Rossiya imperiyasining turkiston o’lkasini bosib olishi va mahalliy aholining unga qarshi olib borgan kurashi


Turkiston xalqlarining mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakatlari



Yüklə 50 Kb.
səhifə3/4
tarix08.02.2023
ölçüsü50 Kb.
#83490
1   2   3   4
2 5246885967536588680

3.Turkiston xalqlarining mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakatlari.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistondagi tarixiy shart-sharoit, musamlakachilikning “rus modeli” oʻlka xalqlarini jaholatda, savodsizlikda, qashshoqlikda ushlab turish siyosatining maqsadini aniqlang. Turkiston bosib olingach, bu yerga mansab istaganlar, ishyoqmas har hil odamlar, hatto jinoiy guruhlar ham kirib kelganligi oʻlka xalqlarining ma’naviy hayotiga salbiy ta’sir koʻrsatganligini tahlil qiling.


Mustamlakachilarning oʻlka xalqlarining milliy urf-odatlari, e’tiqodlari va qadr-qimmatini oyoq osti qilishlari, madrasa, vaqf yerlarini yoʻq qiluvchi buyruqlar chiqarib, musulmonlarning juma nomozlarida (xutbada) podshohning nomini oʻqish toʻgʻrisida koʻrsatma berishi hamda mahalliy xalqni tahqirlab ularni har bir rus amaldoriga ta’zim qilishga majburlaganliklari, hatto koʻchada kim ruslarga bukilib ta’zim bermaydigan boʻlsa, uni urib kaltaklashdek gʻayriinsoniy harakatlari Poʻlatxon, Yetimxon, Darveshxon, Bobo Gʻoʻklan, Dukchi eshon qoʻzgʻolonlari va “Vabo isyoni” kabi mustamlakachilikka qarshi ozodlik kurashlariga sabab boʻlganligini tarixiy faktlar orqali asoslab bering.
Rossiya imperiyasi Turkistonni bosib olgandan soʻng to 1917-yilgacha Fargʻona, Samarqand, Sirdaryo, Yettisuv viloyatlarida 4922 marta har xil isyonlar koʻtarilganligi mohiyatini koʻrsating.
Namoz Primqulov harakati, Birinchi jahon urushi munosabati bilan mardikorlikka olish tadbiridagi mustamlakachi ma’murlarning gʻayriqonuniy harakatlari tufayli kelib chiqqan 1916-yilgi xalq qoʻzgʻolonlari sabablari va oqibatlarini ochib bering.


4.Turkistonda jadidchilik harakati.
XIX asr oxoro XX asr boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Jadidchilik harakatining yuzaga kelishi.Turkiston jadidlari ilgari surgan gʻoyalar va qarashlar hamda ularning progressiv ahamiyati.Jadidlarning oʻlka xalqlari orasida olib borgan madaniy oqartuvchilik faoliyati.Jadid namoyondalarining Turkistondagi demokratik va milliy istiqlolchilik harakatlariga koʻrsatgan muhim ta’siri. Jadidlar xonliklar davrida ham, Chor hukumati mustamlakachiligi davrida ham va nihoyat sovet tuzumi davrida ham quvgʻun ostida olinganligini yoriting.



Yüklə 50 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin