uchib yurishiga izn bermang. Doimo 
diqqat bilan ish qilishga harakat qiling. Biror bir ish qilganda, faqat o’sha ish haqida 
o’ylang. Ishga ketayotgan vaqtingizda qadamingizni sanab boring. Albatta bu oson 
emas, lekin tez orada miyangiz sizga bo’ysunadi.


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
B) Irodangiz mushakka o’xshaydi. U mustahkam bo’lishi uchun uni mashq 
qildirish va tarbiyalash zarur. Boshlang’ich bosqichda bu juda ham mushkul ishday 
tuyuladi, lekin kayfiyatni tushurmang, muvaffaqiyatlar kelishiga va xarakteringiz 
yaxshilanishiga ishoning. Och qolganingizda, yana bir soat kuting. Mushkul vazifa 
bilan band bo’lganingizda miyangiz tanaffus xohlaydi, lekin siz bu istakni bartaraf 
eting. Tez orada soatlab diqqatingizni jamlagan holda o’tirishni o’rganasiz. Buyuk 
fizik Ser Isaak Nyuton “Qachonki jamiyatga foydam tekkan bo’lsa, bularning 
barchasiga sabr bilan fikr yuritish orqali erishganman” deydi. Nyuton uzoq vaqt 
davomida hotirjam holatda fikr yurita olish qobiliyatiga ega bo’lgan. Uning qo’lidan
kelgan ishni siz ham uddalaysiz. 
C) Boshqalar bilan muloqatda bosiqlik orqali ham irodangizni 
mustahkamlashingiz mumkin. Buning uchun 60% holatda tinglab, 40% holatda 
so’zlash kerak. Bu orqali sizning hurmatingiz oshadi, hamda donolik martabasiga 
yetasiz, chunki har bir insondan nimadir o’rganishingiz mumkin. Birovlarni g’iybat 
qilishdan va xato qilgan insonni ayblashdan o’zingizni cheklang. Shikoyat qilishni bas 
qiling va o’zingizda quvnoq, baxtli va kuchli shaxsni tarbiyalang. Bu bilan siz 
boshqalarga ham katta ta’sir ko’rsatasiz. 
D) Hayolingizga salbiy fikrlar kela boshlasa, tezda ularning o’rnini ijobiy fikrlar 
bilan to’ldiring. Chunki har doim musbat manfiydan ustun kelgan. Salbiy o’ylar 
yuqumli kasallik kabidir, miyangizdan takror va takror o’taveradi. Har qanday 
cheklovlardan o’zingizni ozod qiling va faqat pozitiv fikrlashga o’ting. 
16
Hazilkash bo'ling
-6-
Kun davomida hazilkash bo’lishga harakat qiling. Bu nafaqat sog’ligingiz uchun 
foydali, balki mushkul vaziyatlardan osongina chiqib ketishni, va qayerda bo’lmasak 
ham go’zal muhit yaratishni ta’minlaydi. Janubiy Amerikadagi Tauripan qabilasining 
ajoyib urf-odati bor: ular yarim tunda uyg’onib, bir-birlariga latifalar aytib, yana uyquga 
ketishar ekan. 


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
17
O’z vaqtingizning qattiqqo’l boshqaruvchisiga aylaning. Bir hafta 168 soatdan 
iborat. Bu vaqt ichida ko’pgina yumushlarimizni bajarishimiz kerak. Rejaga qat’iy amal 
qiling. Tongda bir necha daqiqani yangi kun uchun reja tuzishga sarflang. E’tiborni 
tuganmas telefon qo’ng’iroqlari kabi tezkor lekin muhim bo’lmagan ishlarga emas, 
balki qilinishi juda muhim bo’lgan ustuvor masalalarga qarating. Tezkor bo’lmagan 
lekin muhim ishlar qatoriga uzoq muddatda va doimiy foyda keltiruvchi harakatlar, 
ya’ni, strategik rejalashtirish, insonlar bilan munosabatlarni yaxshilash, va 
professional ta’lim olish kabilar kiradi.
Vaqtni qattiqqo'l boshqaruvchisi
18
Foydali insonlar bilan muloqot
19
Mavjud ne'matlar ro'yhati 
Kuch-g’ayratingizni bekorchi gaplar va shikoyatlar bilan so’ndirmaydigan, 
foydali biror narsa o’rganishingiz mumkin bo’lgan insonlar bilan ko’proq muloqatda 
bo’ling. U inson sizning kuch-g’ayratingizni o’lik munosabatlar va shikoyatlar bilan 
susaytira olmasligi kerak. Doimo o’zining kamoloti ustida ishlaydigan odamlar bilan 
munosabatda bo’lish orqali o’zingiz zabt etishni istagan komillik cho’qqisiga 
yetishingiz mumkin bo’ladi.
-7-
Zamonamizning buyuk fizik olimlaridan biri Stiven Hovking shunday deb fikr 
yuritadi: “Biz milliardlab galaktikalar orasida joylashgan, kichik yulduz hajmidagi bir 
sayyorada yashaymiz.” Shularning qarshisida nahot muammolarimiz shunchalik jiddiy 
bo’lsa? Yer sharida juda ham qisqa umr o’tkazamiz. Nima uchun shu oz vaqtdan unumli 
foydalmasligimiz kerak, o’zimizdan yaxshi amallarni meros qilib ketmaymiz? 
O’rningizni egallang va qog’oz olib hayotingizda mavjud ne’matlar ro’yhatini tuzing. 
Oilangiz yoki sog’ligingiz haqida yozishdan boshlang. Tinch yurtingiz va kunlik iste’mol 
qilayotgan nozu-ne’matlar haqida ham yozishni unutmang. Kamida 50 ta ma’lumot 
kiritmaguncha to’xtamang. Kun-ora ushbu ro’yhatga qarab tursangiz, kayfiyatingiz 
ko’tariladi va nechog’lik boy inson ekanligingizni anglay boshlaysiz. 


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
20
Hayotda o’z maqsadingiz-vazifangiz bo’lishi shart. Bu hayotda qayerga 
ketayotganingiz va umringiz so’nggida qayerda bo’lishni istashingizni belgilab 
beruvchi yo’llar majmuasdir. Maqsadingiz qadriyatlaringizni o’z ichiga oladi. Bu 
orzularingiz sari to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi mayoqdir. Keyingi bir oy ichida, hayotingizni 
to’g’ri yo’lda ushlash uchun kerak bo’ladigan 5-10 ta maqsad-qadriyatlarni yozish 
uchun biroz vaqt ajrating. Misol uchun, boshqalarga xizmat qilish, mashhur shaxs 
bo’lish, boylik orttirish, yoki e’tiborli rahbar bo’lish. Hayotingizdan qanday vazifalar 
joy olganiga qaramasdan, ularni tez-tez ko’zdan kechirib tuzatib turing. Va 
shundagina siz chalg’ituvchi voqealar ro’y berishiga qaramasdan tezda o’z hayot 
yo’lingizga qaytib olasiz. 
Hayotda maqsad-vazifa
21
Muvaffaqiyat va baxt
22
Tez o'qish mashqi
Hech kim sizning ruxsatingizsiz sizga zarar keltira olmaydi. Muvaffaqiyat va 
baxtga erishish yo’llaridan biri sodir bo’lgan hodisalarni qanday qabul 
qilishingizdadir. Katta muvaffaqiyatlarga erishgan shaxslar barcha hodisalarni ijobiy 
qabul qiladilar, ular salbiy voqealarni ham insonni o’sishga undovchi hayot sinovi 
deb qabul qilib, muvaffaqiyat sari ko’tarilishda davom etganlar. Hech qachon salbiy 
tajriba bo’lmaydi. Har bir orttirilgan tajriba faqat yaxshilik uchun xizmat qiladi. 
Omadsizlik-mag’lubiyat mavjud emas, faqat hayot darslari mavjud.
-8-
Tez o’qishni mashq qiling. Bu iste’dod sizga muallifning uzoq yillik boy 
tajribasiga 2-3 soat davomida ega bo’lishdek imkoniyatni beradi. Misol uchun, buyuk 
shaxslar biografiyalari orqali siz ularning hayotiy falsafasi bilan tanishishingiz mumkin. 
Ular haqida mutolaa qiling va ularning hayot yo’llarini o’zlashtirishga harakat qiling. 
Tez o’qish orqali siz juda katta hajmdagi ma’lumotlarni qisqa fursatda egallashingiz 
mumkin. 


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
23
Odamlarning ismlarini tez eslab qoling va ular bilan yaxshi muomalada bo’ling. 
Bu odat shijoat kabi muvaffaqiyat kalitlaridan biridir. Dunyodagi har bir inson o’zini 
muhim insondek his qilishni va doimo hurmatda bo’lishni istaydi.
Odamlarning ismlari
24
Gul kabi yumshoq bo'ling
25
Oiladan tashqaridagi insonlar
26
Doimo rostgo’y, sabrli, matonatli, 
kamtarin va albatta sahiy bo’ling.
Yaxshilik va mehr ko’rsatishda gul kabi yumshoq bo’ling, vaziyat qadriyat 
(prinstsip)larga taqalganda tosh kabi qattiq bo’ling. Doimo xushmuomala va odobli 
bo’ling, lekin oyoq osti qilishlariga yo’l qo’ymang. Sizga doimo hurmat bilan 
muomala qilishlariga e’tibor bering.
-9-
Hech qachon oilangizdan tashqaridagi insonlarga sog’ligingiz, boyligingiz va 
shu kabi boshqa shaxsiy masalalar haqida so’z ochmang. Bu borada o’ta intizomli 
bo’ling. 


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
27
Uzoq-unumdor kun so’nggida iliq vanna qabul qiling. Har bir kichik yutuq uchun 
ham o’zingizni rag’batlantiring. Tanangizga, ruhingizga va aqlingizga dam berish 
uchun vaqt ajrating. Tez orada barcha muhim maqsadlaringizga yetasiz va 
muvaffaqiyatning keyingi bosqichiga ko’tarilasiz.
Iliq vanna qabul qiling
28
To'g'ri nafas olish muhimligi
29
O'z-o'zini ishontirish usuli
To’g’ri nafas olishning muhimligi va uning sizdagi ichki quvvatga bog’liq 
ekanligini o’rganing. Miyangiz nafas olishingiz bilan chambarchas bog’liq. Misol 
uchun, miyangiz hayajon ostida bo’lganda, nafas olishingiz ham tezlashadi. Hordiq 
paytida yoki diqqatingizni bir joyga to’plaganingizda, nafasingiz sokin va chuqur 
bo’ladi. Chuqur nafas olishni ko’proq mashq qilish orqali siz hatto eng keskin 
vaziyatlarda ham sovuqqonlikni saqlashni o’rganasiz. Sharqning tog’ odamlari 
“To’g’ri nafas olish to’g’ri yashashdir” deb bekorga aytishmagan.
-10-
O’z-o’zini ishontirish usulini o’rganing. Bu tajribadan o’tgan usul yuqori cho’qqilarga 
erishishda yordam beradi. Sportchilar va davlat arboblari foydalanadigan usuldan o’z 
maqsadimiz yo’lida foydalanishimiz mumkin. Agar g’ayrat-shijoatli bo’lishni istasangiz, 
o’zingizga “Men bugun yanada g’ayratliman va kun sari shijoatli bo’lib boryapman” deb 
ayting. Bu gapni doimo takrorlang. Yondaftarcha sotib olib bu gapni 500 marta yozib 
chiqing. Bu mashg’ulotlarni 3 hafta davomida mashq qiling va o’zingizda ushbu sifat 
rivojlanib borayotganini sezasiz. Ming yillar davomida bu uslubdan Hind 
donishmandlari muvaffaqiyatga erishish uchun foydalanishgan. Siz kutgan natija tezda
ro’y bermasa, darrov tushkinlikka tushib qolmang, u albatta sodir bo’ladi. Aytilgan so’z 
miyaga katta ta’sir ko’rsatadi. 


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
30
Fikrlaringizni bayon etish va hayotingizdagi yutuqlarni o’lchab borish uchun 
kundalik daftar tuting. Nafaqat yutuqlaringizni, balki sizni qiynayotgan muammolar 
haqida ham yozib borish ortiqcha havotirlardan qutilishga, optimal holatda bo’lishga 
va fikrlash ravshanlagini saqlab qolishga yordam beradi.
Kundalik daftar tuting
31
Salbiy voqealarni ijobiy tomoni
32
Stiven Koveyning asari
Stress bu atrofingizda bo’layotgan hodisalarga sizning munosabatingiz 
natijasidir. Ma’lum bir vaziyat turli insonlarga turlicha ta’sir etishi mumkin. Masalan, 
yosh notiq ko’pchilik davrasida nutq so’zlashdan havotirga tushishi mumkin, tajribali 
notiq esa bunda insonlar bilan o’z fikrlarini bo’lishish mumkinligi ko’radi. Biz salbiy 
deb o’ylagan voqealarni ijobiy tomondan qabul qilish mumkin ekanligini tushunib 
yetsak, har qanday vaziyatda muvaffaqiyatga erishishimiz mumkin bo’ladi.
-11-
Stiven Koveyning “Samarali insonlarning yetti odati” (The Seven Habits of Highly 
Effective People) asarini o’qib ko’ring. Ushbu donolik boyligi xarakteringizni 
rivojlantirish va shaxsiy munosabatlarni boyitish uchun qiziqarli tavsiyalarni o’z ichiga 
olgan. 


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
33
Audio-kitobdan unumli foydalanuvchilar safida bo’ling. Shaxsingizni 
rivojlantirish bo’yicha bu borada keng tarqalgan dasturlar va kitoblar mavjud. Ularni 
ishga yoki o’qishga ketar yo’lingizda, bankda navbatda turganda yoki kechqurun idish- 
tovoq yuvganda tinglang. Avtomashinangizni harakatdagi bilim dargohiga aylantiring 
va yo’ldagi vaqtni kerakli bilimlarni olish uchun sarflang. Har qanday vaqtdan 
bilimingizni va ichki imkoniyatlaringizni oshirish uchun unumli foydalaning. 
Audio-kitobdan foydalanuvchi
34
Ikki haftada bir ro'za tutish
35
Sokin, tinchlantiruvchi musiqalar
Har ikki haftada bir kun ro’za tutishga harakat qiling. Unday kunlarda 
oshqozoningizni urintirmaslik uchun mevali sharbatlar iching va tabiiy ho’l 
mevalardan iste’mol qiling. Shunda o’zingizni ancha tetik va kuchli his qilasiz. 
Ro’zaning foydalaridan yana biri ovqat yeyishdan o’zingizni tiyish orqali irodangiz 
mustahkamlanadi.
-12-
Ofisingizga CD-player yoki radio olib kiring va kun davomida faqat sokin, 
tinchlatiruvchi musiqalarni tinglang. Xonangizni xushbo’y islar va ilhom bag’ishlovchi 
rasmlar bilan to’ldiring. Bu orqali siz ishingizdan ko’proq rohat ola boshlaysiz. 
Sayohatlar davomida aeraportlardagi kitob do’konlarini aylanish uchun yarim soat vaqt 
ajrating. Chunki bunday do’konlarda doimo eng so’nggi nashrdan chiqqan 
muvaffaqiyat haqidagi kitoblar sotiladi. 


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
36
Jeyms Allenning “Insonning fikrlashi” (As a Man Thinketh) asarini o’qing. Bu 
kichik asarni bir marta o’qish bilan cheklanmang, uni qayta-qayta o’qib. Bu kitob 
mukammal va baxtli hayot haqida ajoyib hikmatlarni o’z ichiga olgan.
Jeyms Allenning asari
37
Kechirimli bo'ling
38
Ustozlarning ham ustozi bo'ladi
Kechirimli bo’lish ko’pchilikda uchramaydigan, lekin ichki hotirjamlikni 
saqlash uchun zarur bo’lgan fazilatdir. Mark Tven ushbu fazilatni, o’zini toptab 
ketuvchi insonga xushbo’y is bag’ishlovchi binafshaga qiyoslagan. Kechirish qiyin 
bo’lgan vaziyatlarda kechirimli bo’lishni sinab ko’ring. Agar doimo kechirimlilik 
mushaklarini ishlatib tursangiz, har xil mayda gaplar va voqealar sizga ta’sir qilmay 
qo’yadi, va sokin ruhingizni hech narsa junbushga keltira olmaydi. 
-13-
Suv bilan to’la idishga ortiq narsa quyib bo’lmaydi. Shu kabi, barcha narsani 
bilishiga ishongan inson tezda qolganlardan ortda qoladi va olg’a yura olmaydi. Yetuk 
shaxs har bir voqea-hodisani maktab deb qabul qiladi. Hattoki ustozlarning ham o’z 
ustozlari bo’ladi. 


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
39
“Ikki daqiqalik fikr” diqqatni jamlash uchun foydali mashq hisoblanadi. 
Qo’lingizdagi soatning daqiqani ko’rsatuvchi belgisiga ikki daqiqa qarab turasiz va 
hech narsani o’ylamaysiz. Avvaliga hayolingiz boshqa narsalarga chalg’iydi, lekin 
taxminan 21 kunlik mashqlardan so’ng diqqatingizni osonlik bilan jamlay olasiz. 
Muvaffaqiyat yo’lida zarur bo’lgan muhim sifatlardan biri, uzoq muddat davomida 
diqqatni jamlay olish qobiliyatidir. Diqqatni jamlash mushaklarini rivojlantirsangiz, 
hech qanday vazifa siz uchun mushkullik tug’dirmaydi.
Ikki daqiqalik fikr mashqi
40
Nutqdan oldin iliq suv
41
Gavdangizni tik tutib gaplashing
Nutq so’zlashdan oldin bir piyola iliq suv ichib oling. Ronald Reygan ovozi tiniq 
va yumshoq bo’lishi uchun shu usuldan foyadalangan. Notiqlik san’ati ezgu 
maqsadlardan biridir. Uni o’rganishga harakat qiling. Insonlar so’zlashuv 
muomalangizga qarab baho beradilar.
-14-
Kimnidir uchratganingizda, gavdangizni tik tutib gaplashing. Ko’zlarning har 
tomonga yugurishi va sayoz nafas olish diqqatni jamlay olmaydigan va kuchsiz 
miyaning sifatlaridandir. 
42
Kuchingiz boricha harakat qiling
Har bir ishda kuchingiz boricha harakat qilsangiz, pishiq bo’lasiz. Mard bo’ling va 
o’zingizning xatti-harakatlaringiz bilan boshqalarga ham ilhom bag’ishlang. Lekin 
doimo e’tiborli bo’ling. 


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
43
Bu dunyo siz uchun nima qilishi mumkinligini emas, balki siz dunyo uchun nima 
qilishingiz mumkinligini o’ylang. O’zgalarga xizmat qilishni shioringizga aylantiring. 
Hayotingiz so’nggida, hamma narsa qilib bo’lingan bir paytda, hayotingiz qadri 
boshqalarga qilgan xizmatlaringizga qarab belgilanadi. Atrofingizdagilar uchun 
o’chmas meros qoldiring.
Dunyo uchun nima qilishingiz 
mumkin?
44
Quyosh paytida uyg'oning
45
Biroz sirli bo'lishga harakat qiling
Haftada bir marta quyosh chiqish paytida uyg’oning. Bu kunning eng sehrli 
vaqti hisoblanadi. Hotirjamlikni mashq qiling, sayrga chiqing, yoki klassik kuylarni 
tinglang. Uzoq va issiq dush qabul qiling va 100 ta otjimaniya mashqini bajaring. 
Badiiy adabiyotdan mutolaa qiling. O’zingizni tetik va kuch-g’ayratga to’la xis qilasiz.
-15-
Og’ir, vazmin bo’lishga harakat qiling. Hech kimga siz haqingizda barcha narsani 
bilishiga yo’l qo’ymang. Boshqalar uchun biroz sirli bo’lib qolishga intiling. 
46
Notiqlik san'ati ustasi
Notiqlik san’atining ustasi bo’lishga intiling. Iqtidorli notiqlar juda sanoqli. Bir buyuk 
advokat so’zlaganda duduqlanar edi, lekin o’zini ishontirish mashqi va kuchli irodasi 
tufayli ajoyib notiqga aylandi. Kuchli notiqlik va muomala san’atiga ega bo’lgan biror 
insonni o’zingizga na’muna qilib oling. O’zingizni u deb tasavvur qiling. U kabi turishga, 
gapirishga va kulishga harakat qiling. Natijalar sizni lol qoldiradi.


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
47
Xarakterni tarbiyalash va muvaffaqiyat muammolari bilan shug’ullanuvchi 
notiqlarni toping. Shaxsiy tarbiya masalasini doimo yodda tutish uchun har oyda 
kamida bir marta ularning ma’ruzalarida ishtirok etishga harakat qiling. Ikki soatli 
mashg’ulot ichida siz boshqalar yillar sarflab o’rgangan usullarni o’rganib olishingiz 
mumkin. Hech qachon yangi fikr-g’oyalarni izlash uchun vaqtingizni qizg’anmang.
Xarakter va muvaffaqiyat 
notiqlari
48
Dennis Vuleyning ajoyib kitobi
49
O'qimagan kitobingizdan 
parcha o'qing
Dennis Vuleyning “Baxtning yaratilishi” (Discovering Happiness) nomli ajoyib 
kitobini o’qib chiqing. Bu sehrli kitob siz uchun sog’liq va baxt borasida yangi 
qirralarni ochadi.
-16-
Diqqatingizni oshirish uchun, avval o’qimagan kitobingizdan parcha o’qib 
ko’ring. So’ngra o’qilgan matnni so’zma-so’z aytib berishga harakat qiling. Bu 
mashg’ulotni kuniga 5 daqiqa bajaring, natijalar sizni quvontiradi. 
50
Yugurish musobaqalarida 
ishtirok eting
Dastlab 5 km, so’ng 10 km yugurish musobaqalarida ishtirok eting. Ko’pchilik 
bilan yugurishdan hosil bo’lgan zavq-shafq sizni to’lqinlantiradi. Doimo o’z
imkoniyatlaringiz chegarasini kengaytirib borsangiz, ichki salohiyatingiz tezda ochiladi.
Yodingizda tuting, tanangizdan nima talab qilsangiz shuni olasiz. 


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
51
Xushbo’y hidlar asablarni bo’shashtirishga yordam beruvchi ajoyib usullardan 
biri deb isbotlangan. Turli hidlar kayfiyatga va zehnga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Shahringizdagi dorixonalardan apelsin va chinnigul moylarini sotib oling. Qaynab 
turgan suvga ushbu yog’lardan biridan bir necha tomchi tomizing va xushbo’y hiddan 
bir necha daqiqa nafas oling. Dam olayotgan xonangizni ham ushbu xushbo’ylik bilan 
to’ldiring. Siz sokinlik va hotirjamlikni xis qilasiz. Havodagi olma isi ham hotirjam 
uyquga yordam berishi isbotlangan.
Xushbo'y hidlar usuli
52
Yarim soat toza havoda sayr
53
Og'ir tosh mashg'ulotlari
Kechki ovqatdan keyin yarim soat toza havoda sayr qilishga odatlaning. Tabiat 
qo’ynida sayr qilishga nima yetsin?! Sayr qilish tabiatning mukammal mashg’ulotidir. 
Sayr qilayotganda boshqa yumushlar, hisob-kitoblar, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan 
muommolar haqida hech ham o’ylamang. Bu mashg’ulotning foydasini kamaytiradi. 
Sayr qilishdan zavq oling. Atrofingizdagi go’zallikka e’tibor bering. Ko’plab yoshiga 
nisbatan yosh ko’rinuvchi insonlar doimiy sayr qilish odatiga ham egalar.
-17-
Og’ir tosh ko’tarish bo’yicha mashg’ultlarga yoziling. Jismonan kuchli odamlar 
aqlan ham bardoshlidirlar. Ba’zi 75 yoshli insonlar marafonlarda qatnashyapti, 80 
yoshli ayollar to’g’larni zabt etmoqda, 90 yoshli buvalar zavqli farovon hayot 
kechirishyapti. Siz 19 yosh bo’lasizmi yoki 90 yosh, doimo tetik, serg’ayrat va hayotni 
sevuvchi bo’ling. 


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
54
Hech qachon boshlig’ingiz bilan bahslashmang. Bahsdanda ko’proq narsani 
yutqazasiz.
Boshlig'ingiz bilan bahslashmang
57
Baxtli va jo’shqin hayotning asosiy ikki omili – me’yor va vazminlikdir. Har bir 
ishda muvozanatni saqlash lozim va haddan oshmaslik kerak.
Me'yor va vazminlik
55
Biznes va ishga mos 
keluvchi liboslar
56
Yozma shaklda xat jo'nating
Biznes va ishga mos keluvchi liboslar borasida qora-to’q rangdagi kostyumlar 
nufuz, nazokat va didni ko’rsatadi. Qachondir prezident yoki vazirlarni sarg’ish- 
jigarrang liboslarda ko’rganmisiz?
-18-
Aloqalarni mustahkamlash uchun mijozlaringizga va hamkorlaringizga doimo 
yozma shaklda xat jo’nating. Ularga har to’rt oyda bir marotaba qandaydir qiymatli 
narsa jo’natishga harakat qiling. Ta’tilda bo’lganingizda ularga chiroyli otkritkalar 
jo’natib turing. Yuzlab otkritka sotib olishga va ularni to’ldirishga vaqtingiz ketsa ham, 
xavotir olmang, vaqtingizni foydali joyga sarflayapsiz. Rishtalarni mustahkamlashning 
boshqa yo’li esa yaqin orada chop etilgan biror bir qiziqarli maqolani jo’natib, unga 
ilova sifatida qo’lyozmada sherigingiz uchun bu qiziqarli ma’lumot bo’lishi mumkin 
ekanligini va siz o’zaro do’stligingizni qadrlashingizni yozib yuboring. Kim 
bo’lishingizdan qat’iy nazar munosabatlarni o’rnatish siz uchun muhim vazifa bo’lishi 
kerak. 


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
58
Xitoy o’simliklari do’konidan topish mumkin bo’lgan Jasmin choyini iching. Bu 
sog’ligingiz va hordiq chiqarishingiz uchun foydali. Qaynoq suvga zanjabil bo’lagini 
ham qo’shib iching va o’zingizni yanada tetik his qilasiz. 
Jasmin choyini iching
59
Vaqtni to'g'ri boshqaring
60
Insoniy fazilatlarni 
rivojlantirish kitoblari
Vaqtni to’g’ri boshqarish sizga moslashuvchan bo’lishga yordam beradi. Ya’ni 
siz qilinishi kerak bo’lgan ishlarni majburlikdan emas balki o’zingiz istagan vaqtda 
bajarishingiz mumkin bo’ladi.
-19-
Insoniy fazilatlarni rivojlantirish uchun yozilgan kitoblarni amal qilinishi shart 
bo’lgan diniy kitob deb qabul qilmang. Ularni o’qing va faqat o’zingizga kerakli joylarini 
oling. Ba’zilar maslahat qilingan uslublarning barchasini qilishim kerak deb o’ylaydilar 
va haddan oshirib yuboradilar. Har bir kitobda kamida bitta foydali maslahat yoki 
uslub bor. Faqat o’zingiz uchun foydali va sizga mos keladigan uslubni oling. Sizga 
foyda keltirmaydigan, sizning xarakteringizga to’g’ri kelmaydigan jihatlarga e’tibor 
bermang. 


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
61
Ichki hissiyotingizni jo’shqinlik, xushchaqchaqlik hislariga yanada boyiting. 
Qaytadan yosh bolaga aylaning. Bir necha oyda bir marta bo’lsa ham yangi, ajoyib 
mashg’ulotlar bilan shug’ullaning va bundan chinakamiga rohatlaning, misol uchun, 
akvalang bilan shug’ullanish ham maroqli faoliyatlardan biri. Bundan tashqari qoya 
alpinizmi sporti, kemping, yelkanli qayiq sporti kabi boshqa qiziqarli mashg’ulotlar 
ham bunga yaqqol misol bo’la oladi. Bu hayotingizni ma’noga boyitadi, o’zingizni yosh 
va beg’ubor his qilasiz, ko’plab do’stlar orttirasiz.
Izlanuvchan bo'ling
62
Tabiat bag'rida vaqt o'tkazing
63
Jonli tanada, jonli zehn
Vaqtingizning bir qismini tabiat bag’rida o’tqazing. Chunki tabiatning sizga 
sokinlik va beg’uborlik bag’ishlab turadigan tuyg’ularni his qilishga undaydigan 
belgilari bor. Muvaffaqiyatning eng yuqori cho’qqisidagi insonlar hayotimizda 
tabiatning o’rni balandligini tushunganlar. Boshlanishiga oddiy piyoda yurish 
mashqini bajaring, keyinchalik o’rmonga sayohatga chiqing. Daryo yaqinida hordiq 
chiqaring. O’zingizning ixcham bog’ingizni yarating. Tabiat bilan do’stona 
munosabatda bo’lish sizga mumnuniyat va muloyimlik bag’ishlaydi, hayotingizni 
boyitadi.
-20-
“Mens sana in corpore sano” deb baralla ayting, chunki u jonli tanada faqat jonli 
zehn bo’ladi degani. Hech qachon aqliy qobiliyat bilan bevosita bog’liq bo’lgan 
tanangizga bee’tibor qaramang. Uni eng yaxshi ozuqalar, mashqlar bilan to’ldiring, u 
haqida qayg’uring. 


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
64
Hech narsa tinchingizni buza olmaydigan darajada kuchli bo’ling. Bir kuni bir 
mashhur bokschi qayg’uda edi. Undan g’am chekish sababini so’rashganda u o’ziga 
salbiy narsalarni o’ylashga izn berganini aytdi. Xohish-istaklaringizni jilovlashni biling. 
Bir dona bo’lsa ham yomon hayoldan uzoq bo’ling.
Kuchli bo'ling
65
Uxlashdan 3 soat oldin...
66
Obro'ingiz haqida e'tiborli bo'ling
Uxlashdan 3 soat oldin hech narsa yemang. Bu hazm qilish tizimini va 
uyquning sifatini yaxshilaydi. Chuqurroq va sokinroq uxlash uchun kunlik rejangizga 
sizga yaxshi hordiq bag’ishlaydigan mashg’ulotlarni kiriting. Bunday faoliyatlarni 
yotoqqa kirishdan 1 soat oldin bajarsa natijasi yaxshi bo’ladi. Yotoqda ishingizga oid 
yumushlar bilan shug’ullanmang, sizni siqilishga olib keladigan o’ylarni o’ylamang. 
O’zingizni chaqaloqqa uyqudan oldin beriladigan e’tiborni bering. Leonardo da 
Vinchi aytganiday “Go’zal o‘tkazilgan kun shirin uyquni olib keladi”.
-21-
U yaxshi bo’lsa sizga yuqori cho’qqilarga erishishga yordam beradi. Lekin bir 
marta yo’qotilgan obro’ni tiklash qiyindir. Har doim qilgan xatti-harakatingiz uchun 
javobgar bo’ling. Onangizga aytishga hijolat bo’ladigan ish qilmang.


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
67
Sizning yo’nalishingizdagi, sizga to’g’ri yo’l ko’rsata oladigan ustozlarni toping. 
Dunyodagi barcha hatolar avval kimdir tomonidan qilingan, nima uchun ularning 
tajribasidan foydalanmasligingiz kerak? Siz shunday inson topingki, u ham mard, ham 
boshqalar haqida qayg’uradigan yetuk shaxs bo’lsin. Ustozingiz sizning 
qiziqishlaringizni e’tiborga oladigan va sizdan tajribaliroq-ulug’roq inson bo’lishi 
kerak. Har bir inson e’tiborga muhtoj, hattoki eng band rahbarlar ham ularning 
hurmatini joyiga qo’ygan va maslahatiga quloq solgan insonga vaqt ajratishi mumkin.
Yo'l ko'rsata oladigan ustozlar
68
Zaif tomonlaringizning ro'yhati
69
Hech qachon nolimang
Barcha zaif tomonlaringizning ro’yhatini tuzing. O’ziga mutloq ishongan va 
ma’lumotli inson o’zining zaif xususiyatlariga e’tibor qaratadi va ularni uslubiy 
yaxshilashga intiladi. Hattoki, dunyoning eng buyuk va eng qudratli shaxslarida ham 
kamchiliklar mavjudligini yodingizda tuting. Fikrimizni boshqacha qilib aytganda, 
o’zingizning eng yaxshi xususiyatlaringizni anglang va ularni rivojlantiring.
-22-
Hech qachon nolimang. Atrofdagilarga o’zingizni ijobiy, qobiliyatli, kuchli va 
g’ayratli inson sifatida tanishtiring. Shuni aytish joyizki, doimo shikoyat qiluvchi va har 
narsadan salbiy ma’no izlovchi insonlar yaqinlarining ko’ngliga osongina vahima soladi 
va natijada kamdan kam hollarda muvaffaqiyatga erisha oladi. Psixologlar nazariyasiga 
ko’ra, hodisalar doimo ikki marotaba yaratiladi: biri ongda, ikkinchisi esa voqe’likda. 
E’tiboringizni ijobiy fikrlarga qarating. O’tkir aqliy fikrli bo’lingki, sizning 
muvaffaqiyatgacha bo’lgan rejalaringizni hech narsa o’zgartira olmasin. Nima 
istayotganingizni tasavvur qiling va butun borlig’ingiz bilan unga ishoning. Albatta, bu 
o’ylaganingizdek o’zingizda tez orada sodir bo’ladi. 


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
70
Do’stlaringizning ojiz tomonlariga ko’z yuming. Agar siz ulardan kamchilik 
qidirsangiz, shubhasiz, siz ulardan bir qancha nuqsonlar topishga muvaffaq bo’lasiz. 
O’zingizni yetuk insonlardek tutingki, toki o’zgalarning bunday xususiyatlariga e’tibor 
bermaslikka harakat qiling va har bir insondagi ijobiy xususiyatlarni ko’ra biling. Biz 
hammadan o’rganamiz. Ya’ni hammada o’zining aytishga qissasi, ulashishga 
hangomasi va o’rganishga pand-nasihati bo’ladi. Bunda erkin fikrli bo’ling va shunda 
siz ulkan darajada bilimni egallaysiz. Baxtli hayot uchun do’stlar juda muhim o’rin 
tutadi, ayniqsa, ular o’zlarining ko’plab tajribalarini va xursandchiliklarini siz bilan 
baham ko’rsalar. Shu ma’noda ko’proq va ishonchliroq do’stlar orttiring. 
Do’stlaringizni xursand qilish uchun kitob yoki turli xil sovg’alar sotib oling. “Nima 
eksang, shuni o’rasan” degan maqolga murojaat qilsak, yaxshi va ishonchli 
do’stlaringiz bo’lishi uchun siz birinchi qadamni tashlashingiz kerak va umringiz 
oxirigacha uning mevasi - sadoqatini ko’rasiz.
Do'stlaringizning ojiz tomonlari
71
Muloyim, mulohazali va 
xushmuomala bo’ling
Shuningdek, ziyrak va qay vaqtda qat’iy va kuchli bo’lishni biling. Bu keng 
tarqalgan xususiyatlardan bo’lib, bu orqali siz o’zgalarda o’zingizga nisbatan hurmat 
tuyg’usini uyg’otasiz. Do’stona munosabatlar haqidagi kitoblarni o’qish va 
munosabatlarni yaxshilash uchun sabrli tinglovchi bo’lish, o’zgalarga samimiy 
minnatdorchilik ko’rsatish, hamda shaxsiy qobiliyatlarni mukammallashtirish eng 
foydali usullardandir. Lekin, mutloq omadga yetishish uchun shuni anglash kerakki, 
ma’naviy oziq bo’luvchi moddiy donolik va fahmlilik juda muhim qobiliyatlardir. 
Inson psixologiyasining mutaxassisi bo’ling va shu orqali ularning ongidagi ma’noni 
o’qiy oling. Sizdan hech kim o’z maqsadi yo’lida foydalanmasin. Shuningdek, siyosiy 
ma’lumotlardan ham xabardor bo’ling. Ahamiyatsiz g’iybatlar va idora siyosatidan 
uzoqda yuring, lekin ular aytgan ishonchli fikrlarni maqullang va orqa tarafingizda 
nimalar sodir bo’layotganini bilib turing. Bilingki, dunyoning buyuk yetakchilari 
shunday ish yuritadi.
-23-


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
72
Siz o’zingizni o’zgalar oldida yuqori iste’dodli, kuchli, tartib-intizomli va 
hotirjam shaxs sifatida namoyon qiling. Tashqi olamga namoyon qiluvchi yuzingiz va 
ichki xarakteringiz o’rtasidagi muvozanatni saqlang. Atrofdagilar uchun biroz sirli 
shaxs bo’lib qoling, chunki haqiqiy donolar hech qachon atrofdagilarga o’zlarini to’liq 
namoyon etmaydilar. O’zingiz haqingizda hech qachon hamma narsani oshkor 
qilmang. Hattoki, dunyoning omadli shaxslari so’zlashdan oldin uch marotaba 
fikrlaydilar, chunki “Aytilgan so’z - otilgan o’q”dir. Hayotdagi hodisalarni oson 
ko’rinishga keltiring va odamlar sizning tabiatan qobiliyatli inson ekanligingizga 
ishonch hosil qiladilar. Faqat yaxshi narsalar haqida so’zlang va omma siz bilan birga 
ekanligini his qilasiz. Hech qachon o’zgalarning salbiy xususiyatlari haqida so’zlamang 
va shunda hamma biladiki, siz ularning orqasidan ham g’iybat qilmaysiz. O’zingizning 
shaxsiy xarakteringizni yarating va yuqori tartib-intizomga asoslangan umr o’tkazing.
O'zingizni namoyon qiling
73
Me'yorga amal qiling
Tanishlar bilan do’stona aloqa qilish juda yaxshi odat. Lekin, har narsada 
me’yorga amal qiling.
74
Vaqtingizni rejalashtirishni 
o’rganing
Shuni bilingki, vaqtingizni puxta rejalashtirib va qat’iy belgilangan reja asosida 
yashash sizni qattiqqo’l va ehtirossiz qilib qo’ymaydi. Balki, yaxshi o’ylangan reja 
oldingizga qo’ygan maqsadlaringizga vaqtida erishishga, hamda dam olishga sharoit 
yaratadi. O’zingizni tartib-intizomga bo’ysundiring va tezkor lekin keraksiz 
mashg’ulotlar (masalan, telefon qo’ng’iroqlari)ga vaqtingizni ortiqcha sarflamang, 
va faqat hayotingiz uchun mutlaq muhim, foydali va maqsadli mashg’ulotlarga 
butun e’tiboringizni qarating. Muhim mashg’ulotlar qatoriga hordiq chiqarish va 
mulohaza yuritish, ishonch va o’zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni 
mustahkalash, badan-tarbiya mashqlari, kitob mutolaa qilish va fikrlash, hamda 
atrofingizdagi insonlarga xolis xizmat qilish kabilar kiradi. 
-24-


