Tovar omborga kelib tushguniga QADAR yaratish kerak.Agar Siz buyurtmani tovar kelib tushgandan so'ng yaratgan bo'lsangiz, to'varingizni qayta ishlash muddatida kechikish bo'lishi ehtimoli mavjud.
Havo transporti orqali brend tovarlarni bitta jo'natmada 2 tadan ko'p bo'lmagan miqdorda (o'xshash yoki har xil) va qonunchilik talablaridan kelib chiqib, shaxsiy ehtiyoj uchun yetkazish mumkin
Omborda holatidagi tovarlardan jo'natma shakllantirish mumkin. Tovarlar oynasida "Omborda" bo'limiga o'ting va jo'natma shakllantirmoqchi bo'lgan tovarlarngizni tanlang. Yuqori paneldagi "Jo'natma yaratish" tugmasini bosing.
Qabul qiluvchi, yetkazib berish turini ko'rsatib, maydonlarni diqqat bilan to'ldiring. Agar kerak bo'lsa, jo'natmani ombordan yuborish sanasi va qo'shimcha qadoqni ko'rsating. Yuborish uchun buyurtmani saqlashdan oldin, Tovar xavfliligi belgisining to'g'riligini, uning qiymati va tovarlar ro'yxatining o'zini tekshiring. Saqlashni bosing.
Tayyor! Jo'natmani yetkazib berish bo'yicha so'rovingiz yaratildi va keyingi reysda ombordan yuboriladi.
Aniqlanmagan tovar
Jo'natmaning trek raqamni o'z vaqtida, ya'ni sotuvchidan trek raqamni olishingiz bilanoq kabinetga kiritish juda muhim. Biroq shunday holatlar bo'ladi-ki, sotuvchi trek raqamni kech taqdim etadi, partiyangizni turli trek raqamlari ostida bir nechta jo'natmalarga ajratadi yoki trek raqamni o'z vaqtida kiritmaganingiz sababli sizning kabinetingizda aniqlanmagan tovar paydo bo'ladi.
Aniqlanmagan tovar - bu omborga tushgan paytda mijoz tomonidan shaxsiy kabinetga kiritilmagan, ammo yetkazib berish manzili yonidagi manzil yorlig'ida mijoz kabinetining raqami ko'rsatilgan tovar. Aynan shu raqam bilan biz aniqlanmagan tovarni biriktiramiz.
Aniqlanmagan jo'natmada qanday tovar borligini bilaman Tovarlar bo'limiga o'ting. Aniqlanmagan tovar maydonida Xabar belgisini bosing.
Jo'natma qo'shish (agar tayyor jo'natmani omborda saqlamasdan va tekshirmasdan darhol jo'natmoqchi bo'lsangiz) yoki Tovar qo'shishni (agar omborda saqlash, tekshirish, keyinchalik boshqa tovarlar bilan birlashtirish yoki bo'lish kerak bo'lsa) tanlang.
Agar sizga ushbu jo'natma kerak emasligini aniq bilsangiz, Rad etishni bosing. Jo'natma zudlik bilan utilizatsiya qilinadi.