Ro’zaliyev Suxrobning


Mavzuning o`rganilish darajasi



Yüklə 389,89 Kb.
səhifə2/11
tarix07.01.2024
ölçüsü389,89 Kb.
#208309
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ro’zaliyev Suxrobning

Mavzuning o`rganilish darajasi. Cho`lpon she`riyati 20-yillardayoq adabiy tanqidchilik diqqat markaziga tushib, keskin adabiy-mafkuraviy bahs munozaralarga sabab bо`lgan bо`lsa-da, uning nasriy ijodi e`tibordan chetda qolib keldi. Agar "Kecha va kunduz" haqidagi kichkinagina informatsiya va "fosh etish" ruhidagi taqrizni aytmasak, adibning nasriy merosini о`rganish, asosan, 1987 yildan keyin boshlandi. Hozirgi о`quvchi Cho`lponning nasriy ijodi haqidagi ilk ma`lumotlarni adib nomini oqlash jarayonida e`lon qilingan materiallardan olish imkoniga ega bо`ldi. "Kecha va kunduz" romani qayta e`lon qilinganidan keyingina adibning nasriy asarlari tahliliga bag`ishlangan bir qator maqolalar e`lon qilindi. Aytish kerakki, Cho`lpon romanining g`oyaviy-badiiy xususiyatlarini umumiy tarzda tahlil qilishga qaratilgan mazkur maqolalarda mavzumizga bevosita aloqador о`rinlar mavjud. Xususan, O.Sharafiddinov va R.Otayev maqolalarida “Kecha va kunduz” romanning syujet-kompozitsion qurilishi, undagi obrazlar tizimi, adibning xarakter yaratish mahoratiga oid mulohazalar bildirilganki, ular fikrga turtki berish jihatidan qimmatlidir. Shuningdek, O.Sharafiddinov va N.Karimovning ilmiy-ommabop risolalarida tahlilga tortilgan nasriy asarlar orqali о`quvchini Cho`lponning badiiyat sirlariga oshno qilishga intilish borligini alohida ta`kidlash joizdir.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi. Ishda Cho`lpon nasriy asarlarining jumladan hikoya, ocherk va roman janrlarining poetikasinitadqiq etish asosiy maqsad qilib olindi.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari.

  • Cho`lponning nasriy asarlari poetikasini aniqlash

  • Yozuvchi hikoyalarining janr xususiyatlarini tadqiq etish

  • Ijodkor yaratgan ocherk janrlarining o`ziga xos kompazitsiyasini aniqlash

  • “Kecha” romanini va uning obrazlarini tahlil qilish

Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi. O`zbek adabiyotshunosligida Cho`lpon ijodi baholi qudrat o`rganilgan. Ammo Cho`lpon nasrining poetikasi to`lig`icha hali o`rganilmagan. Biz ya`na shularni hisobga olib, Cho`lpon nasri poetikasini, ijodkorning yaratgan hikoyalari, ocherklari va romani timsolida tahlilqilishga urindik. Ishimizning yangiligi ana shunda.

Yüklə 389,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin