O‘ZBEKISTON VA EVROPA RASSOMLARINING KOMPOZITSIYASI 3.1.Tasviriy san’at tarixida minyatura rangtasvir kompozitsiyasi maktablari
3.2.XX –XXI asr rassomlarining kompozitsiya haqida fikir mulohazalar
3.3.Rangirtasvir kompozitsiyalari zamonaviy yo‘nalishlar muamo va echimlari
III.BOB. O‘ZBEKISTON VA EVROPA RASSOMLARINING KOMPOZITSIYASI 3.1.Tasviriy san’at tarixida minyatura rangtasvir kompozitsiyasi maktablari
ilova
Kompozitsiya tasviriy san’at tur va janrlarini g‘oyaga movfiq ijod etishga o‘rgatadi.
Kompozitsiya fanining vujudgu kelishi va uni rivojlanishiga hissa qo‘shgan mutaffakirlar:
XVasrda kompozitsiya fan sifatida yevropada tan olindi.
XVasrda kompozitsiya fan sifatida yevropada tan olindi.
Sharq allomalari: Abu Nosir Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur.
7
O‘zbek tasviriy san’ati miniatyurachi mussavirlar : Rashid ad – Dinning, K.Behzod ,Maxmud Muzahhib ,Muhammad Murod Mustaqillik yillarida Chingiz Axmarov, Abdulxak Abdullayev,Malik Nabiyev -ilova
Tasviriy san’at miniatyura qalamtasvir, rangtasvir kompozitsiyalar asrlar davomida va turli bosqichda san’at, madaniy merosimizni boyitdi. Bizgacha etib kelib, hozirda Parijdagi milliy kutubxonada saqlanayotgan, XIV asrga mansub Rashid ad - Dinning «Maqolalar to‘plamiga ishlangan miniatyura (mo‘jiz san’at) portretlari O‘rta Osiyoda qadimgi tasviriy san’at asarlari hisoblanadi.
XIV asrga kelib Samarqandda Amir Temurning «Bog‘i-Shamol», «Bog‘i-Dilkusho» saroylari devorlariga, harbiy yurish, jang va ov marosimlarida Temurni o‘z kanizaklari, Amir, shaxzodalari bilan o‘z davrining miniatyurachi rassomi Axmad- Bog‘i- Shamol tomonidan tasvirlangan.
O‘rta Osiyo miniatyura san’tini gullab rivojlanishi XV asrdan boshlanadi. XV asrni ikkinchi yarmida Xirot Husayn Bayqaro saltanatida ulug‘ o‘zbek shoiri Alisher Navoiy rahnamoligida taraqqiy etgan madaniyat o‘chog‘iga aylanadi.
Hirot adabiyot va san’at namoyondalari ichida K. Behzod yorqin yulduz bo‘lib yarqiradi. Ulug‘ miniatyurachi musavvir o‘z zamondoshlari: So‘lton Xusayn Boyqoro, Shayboniyxon, shoirlar Jomiy kabilarni ajoyib portretlarini chizib bizlarga meros qilib qoldirgan. Portretlar chuqur ruhiy holatlari bilan ajralib turadi. Sulton Husayn Boyqaro portreti tashqi qiyofasi harakteri haqida Bobur o‘z hotiralarida shunday ta’riflaydi: u ma’noli qarab turgan, mahobatli, gavdasi kelishgan bamisoli sher, belidan pasti ingichka. U sergap, xushchaqchaq Xurosonda 40 yil davomida davlatpanoh bo‘lgan. Behzod o‘zbek xoni Shayboniyxon portretini 1507 yili Xirot olingandan keyin yaratdi. U ulug‘ sarkarda davlat arbobi, ilmli olim, adabiyot va san’atni nihoyatda ulug‘laydigan shaxs edi.
Xon kalta engil oddiy xirot halat boshida salla, chordona qurib o‘tiribdi. Og‘ir vaznli, tug‘ri nigohli qo‘li tizzasida yuz qiyofasida matonatli katta qalb egasi siymosida tasvirlangan:
Behzod portretlari yaxlit ranglar bilan tasvirlangan. Chiziqlarni aniq va plastik tuzilish xususiyatlari Shayboniyxonni barvasta qudratli elka va gavda qiyofasini ifodalab beradi. Shaybonixonni portretida inter’erdagi siyohdon kitob, qamchin katta o‘ng barmog‘idagi uzuk kabi predmetlar tomoshabinga ulug‘ sarkarda qiyofasini ochib berishda, boyitadi.
Kamoliddin Behzod o‘z asarlarida o‘sha davrda portret miniatyura san’atini cho‘qqisiga erishdi. Xusayn Boyqaro qarorgohida miniatyura san’atida boshqa rssomlar ham ijod qilgan. Tarixchi Xondamir 1498 y o‘zining «Xulosat Al’ -Akbar» risolasida rassom Qosim - Alini asrimizning qaymoqlari, nozik asar mualliflarining sardori deb baholagan edi.
U san’atni sir asrorining Xusayn Bayqaro kutubxonasida uning raxnamoligida egallagan edi. Shayboniyxon saroyida Behzodning qobiliyatli shogirdlaridan biri Maxmud Muzahhib (Muzahhib oltin bilan bezovchini anglatadi) o‘z ustozidan eng yaxshi fazilatlarini tasviriy vositalarda yaxlit ifoda etishni o‘rgandi.
Uning dastlabki hammaga ma’lum A.Navoiy portreti (XVI asr) misol bo‘lishi mumkin. Mo‘ysafid yoshlardagi shoir, hassaga tayanib turgan holda tasvirlangan. Quvg‘inlikda, amirlik, davlatni boshqarish ishlarida sochlari oqarib irodasi sayqal topdi. Men keksaysam ham tanam tetik, mening so‘zlarim xanuz qilich kabi o‘tkir» degan edi Alisher Navoiy.
Mahmud Muzahhibni miniatyura asarida ulug‘ Alisher qiyofasida, soch, soqollari oqargan, biroz gavdasi engashgan, tugalmas hayotiy kuch, o‘tkir nigoh, labdagi engil tabassum, shoirning xalqparvar, «gumanist», mutafakkir inson ekanidan dalolat beradi. Kompozitsiya jihatidan bu portret miniatyura san’atida o‘ziga xos xususiyatga ega, uning nozik qiyofasi hayotiyligi, ko‘z-qoshlari harakatlarida ifoda etilgan.
XVII asrda bir xil O‘rta Osiyo rassomlari o‘z vatanidan uzoqda miniatyura san’atida ananalarni davom etirdilar.
Rassom Davlat Muhammad Xindistonda Boburiylar saroyida sulton va ularni oilalarini, saroy amirlarini, shoirlarining portretlarini yaratdi.
Shu davrda Xindistonda Muhammad Murod Samarqandiy Bobur saroyida ijod qilib, portret ustasi nomini oldi. Miniatyurachi rassom tashqi dunyodagi haqiqatni-kuzatib hayotni tasavvurlari asosida kompozitsiyaning ma’lum qonun qoidalariga amal qilgan holda asar yaratdi.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, O‘rta osiyo va O‘zbekiston xalqlarini o‘tmishda qoldirgan boy madaniy va estetik merosiga qaramay, tarixiy ob’ektiv sharoitlar sabably realistik tasvir san’ati shakilandi.