Parazitlarga qarshi kurash
Rollarda:
1-ishtirokchi:Jigar qurti
2-ishtirokchi:Qoramol tasmasimoni
3-ishtirokchi:Odam askaridasi
4-ishtirokchi:Exinakokk
5-ishtirokchi:Bo’rtma nematoda
1-ishtirokchi:Jigar qurti:Men jigar qurti bo’laman mittigina chuvalchangman,bor yo’g’I 3-4 sm kattalikdaman.Lekin shunday bo’lsa ham juda katta kuchga egaman. Odamni qonini so’rib maza qilaman, qon nima bo’lipti o’t suyuqligini ham so’raman. Meni odam iflos suvdan yuqtiradi ,suvda ham tinch o’tirmayman:suv shillig’I degan hayvonchani ham yeb nobud qilaman.Men ana shunday mitti lekin qudratli mavjudotman.
Bolalar mening lichinkalarim haqida bilasizlarmi?
2-ishtirokchi:Qoramol tasmasimoni:Ey, mittivoy buncha maqtanmasang! Meni qoramol tasmasimoni deb qo’yishipti,sen mitti bo’lsang men juda uzunman 8-10 m gacha uzunlikdaman. Sen suvda yashayman deysan, qon so’raman deysan ,kerak bo’lsa men harakat qilmasdan odam ichagida yashayman, ovqatimni ham odamning o’zi menga tayyorlab beradi, men yutsam bo’ldi.Odam meni finnam orqali go’shtdan yuqtiradi, maza qilib go’sht yeyapman deb o’ylaydiyu chala pishirilgan go’sht bilan meni ham qo’shib yeyayotganini bilmaydi.Ana shunaqa!!!
Bolalar meninig jinsiy sistemam juda kuchli bu haqida bilasizmi?
3-ishtirokchi:Odam askaridasi:Ana xolos! Bularni o’zicha maqtanchoqlik qilishini qarang, bilishmaydiki o’zlaridan yuz karra qudratli mendek bir hayvon borligini . Meni odam askaridasi deyishadi , agar anglagan bo’lsangiz nomim aytib turibdi men faqat odamda parazitlik qilaman.Sizlar Biring suv shillig’I biring qoramolda parazitlik qilib yurganlaringda 24000 tagacha tuxum qo’yib bo’lgan bo’laman.Mening hazm qilishim , nerv va jinsiy sistemalarim ham siznikidan mukammal.Borib so’rab ko’ringlar odam mening nomimni juda yaxshi biladi va mendan hayiqadi.Chunki odamga ko’plab ziyon keltirib uni ko’p qiynayman.
Meni odamga qanday zarar yetkazishimni bilasizmi?
4-ishtirokchi:Exinakokk:Mening nomimni esa exinakokk deyishadi,uzunligim 0,3-0,6 sm.Ortiqcha maqtanmasdan bor gapni aytib qo’ya qolaman , chunki mening qudratimni ko’chadagi itlardan tortib odamgacha hamma biladi.Ana u mittiman deb maqtangan jigar qurtidan ham ancha mittiman ko’rib turganingizdek.Ana u qoramol tasmasimoni bilan qarindoshligimiz bor,so’rg’ichlarimiz soni ham bir xil 4 ta, lekin u bechora shuncha bo’yi bilan men qilgan ishni yarmini ham eplolmaydi.Meni finnamni kattaligi hattoki chaqaloq boshidek keladi.It va yirtqich hayvonlar mening asosiy xo’jayinlarimdir.Odam iti siypalaydi u bilan o’ynaydi va meni yuqtirib oladi.O’zi yirtqich hayvonlarda parazitlik qilishimdan ham qudratimni bilsangiz bo’ladi.
Men qaysi tip va sinfga kirishimni bilasizmi? Tuzilishimnichi?
5-ishtirokchi:Bo’rtma nematode:Men bo’rtma nematodaman Gijja va odam askaridasiga qarindoshligim bor,lekin men odamda parazitlik qilmayman,o’simliklarda parazitlik qilaman. Chunki odam o’zini himoya qilishni biladi o’simliklar esa yo’q. Men o’simliklar ildizida shish paydo qilib ularning xosildorligini kamaytirib yuboraman.Odam pishsa maza qilib yeyman degan qovun , bodring,kartoshkani zararlayman,kanop bilan g’o’zani ham tinch qo’ymayman.
Men qaysi oila vakillarini zararlashimni bilasizmi?
Shu payt bu tortishuvni eshitgan shifokorlar,fermerlar va seleksionerlar kirib keladi.Ularni ko’rgan parazitlar dag’-dag’ titrab qocha boshlashadi.
Kirib kelganlar bolalarga bu parazitlarni yuqishini oldini olish, yuqtirganda qanday chora ko’rish va bu borada olimlarning qilgan ishlarini aytib berishadi.
Bolalar qo’lida quyidagi rasmlarni ushlab turishadi
1-ishtirokchi
2-ishtirokchi
3-ishtirokchi
4-ishtirokchi
5-ishtirokchi
Dostları ilə paylaş: |