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
75
Yangiliklar, so’nggi nashrdagi kitoblar va dolzarb voqea-hodisalar haqida 
xabardor bo’lib turing. Ko’plab yetuk shaxslar kuniga besh-oltita gazeta o’qiydilar. Har 
bir gazetani sinchkovlik bilan o’qishingiz shart emas. Faqat bilingki, nimaga e’tibor 
berish, nimani o’tkazib yuborish va nimani boshqa vaqt o’qish uchun olib qo’yish 
kerakligini (muvaffaqiyatli insonlar jurnal va gazetalarga ko’z yugurtirib, qiziqarli 
sahifalarni olib qo’yib ularni bo’sh vaqtlarida o’qishadi). Ma’lumki, bilim bu kuchdir. Siz 
tadbirkor, korporativ firma rahbari, yoki oila yetakchisi bo’lishingizdan qat’iy nazar, bir 
g’oya orqali atrofdagilar va o’z shaxsiy hayotingizni tubdan o’zgartirib yuborishingiz 
mumkin. Shunchaki Geyts, Edison va Bellni eslab ko’ring.
Voqea-hodisalar haqida 
xabardor bo’lib turing
76
Umr yo'ldoshingiz - 
eng muhim qarordir
O’z umr yo’ldoshingizni tanlayotganingizda, unutmangki, bu hayot 
davringizdagi eng muhim qarordir. Ko’mak, hursandchilik va baxtning 90%i oilaviy 
munosabatlarga bog’liq. Demak, donolik bilan o’z yo’lingizni tanlang. Sadoqat,
hazilkashlik, zukkolik, halollik, yetuklik, fe’l-atvor, hamnasablik (sizga har 
tomonlama mos kelishi) kabi sifatlarlarga va ko’nglingizga moyil kelishiga ham 
e’tibor bering. Agar bu sifatlar bo’lsa, demak, sizning munosabatlaringiz baxt 
qarshisida turibdi. Sekin-asta oldinga harakatlaning, lekin hech kimga sizni noqulay 
qaror qabul qilishga majbur etishiga yo’l qo’ymang.
77
Sizning strategiyalaringiz faqat 
o’zingiznikidir
Hech qachon o’zingizning shaxsiy rivojlanish mashg’ulotlaringizni 
tanishlaringiz bilan muhokama qilmang. O’zgalar shaxsiy siringizning qadrini 
tushunmasligi mumkin. Siz muvaffaqiyatga erishganda, sizning hatti- 
harakatlaringizni e’tiborga olmay, barchasiga o’sha mashg’ulotlar orqali erishgansiz 
deb o’ylaydilar. Shuning uchun bu narsalarni o’zingizda saqlang.
-25-


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
78
Hafta davomida dam oladigan vaqtlaringizning ro’yhatini tuzing va unga amal 
qiling. Muhim bo’lgan kompaniya prezidenti yoki eng yaxshi xaridoringiz bilan bo’lgan 
uchrashuvlarga boshqa rejalashtirilmagan foydasiz ishlar qo’shmaysizku?! Unda nega 
o’zingiz uchun ajratilgan vaqtga jiddiy qaramasligingiz kerak?! Bizda o’zimiz uchun,
quvvatimizni tiklash va fikr yuritish uchun vaqt bo’lishi shart. Bu kabi mashg’ulotlar ish 
faoliyatimizni yuqori darajada ushlab turishimizni ta’minlaydi.
Dam oladigan vaqtlarning ro'yhati
79
Ko'zingizni yuming
His-tuyg’ularning 83%i ko’zlarimiz orqali qabul qilinar ekan. Mutloq bir 
narsaga e’tibor qaratish uchun ko’zingizni yuming va shunda siz fikringizni bo’luvchi 
narsalarni hayolingizdan olib tashlaysiz.
80
Xohish-istaklaringizning xo’jayini 
bo’ling, lekin vijdoningiz quli bo’ling
81
Kundalik suvda 
suzishga odatlaning
Bu orqali siz sog’lom bo’lasiz, tanangiz bo’shashadi va fikrlaringiz bir joyga 
keladi. Suzish tanangizni stres holatiga tushurmaydi, o’pkani ajoyib mashqlar bilan 
ta'minlaysiz va samarali natija uchun oz vaqt sarflaysiz. Yodda tutingki, sog’ tanda 
sog’lom aql.
-26-


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
82
Bugun o’z maqsadi yo’lida yaxshi ishlayotgan insonlar ertangi kun uchun 
xursandchilikni kafolatlaydilar.
Bugun va erta
83
Muvaffaqiyatli vaqt
84
Ajoyib tasavvur qilish texnikasi
Muvaffaqiyatli vaqt boshqaruvining kaliti - qilinishi kerak bo’lgan ishlarni 
reja qilingan vaqtda bajarishdir. Qo’lingizdagi topshiriqqa butun fikringizni jamlang. 
Shundagina siz barcha maqsadlaringizga erishasiz va eng muhim narsalar uchun 
vaqt ajrata olasiz. Rejalaringiz moslashuvchan bo’lishiga qaramay (kamon juda 
tarang tortilsa, u ham tezda sinadi), sizning jadvalingiz oddiy intizomni talab qiladi.
-27-
Agar siz nimadir haqida havotirlanayotgan bo’lsangiz, qog’oz bo’laklariga 
havotirlanishga sabab bo’layotgan so’zlaringizni yozing. Endi qog’ozlarni birlashtirib 
unga o’t qo’ying va sizning tashvishlaringiz alanga ichida yo’q bo’lishiga guvoh bo’lasiz. 
Bryus Li, buyuk jang san’atining mahoratli ustozi, ushbu aqlni boshqarish uslubidan 
doimo foydalangan.
85
Havotirlaringizni qismlarga 
ajrating
Ma’lum bir vaqt ichida muammo haqida puxta o’ylab ko’ring va unga qarshi 
kurashish uchun foydali reja tuzing. So’ngra bu muammo haqida boshqa 
o’ylayvermaslikka o’zingizni majbur qiling. Inson ongi shunday g’ayritabiiy tirik 
mavjudotki, biz xohlamagan narsalar hayolimizga kelaveradi, biz istagan narsalar esa 
yodimizda qolmaydi ham. Lekin miya go’yo muskulga o’xshaydi va siz uni kuchliroq 
qayirishingiz mumkin. Uni o’z qulingizga aylantiring. Shuningdek, uni eng yaxshi oziq 
moddalar va ma’lumotlar bilan to’yintiring. Agar siz unga ishonsangiz, albatta, u 
sizga yaxshi xizmat ko’rsatadi. 


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
86
Yuqori cho’qqiga erishgan ijrochilar doimo jismonan xotirjam va aqlan 
band bo’ladilar. 
Yuqori cho’qqiga 
erishgan ijrochilar
87
Tana jismonan 
erkinligi va xotirjamligi
88
Moliyaviy reja
Aqliy faoliyatning yuksaklikka erishishi uchun sizning tanangiz jismonan erkin 
va xotirjam bo’lishi lozim. Sir emaski, tana xotirjam, har qanday ziddiyatdan uzoqda
bo’lganda, fikr ham aniq, tinch va e’tiborli bo’ladi. Shuning uchun, yoga juda foydali 
mashg’ulotlar qatoriga kiradi. Unda tana xotirjam saqlanadi va ong uning izidan 
ketadi. Bir kunda 15 minutlik kerishish(egilish) ham bezovtalikdan forih bo’lish 
uchun eng yaxshi yo’ldir, shunda, juda murakkab va tez harakatlanuvchi, lekin ajoyib 
dunyoyimizni quramiz. Massaj yoki dush qabul qilishga harakat qiling. Yodda 
tutingki, tananing dam olishi – miyaning dam olishidir.
-28-
Kelasi bir necha yil uchun batafsil moliyaviy reja tayyorlang va uni amalga oshishiga
harakat qiling. Agar siz iqtisodiy maslahatga muhtoj bo’lsangiz uni qidiring. Iqtisodiy 
mahorat uchun kuchli lekin oddiy strategiya: har oyligingizning 10%ini saqlab qo’ying. 
Jamg’armalaringizni uzoq muddatli loyihalarga investitsiya qilsangiz sizga yaxshi foyda 
keltiradi. Pul bilan bog’liq ishlarda dono bo’ling. Moliyaviy xavfsizlik shaxsiy erkinlikka 
boshlaydi.


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
89
Qo’shma shtatlar sobiq prezidenti Bil Klinton Oxford universitetida qisqa 
muddat ichida 300 dan ziyod kitob o’qigan. Ba’zi ko’zga ko’ringan rahbarlar kuniga 
bitta kitobni o’qib tugatadi. Bilim va ma’lumot qidiring. Biz juda katta axborot davriga 
kirib keldik va kimki bunda tashabbuskor bo’lsa, marra uniki. Ko’p bilsangiz - kam 
qo’rqasiz.
Kitobxonlar rahbarlardir
90
Yotishdan oldin yo 
kitob yo maqola
91
Serharakat va jozibali
Yotishdan oldin ijobiy va ilhomlantiruvchi kitob yo maqola o’qib yotishga 
odatlaning va shunda, ertalab yaxshi kayfiyatda uyg’onasiz. Shuningdek, bu 
so’zlarning foydali xususiyatlari sizni kun davomida qo’llab-quvvatlashiga tezda 
e’tibor berasiz.
-29-
Serharakat va jozibali (xarizmali) shaxsiyatni o’zingizda rivojlantirishni
maqsadlaringiz qatoriga qo’shing. Bu har bir insonda mavjud qobilayat bo’lib, lekin uni 
kamchilik rivojlantiradi. Misol keltirsak, prezident Kennedi yoshligida tez-tez kasal 
bo’lgan, keyinchalik, u jismoniy muammolari ustidan ulg’ayib, AQSH tarixida eng 
jozibador va to’lqinlantiruvchi prezident sifatida iz qoldirdi. Kichik narsadan boshlang. 
Omma oldida nutq so’zlashni o’rgatuvchi kurslarga yoziling. Kutubxonalarga boring va u
yerda nutq madaniyati va kiyinish odoblari mavzusidagi kitoblarni mutolaa qiling. Uchta 
aniq va donolik bilan aytilgan latifalarni o’rganing va odamlarga aralashishga harakat 
qiling. Shunda siz ham dam olasiz, ham do’stlaringiz va hamkorlaringiz bilan aloqa 
o’rnatasiz.


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
92
Muloqat mavzusida, Xitoy maqoli shunday deydi: “Bir dono inson bilan suhbat 
qurish oylab kitob o’qishdan yaxshiroqdir.” Ilmli shaxslarni izlang va ularning 
suhbatida bo’ling. Ular kichik uchqunni kutishadi, ya’ni biror mavzuda qiziqishingiz 
borligini ko’rsatsangiz, ular sizga barcha bilganlarini yoritib beradilar.
Ilmli shaxslarni izlang va 
suhbatida bo'ling
93
Lao-Tszining uchta asosiy sifati
94
V. J. Slim gapi
Lao-Tszi shaxsning buyukligi uchun uchta asosiy sifatni qadrlaydi: “birinchisi 
muloyimlik, ikkinchisi tejamkorlik, uchunchisi esa kamtarlikdir. Bu xususiyatlar meni 
o’zgalar oldida o’zimni oldingi o’ringa qo’yishdan saqlaydi. Hushmuomala bo’ling va 
siz kuchli bo’la olasiz, tejamkor bo’ling va siz ozod bo’lasiz, boshqalardan o’zingizni 
ustun ko’rishdan qoching, shunda, siz ommaning yetakchisi bo’lasiz.”
-30-
“Agar siz ikki teng muvozanatli yo’nalishdan qay birini tanlashda bir to’xtamga
kela olmayotgan bo’lsangiz – qiyinrog’ini tanlang,” deb aytadi V. J. Slim. Mardlikning 
o’rnini bosadigan hech qanday narsa yo’q. Imkoniyatni qo’ldan boy bermang, tavakkal 
qilishdan qo’rmang va siz ozularingiz dunyosidagi muvaffaqiyatlar bilan uchrashasiz.
95
Turmush o’rtog’ingizning 
qo’llab-quvvatlovchisi
Turmush o’rtog’ingizning asosiy qo’llab-quvvatlovchisi bo’ling, orzu va 
maqsadlariga yetishda doimo birga bo’ling. Birgalikda rivojlaning va ikki kishidan
tashkil topgan armiyadek ishonch bilan olg’a qadam bosing.


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
96
Maqsadlaringiz va kuchli istaklaringiz uchun sizni ilhomlantirishi, ruxlantirishi 
va qo’llab-quvvatlashi mumkin bo’lgan 3 ta insonni eslang. Kelasi bir necha hafta 
davomida ular bilan uchrashishni rejalashtiring. Ularni ishtiyoq bilan tinglang va 
o’zingizga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni ulardan o’rganing. O’z strategiyangizni 
tuzing hamda ularning dono nutqlaridan bahramand bo’ling.
Qo’llab-quvvatlashi mumkin 
bo’lgan 3 ta inson
97
Har bir kuningizni haqiqiy 
san’at asariga aylantiring
98
Miyangizdagi 1000 vatt
Sizni orqaga tortayotgan narsa bu o’zingizni kim deb o’ylashingiz emas, balki 
kim emas deb o’ylashinigizdir.
-31-
Hozirgi kunda energiyamiz foydali bo’lmagan mashg’ulotlarga va erkin, yuzaki 
gaplarga sarflanmoqda. Tasavvur qiling, sizning miyangizda hisob bo’yicha 1000 vatt 
energiya bor. Miyangiz biror loyiha uchun vazifalarni tugatishga qattiq tashvishlanadi, 
shunda, 100 vatt yo’qotadi. Biroz muddatdan so’ng shunday keraksiz havotirlar sabab 
bor energiya tugaydi. Miyaning tabiati shunday. Siz uni boshqaring va shunda buyuk 
o’zgarishlarning guvohi bo’lasiz. O’zingizni kuchliroq his etasiz va murakkab vazifalar 
natijasiga osonlik bilan erishasiz. XIX asrning faylasuflaridan biri Genri Frederik Amiel 
shunday deydi: “maqsadli harakat uchun fikr aniqligi va iroda quvvatiga hech narsa 
yeta olmaydi.” 


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
99
Shu aniq-ravshan aytilganki, “Siz harakatingizni eksangiz, odatingizni o’rib olasiz.
Odatiningizni eksangiz, fe’l-atvoringizni. Fe’l-atvoringizni eksangiz, taqdiringizni o’rib 
olasiz.” Insonning mohiyati bu – uning xarakteri, xarakteringizni mislsiz, nuqsonsiz va 
kuchli qiling. Faqat haqiqatni gapiring va so’zlarni donolik bilan tanlang. Kamtar, 
to’g’riso’z va tinchliksevar shaxs bo’ling.
Doimo vadaga vafo qiling
100
Tabiatning muhim qonuni
101
Qanoatli qalb doimiy baxtdir 
Ijobiylik salbiylikni yengadi.
-32-
Boqiy baxt va xotirjamlikka erishish uchun ochko’zlik va moddiy istaklarga 
chegara qo’ying. Boriga shukr qiling. Nima deb o’ylaysiz, barcha moddiy buyumlar 
sizga zarurmi? Sabrlilik, jasurlik va fikrni jamlash kabi fazilatlar singari qanoatni ham 
o’rganish mumkin, albatta, kundalik amaliyot va samimiy istak bilan. 
102
Yangi do’stlar va 
tanishlar orttiring 
Imkon boricha har kuni ko’proq yangi do’stlar va tanishlar orttiring. Barcha 
do’stlaringiz bilan yaqin aloqada bo’lib turishga harakat qiling. Samimiy munosabatlar 
sermazmun hayotning kalitidir.
103
Qadimiy hind maqoli 
“Agar o’z onging ustidan g’alaba qozonsang, butun dunyoni taslim etasan.” 


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
104
Moddiy boylikdan ko’ra ma’naviy baxtga ko’proq e’tibor bering. Bu narsa o’ylab 
bajarilgan harakatlar natijasida ro’yobga chiqadi. 
Ma'naviy baxt
105
Stres yomon narsa emas
106
Kun davomida ruhiy tanaffus
Mashhur fikrga qarshi o’laroq, stres yomon narsa emas. Bu bizga yuqori 
cho’qqida o’zimizni namoyish qilishimizga imkon yaratadi va kimyoviy moddalar 
orqali tanamizdagi og’riqdan forih bo’lishimizga yordam beradi. Me’yordan ko’p 
stress yoki undan ozod bo’lmaslik zararlidir. Stres vaqtlari tinch dam olish va 
xotirjam sog’liqni saqlash vaqtlari bilan bir xil muvozanatda bo’lishi lozim. Bizning 
davrimizdagi ko’plab rahbarlarga ko’p ish yuklanadi va ular katta ma’suliyat bosimi 
ostida qoladilar. Lekin ular bunday og’ir damlarni dam olish va hordiq chiqarish bilan 
bir xil muvozanatda ushlab yuqori marraga erishadilar. Prezident Kennedi Oq uyda 
mudrab olishni o’ziga odat qilgan edi. Vinston Churchil ham yanada sergak tortish, 
diqqatni jamlash va tinchlanish uchun har kuni peshin paytida bir soatlik uyquga 
ketgan. Ko’pincha odamlar o’ylaydiki, kuchli jismoniy mashqlar, yaxshi ozuqa va 
yoqimli dam olish faoliyati barcha kasalliklarga davo bo’luvchi vosita deb. Ularga
qo’shimcha ravishda ijobiy fikrlash va qalb xotirjamligi ham haqiqiy baxt va uzoq 
umr ko’rish uchun zarurdir.
-33-
Kun davomida ruhiy tanaffus olishga odatlaning. Har kuni tongda besh 
daqiqaga ochiq havoga chiqing. Mashaqqatli va sermahsul kuningiz ohirida O’rtayer 
dengizida suzayotganingizni va Alp yonbag’irlarida chang’i uchayotganingizni tasavvur 
qiling. Bu mashg’ulotni 2 oy davomida bajarishga harakat qiling, shunda, u sizning 
rejangizning ajralmas bir qismiga aylanadi. Ishoning, muvaffaqiyatlaringiz tezda ko’zga 
tashlana boshlaydi. 


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
107
O’zgarishlar dam olish kabi foydalidir. Bu o’zgarish xizmat sohasida katta 
burilish yoki bir haftada uch marta bir soatdan ajratadigan ko’ngil ochar vaqtingiz 
bo’lsin, ular juda foydalidir. Mashg’ulotlarni tanlashda fikrni jamlashga qaratilgan 
topshiriqlar izlashga harakat qiling, lekin bular har kunlik jiddiy ishlaringiz bo’lmasin. 
Ko’p rahbarlar faqat shu sababdan harbiy jang san’ati sportlariga yozilmoqdalar. Agar 
hayolingiz bir soniyaga bo’lsa-da chalg’isa, yoqimsiz darslar tezda o’zlashtirib olinadi. 
Og’riq buyuk ruhlantiruvchidir va har doim shunday bo’lib qoladi.
O'zgarishlar foydalidir
108
Baxt sirining 10 ta asosi:
109
Kamtar va oddiy hayot 
kechirishga intiling.
i. Sermahsul, hayajonli va faol turmush ketidan quving 
ii. Har kunning har daqiqasida foydali mashg’ulotlar bilan band bo’ling 
iii. Tartibli, rejali turmush tarzini yuriting
iv. Yuqori lekin real maqsadlarni o’z oldingizga qo’ying 
v. Ijobiy fikrlang, salbiy fikrlardan uzoq bo’ling
vi. Kichik va ahamiyatsiz muammolarga tashvishlanmang 
vii. Xursandchilik, ko’ngil ochar ishlar uchun ham vaqt ajrating 
viii. Iliq, dilkash va insonlarni cheksiz hurmat qilivchi shaxsni o’zingizda yarating 
ix. Olishdan ko’ra ko’proq bering 
x. Bugungi kun bilan yashashni o’rganing. O’tmish ko’prik ostidagi oqib ketgan 
daryo kabidir. 
-34-


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
110
Charles Van Doren tomonidan yozilgan, “Ilm tarixi” (A History of Knowledge) 
kitobini o’qing. Bu kitobda siz dunyo g’oyalarining xronologik tarixiga duch kelasiz. U 
mutlaq ilm boyliklaridan biri hisoblanadi. Kitobni oling, o’qing va rohatlaning.
Charles Van Doren kitobi
111
Villiam A. Kohen kitobi
112
Jozibadorlik xususiyatlari:
Villiam A. Kohen tomonidan yozilgan, “Yetakchining san’ati” (The Art of the 
Leader) nomli kitobini o’qing. Bu ilhomlantiruvchi, hamda amaliy kitobdir. 
-35-
Kamyob bo’lgan – jozibadorlik (xarizma) sifatini o’zingizda rivojlantiring. 
Quyidagilar yoqimli yetakchining 10 ta xususiyatidir: 
• Qilayotgan ishingizga o’zingizni baxshida eting 
• G’olibdek ko’rining va shunga harakat qiling 
• Yuqori maqsadlarga ega bo’ling, osmongacha yetadigan orzu-istaklaringiz bo’lsin 
• Maqsadlaringiz sari olg’a boring, to’xtab qolmang 
• Har bir vazifangiz uchun qattiq tayyorlaning va ishlang 
• Shaxsingiz atrofida sirlilik yarating 
• Boshqalarga hayrihoh ekanligingizni va ochiq ko’ngilligingizni ko’rsating 
• Ajoyib hazil sohibi bo’ling 
• Kuchli xarakteringiz bilan taniling 
• Bosim ostida silliq va latif harakatlaning (Jon F. Kennedi aytadi: “boshqaruvchi va 
haqiqiy yetakchi o’rtasidagi farq bu – bosim ostidagi bosiqlikdir.”) 


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
-36-
113
Ish, sevgi va hayot o’yinida 
shiddatli va adolatli o’ynang
114
Tinglayotganingizda, 
gapirmang
115
Aristotel gapi
Gapni bo’lish qo’pol odob hisoblanadi. Kuchli g’ayrat bilan tinglang. Shunda, 
siz o ’rgangan bilimlaringizdan mamnun bo’lasiz va sizning maslahatlaringiz ham 
tinglovchilar tomonidan qabul qilinadi.
“Har kim jahldor bo’la oladi – bu juda oson; lekin to’g’ri shaxsdan, to’g’ri darajada, 
to’g’ri vaqtda, to’g’ri maqsadda va to’g’ri yo’lda jahl chiqishi – har kimning ham qo’lidan 
kelmaydigan ish.” 
116
Bilim bu – kuchdir
Bilingki, kimki buyuk muvaffaqiyatlarga erishgan bo’lsa, unga o’zgalardan 
ziyodroq qobiliyat yoki aql kerak bo’lmagan. Kuchli istak va bilim omadni tarqatadi. 
Shuningdek, ko’proq bilish ko’proq muvaffaqiyatdir. Ko’zga ko’ringan rahbarlar 
tog’ning cho’qqisiga yetishish yo’lida o’z uslublarini yaratgan. Mashhur yetakchilarning 
avtobiografiyasini o’qing va ularning odatlarini, ilhom sabablarini va falsafalarini 
o’rganing.


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
-37-
117
Savollarga javob oldindan 
yaratilgan
118
Nonushta paytidagi 
uchrashuvlar
Nonushta paytidagi uchrashuvlarni yo’lga qo’ying. Nonushtani do’stlaringiz va 
biznes hamkorlaringiz bilan qilish kuningizni maroqli boshlash uchun yaxshi yo’ldir, 
hamda ish to’la rejangizda ular bilan aloqa qilish uchun qulay vaqt hisoblanadi.
Barcha savollarga javoblar oldindan yaratilgan. Qanday qilib omma oldida nutq 
so’zlovchi bo’lish, qanday qilib insonlar bilan yaxshi aloqa o’rnatish, qanday qilib 
yaxshi xotirani rivojlantirish – barchasiga kitoblarda javob bor. O’zingizning yuqori 
darajadagi yashirin qobiliyatingizga erishishingiz uchun har kuni mutolaa qilishingiz 
kerak. Lekin, ushbu axborot asrida nima o’qishni ehtiyotkorlik bilan tanlang. Bor 
e’tiboringizni faqat maqsadingizga qarating va orzuingizga yordam beruvchi 
ma’lumotlarni o’qing. Hamma narsani o’rganishga harakat qilmang, chunki boshqa 
qiladigan vazifalaringiz ham bor. Qarang, siz uchun qay biri muhim va qadrli. Har 
kungi tongni ishonchli gazetadagi kunning qiziqarli mavzusini o’qish bilan boshlang. 
Ishonch hosil qilingki, siz o’qiyotgan maqolangiz aniq va keng yoritilgan bo’lsin. 
Misol uchun siz tarix, biznes, Sharq faylasuflari, salomatlik sirlariga oid mavzular 
haqida kitoblar o’qishni xohlarsiz. Unda siz kutubxonaga doimiy borishni odat qiling. 
Hemingveydan tortib Bram Stokkergacha bo’lgan mumtoz adabiyotlardan mutolaa 
qiling. Tarixni o’zingizga do’st biling, chunki uning barcha darslari hozirgi hayotiy 
ko’rinishda, shuningdek, biologiyani yangi maqsadlar uchun o’qing. Kutubxonada 
“muvaffaqiyat” rukni ostidagi kitoblarni qidiring va izlagan adabiyotlaringizdan 
zavqlaning: qiyinchilik yuzidagi buyuklik aks etgan insonlarning ilhomlantiruvchi 
hayot qissalari, jismoniy rivojlanish strategiyalari, aqlan va ma’nan, muvaffaqiyat 
uchun bo’lgan tuganmas kuch kabi mavzular. Shu kabi kitoblarni chuqur o’rganing. 
Har yerda, har vaqt – avtobusda yoki uxlashdan oldin o’qing. O’zingizga shu kitoblar 
orqali ilhomlanishga va ruhlanishga imkon bering.


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
119
Agar siz xonadonda yashasangiz uning yoruqligiga va yaqin atrofda cho’milish havzasi 
borligiga ishonch hosil qiling. Suv havzasi sizga juda muhimdir, chunki vaqtingiz 
ozligiga qaramay doimiy mashqlarni bajarishga imkon beradi. Suzish natijasida siz 
uzoq va sermahsul kuningizdan so’ng yangi tug’ilgandek bo’lasiz. O’zingizni juda 
yaxshi his qilasiz va chaqaloqlardek orom olasiz.
Yoruqlik va cho'milish havzasi
120
Aristotelning gapi
121
“Bugun kechagi kunning 
o’quvchisidir.” – Benjamin Franklin
122
Agar ikkita yo'lni tanlash kerak 
bo'lsa...
“Komillik tinimsiz harakat va takrorlash yo’li bilan qo’lga kiritiladi. Bizda 
komillik hislatlari bo’lgani uchun biz to’g’ri harakat qilmaymiz, balki biz to’g’ri 
harakat qilganimiz uchun komillikka erishamiz. Komillik bu harakat emas, balki 
odatdir.”
-38-
Agar sizda faqat ikkita yo’lni tanlash kerak bo’lsa, har doim mashaqqatliroq yo’lni 
tanlang. O’ylab qilingan tavakkal ish odatda ajoyib natijalarni olib keladi.


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
123
Har kuni shovqin, olomon va tiqilinchdan qoching. Bir necha soatingizni 
yolg’izlikda o’z-o’zingizni kuzating, kitob olamiga sho’ng’ing yoki shunchaki oddiy dam 
olishga sarflang. 
Shovqin, olomon va tiqilinch
124
Diqqat faqat muhim 
maqsadlarda
125
She'r yodlab olishga odatlaning
126
So’zlaringiz yumshoq, 
dalillaringiz qattiq bo’lsin
Yer yuzida boshqa insonlar erishgan muvaffaqiyatlarga siz ham to’g’ri ruhiy 
munosabat, qat’iyat va harakat bilan erisha olasiz. Chegaralangan fikrlar va nimjon 
ruhiy tasavvurlar ongingizdan chiqarilib tashlanishi kerak. Diqqatingiz faqat muhim 
maqsadlarga qaratilishi lozim.
-39-
Chiroyli she’r yodlab olishga odatlaning. Bu faqatgina o’yin-kulgu uchun manba 
emas, balki, aql tizimingizni, ya’ni xotirangizni, diqqatni jamlay olishingizni va aqliy 
moslashuvchanligingizni yuqori darajaga chiqarishga katta yordam beradi.


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
127
Narsalarni o’z holicha qo’yib odatiy havotirlanishingizni yo’qoting va kichik 
anglashilmovchiliklardan xursandchilik bilan chiqib keting. “Bu tezda o’tib ketadi” deb 
o’zingizga takror va takror qaytaring. So’ngra bir varroq qog’oz olib, hayolingizdagi 
barcha havotirlarni qog’ozga tushiring. Buning ustida ma’lum bir vaqtingizni sarflang, 
ko’zga ko’ringan muammolarni ajrating va kuchli hujum qatorini shaklantiring. Bunday 
amaliy usul orqali siz quvvatingizni yemiruvchi salbiy fikrlash odatidan qutulasiz.
Bu tezda o'tib ketadi...
128
O'zgacha bir shaxs
129
Samimiy va e'tiborli inson
O’zingizni keragidan ham ortiq harakat qiluvchi shaxs sifatida taniting. 
O’zgalarga qaraganda ko’proq ishlovchi shaxs bo’ling. O’ziga qo’shimcha vazifalar 
oluvchi va uni muvaffaqiyatli yakunlaydigan shaxs bo’ling. Har doim o’zgalar haqida 
o’ylaydigan va oila a’zolarini asosiy darajaga qo’yadigan shaxs bo’ling. Ish va oilaviy 
hayotni bir maromda ushlab turuvchi ajoyib inson bo’ling. Atrofdagilarni maftun 
etuvchi yoruq yulduzga aylaning.
-40-
Yangi odamlar bilan muomalada samimiy va e’tiborli inson bo’ling. Yangi do’stona
aloqalarni o’rnating. Kichik va yoqimli harakatlarning hayotingizga qandachalik foydasi 
tegishi mumkinligidan hayron bo’lmang. Uchragan har bir shaxsga dunyodagi eng 
muhim insonday muomala qiling. Bu sizga katta muvaffaqiyat keltiradi.


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
130
Agar nimadir izlasangiz, siz uni topasiz. Agar buyuk g’alabalarni kutsangiz, albatta, 
siz unga erishasiz. Serharakat insonlar omadni doim o’ziga jalb qila oladi. Siz kun 
davomida erishishni istagan maqsadingiz sari olg’a yuring. Istaklaringizni kuniga besh 
marotaba qaytaring va siz unga yetishayotganingizni tasavvur qiling. Agar sizning boy 
bo’lish orzuingiz bo’lsa, boy bo’lib yashash qandayligi haqida, yashamoqchi bo’lgan 
uyingiz va haydamoqchi bo’lgan mashinangiz haqida tasavvur qiling. Erishishga to’la 
amin bo’lmaguningizcha niyatingizni qayta va qayta tasavvur qiling. Ishonch hosil 
bo’lgach natija ham keladi. 
Izlasangiz, topasiz
131
Dunyo haqidagi tuyg'ular
132
Do'stlar va yaqinlar uchun xat
Dunyo haqidagi hayrat tuyg’ularingizni rivojlantiring. Tadqiqotchi bo’ling. 
O’zgalar oddiy deb qabul qiladigan narsalardan zavq oling. Ko’chada chalinayotgan 
nay musiqasini to’xtab tinglang. Otangiz sevib o’qigan kitoblarni siz ham mutolaa 
qiling. Bir necha kunga shahardan uzoqqa keting va go’zal tabiat maskanlariga 
tashrif buyuring. O’zingizni qayta jonlantiring va aqliy qobiliyatingiz, tanangiz va 
ruhiyatingizga e’tiborli bo’ling. Chunki bu kabi harakatlar hayotingiz sifatini 
yaxshilaydi.
-41-
Do’stlaringiz va yaqinlaringizning tug’ilgan kunlariga bag’ishlab tabrik xatlari yoki 
shunchaki siz ular bilan doim birga ekanligingizni bildiruvchi xatlar jo’nating. Biz 
hammamiz juda ko’p ish bilan mashg’ulmiz, lekin do’stlarga va oila a’zolariga xat 
jo’natish uchun bir haftada besh daqiqa vaqt topsak, yil ohirida 52 ta xat jo’natgan 
bo’lamiz. Bu munosabatlar uchun ajratilgan kichik sarmoyadir.


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
133
Insonlar bilan suhbatlashganda ularning ismini aytib chaqiring. Insonning ismi 
o’zi uchun juda yoqimli bo’lgan tovushdir.
Ismini aytib chaqiring
134
Musaffo osmonga tikiling
135
Qo'l soatingizni uyda qoldiring
Yarim soat tashqariga chiqib musaffo osmonga tikiling. Tabiat bilan bog'langan 
paytdagi olgan eng oliy hisni tuying. Qat'iy qo'yilgan rejangizdan bugunchalik vos 
kechib, bu kunni ajoyib tarzda o'tkazing. O'rmon kezib, sokin dengiz qo'ynida maroq 
oling. Baliq oviga boring yoki qayiq ijaraga oling. Qat'iy belgilangan tartibingizdan 
voz kechgan holda, ohir oqibat siz ancha tetiklashib, o'zingizni ajoyib his qilish 
baxtiga muyassar bo'lasiz. 
-42-
Bir necha haftada bir marta qo'l soatingizni uyda qoldiring. Bugungi jamiyatda biz 
ko'p marotaba shu matohga muhtojlik hissini sezamiz va shunda u biz bajarayotgan har 
bir ishimizni go'yo qat'iy boshliq kabi belgilab, boshqarib turadi. Kuningizni o'zingiz 
istaganday o'tkazing. Qandaydir navbatdagi majburiyatni amalga oshirish maqsadida 
u yoqdan bu yoqqa yugurish o'rniga ko'nglingizga yaqin olgan insoningiz bilan 
vaqtingizni o'tkazing. Lahzalardan zavq oling va vaqtingizni aslida hech qanday 
ahamiyatga ega bo'lmagan zerikarli ishlarga sarflagandan ko'ra ularga nisbatan 
anchagina muhimroq ishlarga e'tiboringizni qarating. Qisqa qilib aytganda qo'l 
soatingizni yo'qotib hayot mazmunini his qiling.


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
136
Ishxonada ko’p tabassum qiling 
va ijobiy hodim bo'lib taniling
137
Fikrlaringizni boshqaring
138
Qarama-qarshi fikrlashning 
kuchiga ishoning
Har bir fikr aqliy tasavvurning o'sishiga turtki bo'ladi. Aqliy tasavvur esa 
doimiy ruhiy odatni shakllantiradi. Odat esa xarakterga olib keladi. Fikrlaringizni 
boshqarsangiz, aqlingizni boshqarasiz; aqlingizni boshqarsangiz, hayotingizni 
boshqarasiz; hayotingizni boshqarsangiz, taqdiringizni boshqarsangiz.
-43-
Bu oddiy usul salbiy hayollar ongingizga kelishi bilan ularni ijobiy fikrlar bilan 
almashtirishdan iboratdir. Misol qilib olaylik: dam olish kunlari siz "shunday maroqli 
dam olish kunidan keyin ertaga ishga bormasam" deb o'ylashingiz mumkin. Bunday 
salbiy hayol ongingizga o'rnashib olmasidan ijobiy boshqa bir o'y orqali uni 
hayolingizdan chiqarib tashlang. Masalan, siz "men bir haftadan so'ng ega bo'ladigan 
tajribam va natijalarimning ajoyib hissini va foydali bo'lgan loyihalarni beradigan 
ishxonamga qaytib borishni shuncha vaqt kutib o'tirishga sabrim yetmaydi" deb 
o'ylashingiz mumkin. So’ngra, ish tanlashda qanchalar omadli ekaningiz va o'z qobiliyat 
va kuchingiz orqali ko’tarilishingiz mumkinligi haqida o'ylang. Varoq olib, unga 
mansabingizdagi barcha ijobiy taraflarni yozing va ularni takror va takror qaytaring. 
Tez orada salbiy hayollar yo'qolib siz kelgusi ish haftasini eng yoqimli his bo'lmish 
ishtiyoq bilan kutasiz.


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
139
O'z-o'zini kuzatish odatini 
chuqurlashtiring. 
140
Yuqori tartibda rivojlangan 
soatlar
Yuqori tartibda rivojlangan, eng foydali va samarali soatlardan biri o'zimizning ong 
ostimizda yotadi. Agar bunga shubha qilayotgan bo'lsangiz, quyidagilarni o'zingizda 
sinab ko'ring: 
1. Uyquga yotishdan avval yengil stolda 10 daqiqa o'tiring. 
2. Ko'zlaringizni yumib, qo'llaringizni bo'sh qo'ygan holda tizzalaringiz ustiga 
qo'ying. 
3. Bir necha daqiqa chuqur nafas oling (beshgacha sanab nafas oling va o'ngacha 
sanab nafas chiqaring). 
4. Quyidagi gapni ichingizda taxminan 20 marotaba qaytaring: "men istalgan paytda 
sergak, ogoh va g’ayratga to’lgan holda uyg’onaman". Bu jumla xohish va his tuyg'u 
bilan aytilishi kerak. So'ngra o'zingiz istagan vaqtda uyg'onayotganingizni (holat iloji 
boricha aniq tasvirlangan bo'lsin, sur’at kabi bo'lsa yanada yaxshi) va o'zingizni 
naqadar ajoyib his qilishingizni tasavvur qiling. Qisqa muddatli mashqlardan so’ng 
siz o'zingiz istagan vaqtda uyg’ona boshlaysiz.
-44-
Ben Franklin bu usulni shaxsiy samaradorlikka erishishning eng muhim qismi 
deb ta'kidlab o'tgan. Uyqudan oldin 10 daqiqa o’zingizni imtihon qilishga 
sarflang. Qilgan hayrli ishlaringiz hamda o’zgartirish lozim bo’lgan salbiy 
harakatlaringiz haqida fikr yuriting. Muvaffaqiyatli insonlar qolganlarga 
qaraganda ko’proq mushohada qiladilar. Kunlik taftish tez orada yomon 
odatlarni yo’qotishga va miyangizni charhlashga yordam beradi.


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
141
. “Ba'zi insonlar borliqni qanday bo'lsa shundayligicha qabul qilib, "nega shunday?" 
deya savol berishsa, men esa unda mavjud bo'lmagan narsalar haqida o'ylab "nega 
mumkin emas?" deb o'ylayman.” 
Jorj Bernard Shov gapi
142
Ongingizdagi jarayonlar 
tekkisligi
Ongingizdagi jarayonlar bir tekisda (osuda) bo'lishini ta'minlash uchun quyidagi 
amallarni bajaring: 
1. Tinch, osuda joyga kirishingiz bilan ruhingiz huddi istalgan joyga (jarayonga) 
kirgandek bo'lib odatlanishi uchun siz har kuni bir xil joyda, bir xil vaqt ichida 
meditatsiya qilishni mashq qilishingiz kerak. 
2. Erta tong meditatsiya qilishingiz uchun eng maqbul paytdir. Hindistonlik yoga 
bilan shug'ullanuvchilar quyosh chiqishidan oldingi vaqtni eng mo'jizaviy vaqt deb 
bilib, unda haqiqiy tinchlikka erishish mumkin deya ishonganlar. 
3. Boshlashingizdan avval, o'zingizni ba'zi jumlalardan aytib tinchlantiring, masalan: 
"e’tiborim bir joyga jamlangan va juda ham tinch holatdaman". 
4. Agar fikrlar kelishni boshlasa ularni haydab chiqarishga shoshilmang aksincha, 
ongingizga kirishga va osmondagi bulutlar kabi suzib o’tib ketishga ruhsat bering. 
Ongingizni go’yo birorta ham to’lqin bo’lmagan tinch ko’l deb tasavvur qiling.
5. Boshlanishiga 10 daqiqa shunday o’tiring, so'ngra bu muddatni sekin asta oshirish 
orqali mashq vaqtini uzaytiring. Bir yoki ikki oy o'tib, siz salbiy bosim ostidagi o'y 
hayollar ta'siriga tushmaysiz va avvallari his etmagan tinchlik tuyg'usini tuyasiz. 
-45-


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
143
Bu sog'lom va omadli kelajakning kalitidir. Anchadan beri siz bilan 
gaplashishga vaqt topa olmayotgan yaqiningizga qo'ng'iroq qilish yoki eski 
do'stlaringizga iliq maktub yo'llash uchun ozgina vaqtingizni ayamang. Keyin, o'sha 
do'stlaringizdan keladigan samimiylik va do'stona yaqinlikni tuyasiz va albatta natija 
sizni e'tiborsiz qoldirmaydi. Do'stlik rishtalarini iloji boricha uzoq saqlashga va 
ularning sonini ko'paytirishga va ularga imkon qadar sodiq bo'lishga harakat qiling. Bu 
esa insonlarning juda ko'p qismi qo'ldan boy beradigan hayotning eng buyuk zavqidir. 
Do'stlik aloqalarini o'rnatishga
harakat qiling
144
Klassik-tinchlantiruvchi 
musiqalar
Klassik-tinchlantiruvchi musiqalarini topib, ularni samarali o’tgan ish kunidan 
so'ng tinglang. Mayin musiqalar asabni mustahkamlab, kayfiyatni ko'tarib, ko'ngilni 
ravshanlashtiradi. 
145
Ishtahangizni bo'g'ing
Ko'proq suv ichish orqali ishtahangizni bo’g’ing - kuniga 10 stakandan bo'lsa 
ayni muddao. Bu ichki moddalar almashinuvini yaxshilab, tanani g'uborlardan 
tozalaydi. Bundan tashqari oz iste’mol bilan qorin to’ydiruvchi, uglevodga boy 
mahsulotlar - guruch, kartoshka, pasta kabilar va har xil suyuq ovqatlar tanovvul 
qilishga odatlaning. Siz o'z taomnomangiz haqida qayg'urishingiz lozim. Ya'ni unda 
quvvatingizni oshirib, aqliy faoliyatingizni rivojlantiradigan moddalar bo'lishi kerak. 
-46-


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
146
Barcha narsani o'z vaqtida bajarishga odatlanish muvaffaqqiyat sirlaridandir. 
Punktuallik tartib-intizomni va aniqlikni aks ettiradi. Usiz, eng nazokatli inson ham 
yoqimsizdek ko'rinadi. Vaqtdan ilgari borish yoki kechikishdan qoching. Vaqtingizni 
rejalashtiring, agar belgilangan vaqtdan avval oldinroq yetib borishingiz mumkin 
bo’lsa, bir oz sayr qiling, so'ng o'sha so'ralgan paytga borishga harakat qiling. Bu odat 
bilan siz har yerda har doim qadrlanasiz, hamda shu kunlarda yo’qolib borayotgan bu 
odat tufayli doim iliq qarshi olinasiz.
Vaqtingizni rejalashtiring
147
Telefon siz uchun xizmatkor
Telefon aloqa vositasi siz uchun xizmat qilishi lozim, sizga qo’ng’iroq 
qilayotganlar uchun emas. Agar siz muhim ish bilan band bo'lsangiz, qo'ng'iroqqa 
javob berishingiz shart emas. Shunchaki ozgina kuting yoki kimdir orqali keyinroq 
aloqaga chiqishingizni xabar bering. Bunday to’siqlar tufayli vaqtingiz isrof 
bo’lishiga yo'l qo'ymang, chunki ko'plab qo'ng'iroqlar odatda keraksiz va uzun 
bo'ladi. O’rtacha amerikalik bir fuqaro umrining salkam ikki yilini telefon 
qo'ng'iroqlariga javob qaytarish bilan o'tqazar ekan. Hayotda anchagina maroqli va 
muhim narsalar borku. Qoniqarli va to'laqonli hayotga erisha olishimiz uchun 
qimmatbaho vaqtimizni qadrlashimiz kerak 
148
Kunni yaxshi qarshilang
Har kuni ertalab uyqudan turganda duo o’qing yoki kelayotgan yangi kunda 
erishadigan yangidan-yangi marralaringiz va ijobiy holatlar uchun shukronalik 
bildiring. Bu kun hayotingizdagi eng ajoyib kunlardan biri bo'lib, samimiylik, omad va 
zavq olib kelishiga o'zingizni ishontiring va buni o'zingiz uchun maqsad deb biling. 
Agar siz bunga ishonsangiz, butun borliq uni amalga oshishiga yordam beradi. Har 
kunni umrning eng so’nggi kuni deb yashash, baxtli hayot sirlaridan biridir. 
-47-


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
149
Bu aloqalaringizni kuchaytirib, kamolot pillapoyalarida bir xil qadam 
tashlashingizga, barcha yaxshi va yomon kunlarni va holatlarni yaqin insoningiz bilan 
birga bosib o’tishga sababchi bo'ladi.
Turmush o’rtog’ingizga 
ishonch bildiring
150
O'zingizni yanada ko’proq 
harakat qilishga majbur qiling
Har kuni o'zingizni yanada ko’proq harakat qilishga majbur qiling. Hayot 
o'yinining g'oliblari doimo o'z imkoniyatlari chegarasini kengaytirishga intiladilar. 
O'zingiz qo'rqadigan ishni qiling va bu bilan siz qo'rquvni yengasiz. G'oliblar oddiy 
odamlar yoqtirmaydigan ishlar bilan shug'ullanadilar, hattoki o'zlarida ishtiyoq yoki 
zavqlanish bo'lmasa ham. Xarakter va mardlik shundandir. Nozik taraflaringizni 
kamaytirishga yechim toping. O'zingizdan nari surib qo'ygan ishlarni bajarishga 
harakat qiling. Intizom mushaklaringiz orqali shunday harakatda bo'lingki, kuningiz 
mazmunga, ijobiy natijalarga va quvvatga to'la bo'lsin. 
151
Optimizmsiz hayot
Odatda yuqori darajalarni egallab keladigan shaxslarning ko'pchiligi hayotga 
ijobiy ko’z bilan qaraydilar. Optimizmsiz hayot o'z ma'nosini yo'qotadi va har bir 
qadam tashvishlarga boy bo’ladi. 
-48-


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
152
Bugun, qalam olib, o'zingiz e'zozlaydigan shaxslarning eng yaxshi yettita turli 
xislatlarini qog'ozga tushuring va yotog'ingiz yaqiniga ilib qo'ying. Har kuni ertalab 
uyqudan uyg'onganingizda undagi aynan bitta xislatga e'tiboringizni qaratib, kun 
davomida uni o'zingizda aks ettirishga harakat qiling. Bir oy o'tgandan keyin, bu 
xususiyatlar sizga mahkam joylashadi va ikki oydan so'ng ular to'liq sizniki bo'ladi.
E'zozlaydigan shaxslarning eng 
yaxshi yettita turli xislatlari
153
Xarakteringiz mustahkamligi
Turli tanish yoki notanish shaxslar siz haqingizda turlicha o'ylashadi. Sizni 
tashvishga solishi kerak bo’lgan narsa bu xarakteringizdir. Siz uni nafaqat to'laqonli 
boshqara olasiz balki uni rivojlantirib takomillashtirish uchun kuchingiz va 
bardoshingiz yetadi. Xarakteringiz qanchalik mustahkam va kuchli bo'lsa, ijobiylik 
sizni quvishni boshlaydi. 
154
O'zingizni foydali sharbat bo'lgan 
apelsindek ko'ring
O'zingizni ichining asosiy qismi faqatgina foydali sharbat bo'lgan apelsindek 
ko'ring. Ko'nglingizni, ongingizni muloyimlik, ijobiylik, kuch, g'ayrat va intiluvchanlik 
bilan to'ldiring toki sizdan faqatgina shu xislatlar sizib chiqsin. 
-49-


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
155
Koinot misolida judayam kichik bir zarramiz. Dunyodan ko’z yumganda o’zimiz 
bilan hech narsani olib keta olmaymiz, shuning uchun hayotimizning mazmuni 
boshqalarga xolis xizmat qilish bo’lishi kerak. Shuni yodingizda saqlagan holda har
kuni ertalab uyqudan turganingizda quyidagi jumlani takrorlang: "men bugun 
o'zgalarga xizmat qilib, ular haqida qayg'urib, ularga muloyimlikda mulozamat 
ko'rsataman." Shaxsiy manfaatdan ko’ra o'zgalarga xizmat qilib yashash hayotingizga 
katta o’zgarishlar olib keladi. 
Bizning hayotimiz cheksizlik 
ichidagi qisqa davrdir
156
Ish joyingizda yangilikka 
intiluvchi bo'ling
Bir hafta davomida o’ylab, bajarilayotgan ish jarayonini, hamda ish joyini yanada 
yaxshilash va samaradorligini oshirish uchun boshlig’ingizga o'nta maslahat bering. 
Muammolar yechimini ishtiyoq va g'ayrat bilan topuvchi va ularga qarshi 
kurashuvchi serg'oya xodim bo'lib taniling. 
157
O’z ustingizdan kulishni 
o'rganing
158
Ongingiz derazalarini ochiq 
holda saqlang
-50-


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
159
Ma'lum bir butun kunni "Men" demasdan, boshqalarga e'tiboringizni qaratgan 
holda o'tqazing. Ularni tinglang va bu bilan siz ulardan ko’pgina yangiliklarni 
o'rganasiz va do'st ham orttirasiz.
Ma'lum bir butun kunni 
"Men" demasdan
160
Kunda bir soat vaqtintizni 
jimlikda o'tkazing
Savollarga qisqa va lo'nda javob bering. Aslida biz kun davomida bir xil va
keraksiz bo'lgan narsalar haqida ko'p suhbatlashamiz. Bu qadimiy sharq usuli esa 
madaniyatning asosiy qismi bo'lgan so'zlashuv uslubingizni to'g'irlab, uni aniq va 
ravon bo'lishiga ko'maklashadi, hamda irodangizni mustahkamlaydi. 
Bu oyoq kiyimni tozalash yoki siz orqaga surib kelayotgan hisobotni tayyorlash 
bo’lishi mumkin. Qanday mayda ish bo'lmasin, ularni bajaring. Yaqin orada bu ishlar 
sizga unchalik yomon bo'lib ko'rinmaydi va bu orqali irodangiz mustahkam bo’ladi, 
unumdorligingiz oshadi.
161
Har kuni siz yoqtirmaydigan 
ikkita ishni bajaring
-51-


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
Fransiya hukmdori Napoleon III da har bir uchrashgan notanish insonning ismini 
eslab qolish uchun maxsus odat bo'lgan. U har doim tanishayotganida ikki uch 
marotaba suhbatdoshining ismini so'ragan va ismlar uzunroq bo'ladigan bo'lsa 
ularning talaffuzini ham ayttirgan. Bu esa ismni takrorlanaverganidan xotiraga 
joylashishini ta'minlagan. 
163
Notanish insonning ismini eslab 
qolish uchun maxsus odat
Xitoylik donishmandlar ming yillar davomida asosiy hayot falsafasini saqlab 
keladilar: kuchli ruhiyat, odob va to'g'rilik. Bu uch sifat orqali barcha hurmat 
qiladigan kuchli shaxsga aylanasiz. Quvvatingiz va e'tiboringizni shu sifatlarni 
egallashga qarating. 
164
Ming yillar davomidagi asosiy 
hayot falsafasi
-52-
Haqiqiy baxtni siz ozru-maqsadlaringiz (ular qanday bo'lishidan qat'iy nazar - 
shaxsiy, umumiy, kasbga oid va h.k.) ro'yobga oshganida his qilasiz. Orzularingiz sari 
yaqinlashayotganingizni sezganingizda o'zingizda cheksiz g'ayrat va quvvatni 
sezasiz. Vaqtinchalik zavq beradigan mashg'ulotlar (masalan televizor ko'rish, 
ijtimoiy tarmoqlar) vaqtni isrof qilish demakdir. Dam olish zarur, ammo eng to’g’ri 
hordiq chiqarish yo’llarini toping va vaqtingizni maqsadingiz sari boshlaydigan 
ishlarga sarflang. Baxt harakatdan yaraladi, uyqudan emas. 
162
Eng to’g’ri hordiq chiqarish 
yo’llarini toping


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
Ish va oilangizdan tashqari shaxsiy rivojlanishingizga ham alohida e'tibor 
qarating va alohida vaqt ajrating. Ba'zilar uchun ertalab uyi yaqinidagi o'yin 
o'ynayotgan bolalarni tahminan bir soat tomosha qilish yoki tashqarida sayr qilish 
erish tuyuladi, biroq, bu ketgan vaqt ancha samara beradi. Agar siz yaxshilikni his 
qilmasangiz uni boshqalarga ham bera olmaysiz. Qachonki siz sofdil, xursand va 
jo'shqin bo'lsangiz shundagina yaratuvchan, serg'ayrat va faol bo'la olasiz. Bu 
vaqtlar o’sha sinalgan va hozirgi kunda ham qo'llanilib keladigan usuldir. 
166
Shaxsiy rivojlanishingizga ham 
alohida e'tibor qarating
167
Ko'proq o'qing, o'rganing, 
tabassum qiling va mehr 
bering
-53-
Yuqori cho'qqilarni zabt etishingizga xalaqit beruvchi salbiy va o'z-o'zini 
chegaralab qo'yadigan hayollardan xalos bo’lishning noyob usullaridan biri bu aqliy 
chalg'itish moslamasidir. Salbiy hayollar kelganda, uning salbiyligini his etgan holda 
o'zingizni chalg'itib uni ijobiysiga almashtiring. Bu holatda siz o'zingizga: "bu salbiy 
hayollarning meni yengishga kuchi yetmaydi." deb yoki o'sha hayollardan sizni xalos 
eta oladigan boshqa vaziyatga diqqatingizni qaratgan holda ulardan halos bo'ling. 
Bu bilan siz ko'pchilikni bezovta qiluvchi bunday hayollardan holi bo'lasiz va 
ichingizda g'oliblik hissini sezasiz. 
165
O'z-o'zini chegaralab qo'yadigan 
hayollardan xalos bo’lish


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
Vinsent Pealening "Ijobiy fikrlash kuchi" (The Power of Positive Thinking) nomli 
oltita diskini sotib olib takror va takror eshiting. U uzoq, baxtli, samarali, hamda 
qoniqarli hayot kechirish uchun yaratilgan usullar majmuidan iborat 
169
Duo va e’tiqodning ulkan 
kuchini yodingizda saqlang
170
Vinsent Pealening disklari
Hayotingizni tartibga solish, kerakli uchrashuvlar vaqtini eslatib turish, hamda 
rejalaringiz bir tekisda ketishi uchun maxsus cho'ntak kundalik daftarchasini xarid 
qiling. Ular unchalik qimmat emas. 
171
Maxsus cho'ntak kundalik 
daftarchasi
-4-
Kelayotgan olti oy ichida siz munosabatlarni yaxshilamoqchi bo’lgan 5 ta 
shaxsni tanlang. Ularning ismini yozib aynan nima uchun shu shaxslar bilan 
munosabatingizni yaxshilamoqchi ekanligingizni, qanday va qaysi vaqt oralig'ida 
buni amalga oshirishingizni ham yozing. Bu usul ancha samarali hisoblanib, 
hayotingizning istalgan qismida, istalgan sohada sizga yaxshi natija bera oladi. 
Masalan, yaxshi ota yoki ona, do'st yoki fuqaro bo’lishga intiling. Yaqin 
insonlaringizga hurmat va minnatdorchiligingizni bildirishda faol bo'ling. Virtual 
aloqada bo'lish yaxshi biroq, sevimli insoningiz bilan shahar tashqarisiga sayrga 
chiqish yoki qadrdon do'stingiz bilan baliq oviga borish yoqimliroqdir. 
168
Munosabatlarni yaxshilamoqchi 
bo’lgan 5 ta shaxs


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
173
M.Bristolning asari
174
Kuchli aql, qaynoq yurak, 
hamda ajoyib xarakter egasi 
bo'lib taniling. 
Sizni unutishmaydi
-4-
Tez-tez eski kitob rastalaridan yo'qolib borayotgan xarakter shakllanishiga oid 
kitoblar qidiring. Ulardan siz qadimiy donishmandlarning vaqt boshqaruvi, sog'liq, 
shaxsiy rivojlanish va boshqa muhim masalalar haqidagi fikrlarini topasiz. Bunday 
eski yozuvlar asrlar osha mavjud bo'lgan va har bir yosh avlod uchun foydali bo'lib 
xizmat qilgan. 
172
Xarakter shakllanishiga oid 
kitoblar qidiring
M.Bristolning "Ishonch mo'jizasi" (The Magic of Believing) asarini o'qib chiqing. 
Siz o'zingizda tasavvuringizga sig'maydigan darajada kuch mavjudligini bilib olasiz.


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
176
Uyingizni chiroyli va yoqimli 
bo'lgan gullar, ajoyib musiqa, 
tabassum va xursandchilik bilan 
to'ldiring.
177
Qo'shnilar bilan yaqin bo'ling. 
Ular bilan hayot yanada 
mazmunli, va siz kutmagan 
paytlaringizda sizga yordam 
berishlari mumkin.
-4-
O'zgalar uchun yaxshilik qilish har doim e'tiqodning cho’qqisi deb sanalgan. 168 
soatdan iborat bo'lgan har haftada ozgina vaqtingizni kimgadir yaxshilik qilish bilan 
o'tkazing. Ko'pchilikning aytishicha, bu bilan o'sha insonlarning hayotidan joy 
egallashingiz mumkin ekan. Qariyalar va yosh bolalardan vaqtingizni ayamang. 
Jamoaviy suhbatlarda hayotda orttirgan tajribalaringizni bo'lishishga harakat qiling. 
Qandaydir harakatingiz bilan o'zgalarda iliq xotira qoldiring. 
175
Ozgina vaqtingizni kimgadir 
yaxshilik qilish bilan o'tkazing


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
178
Hind donishmandlari hotirjam, samarali va e'tiborli hayot kechirish maqsadida 
4000 yillardan beri ushbu usuldan foydalanadi. Ruhiyatni kuchaytirish maqsadida har 
kuni takrorlab turish uchun o'zingizning shaxsiy hayot shioringizni yarating.
Takroriy so'z yoki shior 
ham alohida kuchga ega.
179
Nafas sokin va kuchli bo’lsa, ong 
ham shunday bo’ladi.
180
Quyidagi usuldan doimo 
foydalaning
-57-
Tinch joyda o'tirib, o'zingizni Yerda yana bir kungina vaqtingiz borligina tasavvur 
qiling. Kimga qo’ng’iroq qilar edingiz, unga nima der edingiz, nima ishlar qilar edingiz? 
Bu kabi savollar haqida o’ylab turish sizga qanday muhim ishlaringiz qolganligini 
eslatib turadi. 
181
Kuchli xarakter sifatlari:
- fikrlash va muomalaning aniq va ravonligi; 
- nazokatli va yumshoq odatlar; 
- o'z-o'zini baholash odati va uning kuchi; 
- shaxs rivojlanishi kuchi; 
- orzu-maqsadlarga erishish kuchi. 


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
182
"Yoshlik vaqt bilan emas balki ongning holati bilan o’lchanadi. Inson o’z 
ideallaridan vos kechgandagini qariydi. Yuzga yillar, ko'ngilga esa g’ayratdan vos 
kechish ajin tushiradi... Siz o'z shubhalaringiz, qo'rquvingiz, tushkunlik va 
noumidligingiz tufayli qariysiz. Yosh bo’lib qolish uchun, birinchi navbatda, 
e'tiqodingizni, o'zingizga bo'lgan ishonchni va umidingizni yoshartirishingiz lozim."
Doktor F.Felan gapi
183
Xitoy shifobaxsh 
giyohlarining davosi va sharq 
tabobat olamini o'rganing
184
Hayotingiz davomida birinchi 
navbatda qilinishi kerak bo'lgan 
muhim ishlarga vaqtingizni 
sarflang. 
-58-


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
185
Bu mukammallashgan asrda, biz natijadan qat'iy nazar, shiddatli tarzda harakat 
qilamiz. Lekin siz, o'zingiz uchun nima to'liq muhimligini bilgan holda qalb sokinligini 
yaratib beruvchi faoliyatlar bilan shug'ullaning. Ko'm-ko'k osmonga qaragan holda 
yarim soat maysada yoting - boshlanishiga kutganingizdek oson bo'lmaydi va ichki 
turtki bunday rohatlanishning ikki-uch daqiqasidan so'ng sizni o'rningizdan turishga 
majbur qiladi. Biroq bir necha bor takrorlanganidan so'ng bu usul hayotingizni ma'lum 
bir qolipga sola olishingizga, hamda undagi boshqa jarayonlar natijaviy va huzur- 
halovat bilan davom etishiga ko'maklashadi.
Hayotingiz shiddatini biroz 
sekinlashtiring
186
Turli xil mevalar va sut 
iste'mol qilish
Kun bo'yi turli xil mevalar va sut iste'mol qilishga odatlaning. Sharq 
mamlakatlarining omad strategiyalaridan biri parxez(yoki ro'za) hisoblanib, aqliy 
rivoj va tana sog'lomligiga erishish uchun millionlab shaxslar undan foydalanishadi. 
Bu usulni takrorlasangiz, bir necha haftadan keyin, siz quvvat miqdoringiz oshganini 
hamda qadamingiz tobora yengillashayotganini sezasiz. Og'ir ovqatlar hazm bo'lish 
jarayonida boshqa maqsadlarga sarflanishi mumkin bo'lgan ko'plab energiyani talab 
qiladi.
187
Juftingizning tabassumini 
qadrlang
Yoqimli hislar tuyishingiz va ilhom olishingiz uchun juftingizning tabassumini 
qadrlang, hamda o'sha insonning sur’atini ish stolingiz yaqiniga o'rnating. 
-59-


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
-60-
188
To'y kuningiz sanasi yoki 
ismlaringiz bosh harflari
189
Ong bog' kabidir, nima 
eksangiz shuni o'rasiz
190
O'tirib turish mashqi
Siz unga qancha mehr bersangiz, u shuncha gullab yashnaydi. Agar siz unda 
yovvoyi o'tlarga joy bersangiz, siz hech qachon o'ylagan natijaga erisha olmaysiz. 
Shuning uchun zo'ravonlik tasvirlangan filmlardan, saviyasi past asarlardan va 
boshqa salbiy unsurlar ta'siridan uzoqroq yuring. Mukammallikka intiluvchilar doimo 
o'z ong bog'larini salbiy hayollardan puxta himoya qiladilar.
Kuniga ko'p martalab o'tirib turish mashqini odat qiling va iloji boricha uni 
tashlab qo'ymang. Baquvvat qorin mushaklari sog'lom turmush tarzida juda katta 
ahamiyatga ega va o’zingizga ishonch, hamda qomatingiz chiroyli bo’lishiga yordam 
beradi. 
Agar turmush qurgan bo’lsangiz, turmush o'rtog'ingiz va o'zingizning nikoh uzuklaring
ichki qismiga to'y kuningiz sanasi yoki ismlaringiz bosh harflarini o’yib yozdiring. Bu 
nafaqat uzuklarning yo'qolishida yordam beradi, balki kelasi avlodlarga esdalik bo’lib
qoladi.


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
191
O'zingiz bilgan eng halol va 
vijdonli inson bo'ling. O'zgalar 
ishonchiga munosib bo'ling.
192
Moddiy istaklaringizni 
chegaralasangiz irodangiz 
kuchayadi
193
Agar bugun quvonib kulmagan 
bo'lsangiz demak bugun siz 
yashamagansiz.
Moddiy xohish yo'lidan ketgan shaxs o'sha boyligidan ayrilgan payt qiyinchilik va 
baxtsizlikka uchraydi. Aqlli insonlar boyliklardan foydalanishadi lekin hech qachon 
ularga qaram bo'lishmaydi. Oddiy yashashni biling. Hayotni soddalashtirish uchun 
esa televizoringizni sotishingiz, ortiqcha internet-telefon yozishuvlarini bas 
qilishingiz, kamroq xarajat qilishingiz, mashinangizni sotishingiz, yoga bilan 
mashg'ul bo'lishingiz, har kuni ertalab meditatsiya qilishingiz va ma'lum bir vaqtga 
uyali telefoningizni o'chirib turishingiz kerak.
-61-
Qattiqroq va balandroq kulishni o'rganing. Vilyam Jeyms aytgan ekan: "Biz baxtli 
ekanimiz uchun kulmaymiz, biz kulganimiz uchun baxtlimiz."


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
194
Roberd Richerdson va Katerina Tayerlar yozib qoldirgan "Tabiiy rahbarlik qilish 
qobiliyatini shakllantirish" (The Charisma Factor - How to Develop Your Natural
Leadership Ability) asarini o'qib chiqing.
Roberd Richerdson va 
Katerina Tayerlar asari
195
Ko'p sayohat qiling.
196
Har oy jismoniy tarbiya 
Yangi joylarga borish va u yerdagi holatlarni o'rganish biz oddiy deb qabul 
qilgan narsalar qadriga yetishni o’rgatadi.
-62-
Har oy jismoniy tarbiya bilan bog’liq maqsadni o’z oldingizga qo’ying. Iyul oyi 
suzishga borsangiz, Yanvar oyi chang’ida uchishni o'rganing. Maqsadni, unga erishish 
yo’lini va vaqtini belgilang, va NIKE reklamasida aytilganiday: “Uni bajaring va tamom” 
(Just Do It).
197
Narsalar har doim ikki marta 
yaratiladi
Jismoniy yaratilishdan avval albatta ular aqlan yaratiladi. Uy yaratilishi (qurilishi)dan 
avval, aqlan o'ylab qog'ozga maketi chizilgani kabi, kundalik qilinishi kerak bo'lgan 
ishlaringiz ham kun boshlanishidan oldin rejalashtirgan holda erta tongdan tartibga 
solinishi kerak. Hayot olib kelishi mumkin bo'lgan mo'jizalarni tasavvur qiling va 
ongingiz maqsadlaringizni o'ylashni boshlashi bilan ular ishga tushib, o'ylaganingizni 
ro'yobga chiqarsa ne ajab. Bu tabiat qonuning kuchi bo'ladi.


Biznes 
Hamroh
bizham.uz
t.me/bizham
198
Ishga piyoda yurib boring. 
Tabiat go'zalligiga e’tibor 
bering
199
Kam uxlang, kam sarflang, 
ko'p bajaring, uzoq yashang va 
buyuklikka erishing
200
Bu kitobni qayta-qayta o'qing 
va boshqalarga ham 
ulashing!
-4-
--Tamom--

Yüklə 322,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin