Nuriddinov Rajabmirzo O\'zbekiston maydoni,chegara va tuzilma pptx
O‘zbekiston Respublikasining geografik o‘rni, chegaralari, ma’muriy-hududiy bo‘linishi
Kurs ishi rahbari: Mirzayeva I.E.
Bajardi: Nuriddinov R.M.
4 Geografik o’rin va uning tavsifi
1 2 3 Mamlakatimizning tabiiy va siyosiy geografik o’rni
O’zbekiston Respublikasining davlat chegaralari va u bilan bog’liq muammolar
O’zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy bo’linishining o’ziga xos jihatlari
Mundarija
Kirish
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ilovalar
Geografiya tarixidan ma’lumki har bir davrning o’ziga xos muhim xususiyatlaridan biri aholining o’z manfaatlari nuqtai nazaridan qulay tabiiy sharoit iqtisodiy rivojlangan, tinchlik hukmron bo’lgan hududlarda istiqomat qilishi shu bilan birga yashayotgan mamlakatiga ham ma’lum darajada foyda keltirishi bo’lgan. Aholining ko’payishiva butun yer yuzida tarqalishi, bora-bora joy tanqisligining vujudga kelishi natijasida kelib chiqqan nizolarshuningdek, har bir hududning siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy mustaqilligini e’lon qilish uchun, uning geografik o’rni, tarixan rivojlanganlik xususiyatidan kelib chiqib, o’z chegaralarini belgilab olishi, ramzlariga ega bo’lishi davlat degan tushunchaning kelib chiqishiga sabab bo’ldi.
Demak, hududning o’ziga xos geografik o’rni, chegaralari, ramzlari uni davlat shakliga keltirgan bo’lsa, keyinchalik har bir davlatning ham ma’lum shart-sharoitlaridan masalan, qadimdan yashab kelayotgan aholi, tabiatning muhim ob’ekti joylashganligi ya’ni o’sha hudud uchun ahamiyati yuqori bo’lgan tabiat komponenti mavjudligi, tarixan shakllanganligi va o’z chegaralariga ega bo’lishidan kelib chiqib ma’muriy-hududiy bo’linishiga olib kelgan.
Kirish
Rus geograf-mamlakatshunosi L.V.Smirnyaginning fikricha, zamonaviy dnyoda, geografiyada bo’lgani kabi, joyning o’ziga xos xususiyatlari uning joylashuvi bilan solishtirganda jjuda muhim rol o’ynayd.. Bu esa yuqorida ta’kidlab o’tilgan bir nechta tushunchalar keltirib chiqarishiga sabab bo’ladi nazarimda.
O’zbekiston 1991-yil –sentabrda mustaqilligiga erishganidan so’ng respublikamiz oldida bir qancha muammolarning kelib chiqishi tabiiy edi, jumladan, ayniqsa, Markaziy Osiyo davlatlari uchun har tomonlama ahamiyatli hisoblangan chegara muammosi.Bu borada bugungi kunda o’tmishga nisbatan ancha yengillik paydo bo’ldi xususan, Qirg’iziston bilan chegaralar yuzasidan 85% kelishuvga erishilib bo’lindi. Prezidentimizning Samarqand shahrida bo’lib o’tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo’lidagi hamkorlik” mavzusida gi xalqaro konferensiyada “Biz chegaraoldi muammolarini hal etib, mamlakatlarimiz o’rtasidagi savdo-sotiq va madaniy-gumanitar sohlardagi hamkorlikni yanada kengaytirish yo’lida mustahkam poydevor yaratamiz” deb aytgani yaqin kelajakda bu borada kelishmovchiliklarga barham berishini nazarda tutadi.
Kurs ishi ob’ekti O’zbekiston predmeti uning geografik o’rni, chegaralari, ma’muriy-hududiy tuzlishidir
O`zbekiston Yevrosiyo materigining markazida, geografik o`rni jihatidan hududning ikki yirik daryosi bo`lmish Amudaryo va Sirdaryo oralig`ida joylashgan. Mamlakatimizning shimoliy chekka nuqtasi Ustyurt platosining shimoli-sharqiy qismida, (45°36` shim. kenglik), janubiy chekka nuqtasi Termiz shahrining janubida (37°11` shim. kenglik) joylashgan. Garbiy nuqtasi Ustyurt platosining 56°00` sharqiy uzoqligida, sharqiy nuqtasi Farg`ona vodiysining Qirg`iziston bilan chegaradosh qismida (73°10` sharqiy uzoqlik) joylashgan.
Tabiiy-geografik sharoiti nuqtai-nazaridan oladigan bo`lsak, O`zbekiston qator qulayliklarga ega bo`lgan mintaqalardan hisoblanadi. Respublika maydoni 448,9 ming kv. km. bo`lib u g`arbdan sharqqa 1425 km, shimoldan janubga 930 km masofaga cho`zilgan. O`zbekiston o`z maydoniga ko`ra Yevropaning Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, Shveytsariya, Avstriya kabi mamlakatlar maydonini qo`shib hisoblaganda ham ulardan kattalik qiladi.
O`zbekistonning geografik o`rni haqida gapirishdan oldin, iqtisodiy geografik o`rin (IGO`) nima ekanligini bilib olishimiz kerak. Iqtisodiy geografik o`rin—iqtisodiy geografiya fanining asosiy tushunchalaridan biri (uning «kalitidir») bo`lib, uni yaxshi tahlil qila olish o`rganilayotgan ob`yektning nima uchun xuddi shu yerda joylashganligi, hozirgi holatiga qanday erishganligi hamda uning kelajagi to`g`risida mukammal va to`la ma`lumot beradi. Bu tushuncha uchun eng avvalo ob`yekt qayerda joylashganligi, (o`rni), uning boshqa qo`shni ob`yektlar bilan qanday munosabatda ekanligi muhim ahamiyatga ega. Shu naqtai nazardan iqtisodiy geografik o`rin iqtisodiy geografik bilimning o`ziga xos usulidir.