Ro‘zixon djalilova tasviriy san’at kompozitsiyaning shaxs ma’naviyatidagi o‘rni


Gliptika — qimmatbaho toshga o‘yib tushirilgan tasvir, ba’zida zeb-ziynat va muhr o‘rnida ham ishlatiladi. Gorelef



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə49/70
tarix24.12.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#191725
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70
ka 3 монография 2023 21. lotin

Gliptika — qimmatbaho toshga o‘yib tushirilgan tasvir, ba’zida zeb-ziynat va muhr o‘rnida ham ishlatiladi.
Gorelef — frantsuzcha so‘z bo‘lib, yuqori relef ma’nosini anglatadi. Haykaltaropshikda ishlatiladigan rel’ef atamasining bir turi. Rel’efning bu turida tasvir tekislik yuzasidan uning haqiqiy o‘lchamining yarmidan ko‘p nisbatida ko‘rinishda bo‘rtib chiqqan bo‘ladi.
Gravyura — frantsuzcha so‘z bo‘lib, "o‘yish" ma’nosini bildiradi. Gravyura metall, yog‘och, linoleum, tosh kabi materiallarni maxsus asboblar bilan o‘yish orqali hosil qilinadigan va ulardan qog‘ozga qo‘chiriladigan tasvir turidir.
Gravyor — metall, tosh, yog‘ochga o‘yib tasvir ishlaydigan usta, rassom.
Grifon - qadimgi Sharq san’atida uchraydigan tanasi arslon, kallasi va qanoti burgutsimon afsonaviy maxluq tasviri.
Grizayl — tasvir usuli bo‘lib, birgina bo‘yoq bilan ishlangan tasvir. Bunda ko‘pincha qizg‘ish, qora, jigarrang, zangori ranglar qo‘llaniladi
Grunt — tasvir ishlanadigan zamin. U karton, bo‘z, devor bo‘lishi mumkin. Unga teg‘ishli qorishma surtilgan bo‘ladi.
Guash — italyan tilidan olingan bo‘lib, suvli bo‘yoq ma’nosini anglatadi. U suvda yaxshi eriydi. Guash bo‘yog‘i akvareldan uni qog‘oz yuzasiga bir necha qavat qilib turlicha qalinlikda berilishi mumkinligi bilan farqlanadi.
Gulgun — rang nomi, kechki shafaq paytida ro‘y beradigan ko‘rinish rangi.


D


Dastgohli rangtasvir — rangtasvirning dastgoh (molbert)ga o‘rnatib ishlanadigan turi. Rangtasvirning bu turida tasvirlanayotgan odam, hayvon va boshqalarning o‘lchamlari o‘zining haqiqiy o‘lchamidan katta bo‘lmasligi lozim.
Devoriy rantasvir — (freska, alfresko) — uy shifti, devorga berilgan suvoq qurib ulgurmasdan uning ustiga ishlangan tasvir. Ular ba’zan shift, devor ustiga qoplangan mato, qog‘oz ustiga ham ishlanadi.
Dekoratsiya — teatr sahnasida spektakl mazmuni bilan bog‘liq holda tasvirlanadigan bezak. Ular rangtasvir va butafor shaklida bo‘ladi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin