S Salon — tasviriy va amaliy san’atga doir materiallar, ish qurollari, san’at asarlari sotiladigan do‘kon.
San’atshunos — sanat tarixi, nazariyasi va uning taraqqiyoti bo‘yicha tadqiqot olib boruvchi mutaxassis olim.
San’atshunoslik — san’at tarixi, uning muammolari bilan shug‘ullanuvchi fan.
Somoiiy — rang nomi, somon rangi, tillasimon rang.
Sangana — lotin tilidan olingan bo‘lib, "qonga o‘xshash" ma’nosini anglatadi. Sangina qalam shaklida, temir oksidli tuproqsimon moddalardan tayyorlanadi. Uning qog‘ozga yopshpqoqlik xususiyati kuchli bo‘ladi. Rassomlar Sanginadan xomaki rasm ishlash jarayonida keng foydalanadilar.
Sanoat grafikasi — sanoatda qo‘llaniladigan reklama, yorliq, emblema, blanka, konvert, tovar belgilari, etiketika, o‘ram qog‘ozlari, qadoq idishlari va boshqalarni ifodalaydigan grafika turi.
Sariq — rang nomi, momaqaymoq (qoqi o‘t) gulining nomi.
Sadaf — rang nomi, nim sarg‘ish rang, dengiz shilliqqurti chig‘anoqlarining ichki qismi rangi.
Sepiya — jigar rang bo‘yoq bilan ishlangan rasm, tasvir.
Siluet — bir rangda, hajmsiz qilib ishlangan rasm. Uni soyali tasvir, desa ham bo‘ladi.
Siymob — rang nomi, simob rangini eslatuvchi rang tusi.
Simmetriya — ushbu atama yunon tilidan olingan bo‘lib, "o‘lchamdosh" degan ma’noni anglatadi. Tasviriy sanatda tasvirlangan obraz, ob’ekt yoki narsaning o‘rtasidan tik (vertikal) o‘q chiziq o‘tkazilganda, uning chap va o‘ng tomonlari o‘lcham jihatidan bir-biriga teng bo‘lsa, u simmetrik shakl hisoblanadi. Shuningdek, suratning chap va o‘ng, yoki yuqori va pastki qismlaridagi o‘zaro tenglik yoki o‘xshashlik ham simmetriyani bildiradi. Masalan, kapalak simmetrik shaklga ega. Simmetriya o‘qli va markaziy turlarga bo‘linadi. O‘qli simmetriyada simmetriya o‘qi bitta bo‘lsa, markaziy simmetriyada u bir nechta bo‘lishi mumkin.
Slayd— diapozitiv, fotoplyonkaga tushirilgan surat tasviri.
Sovuq ranglar — o‘z rang tuslarining ko‘rinishi bilan kishilarda sovuq taassurotlarni uyg‘otuvchi moviy, havo rang, zangori, binafsha ranglar shunday deb ataladi.