Feruza — rang nomi, zangori yorqin, yaltiroq tosh rangi.
Frontispis — lotin tilidan olingan bo‘lib, "old tomonni ko‘raman" ma’nosini anglatadi. U kitob titul varag‘ining chap, muqovaning orqa tomonidagi bezakli sahifasi hisoblanadi. Frontispisda odatda kitob muallifining rasmi yoki u haqda ma’lumot, kitob mazmuni, g‘oyasi bilan bog‘liq illyustratsiyalar beriladi.
Frontal kompozitsiya — frontal so‘zi "ro‘parasidan, to‘g‘risidan ko‘rilinigi" ma’nosini anglatadi. Bunday kompozitsiyalar, rangtasvir, grafika, rel’efli bo‘ladi va tekis yuzalarda aks ettiriladi. Ularni faqat bir tomondan, old tomondangina kuzatish mumkin.
X Xromatik ranglar — ushbu atama yunon tilidan olingan bo‘lib, "rang, bo‘yoq" ma’nolarini anglatadi. Ular qatoriga oq, qora, kulrang tuslaridan tashqari barcha rang tuslari kiradi.
Ch Chiziqli perspektiva — deb narsalarning kishilar ko‘zidan uzoqlashgan sari o‘lchamlarida ro‘y beradigan o‘zgarishga, ya’ni ularning qisqarib ko‘rinishiga aytiladi.
Chuqur fazoviy kompozitsiya — bunday kompozitsiyalar asosan jamoat va turar joy binolarining ichki qismini, xususan yo‘lak, koridor, uy xonasi kabilarni loyihalashda, maketini ishlashda qo‘llaniladi
Sh Shaxsiy soya — tasvirlanayotgan narsalarning sirtidagi o‘z soyasi.
Shedu — qadimgi Sharq, Old Osiyo haykaltaroshligida uchraydigan tasvirni bildiradi. Unda boshi odam, tanasi buqa ko‘rinishidagi afsonaviy maxluq tasvirlanadi.
Shingob — rang nomi, tilla rangiga o‘xshash rang.
Shmutstitul — ushbu atama nemis tilidan olingan bo‘lib, "sarlavha, titul" so‘zlarini ifodalaydi. U kitobning titul varash yoki har bir bobidan oldin qo‘yiladigan varag‘ni anglatadi.
Shtrixlash— qalam yoki shu kabi ish qurollari bilan rasm chizganda qo‘llaniladigan uslub.
E Ekslibris — kitob yoki biror hujjat biror shaxsning kutubxonasiga tegishli ekanligini bildiruvchi tamg‘a. Unda shaxsiy kutubxona egasining ismi va familiyasi, shuningdek, biror tasviriy belgi bo‘lishi ham mumkin
Ekslibrislar gravyura uslubida tayyorlanadi.
Ekspozitsiya— lotin tilidan olingan bo‘lib, "ko‘rsatish, namoyish etish" ma’nosini anglatadi. Tasviriy san’atda muzey, badiiy ko‘rgazmalarda san’at asarlarini tomoshabinga namoyish etish tushuniladi.