Rozmarin
Rozmarin (Rosmarinus) — labguldoshlar
oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi, efir
moyli ekin. Oʻrta dengiz havzasida 1—3
turi usadi. Doim yashil buta. Boʻyi 1,5–2
m cha. Bargi va toʻpgulidan efir moyi
olinadigan d o rivor P. (R. offi cinalis),
asosan, Yevropa mamlakatlarida,
shuningdek, Qrim va Kavkazda oʻstiriladi.
Qalamchasidan, kamdankam urugʻidan
koʻpaytiriladi. 2—3 yillik koʻchatlari
ekiladi. Ekilgandan keyin 2—3yildan
boshlab bargi va toʻpguli yigʻib olinadi.
Hosildorligi 40—120 s/ga. Bargi va
toʻpguli tarkibida parfyumeriya va
tibbiyotda ishlatiladigan 1,5 — 2,5%
(quruq moddaga nisbatan) efir moyi,
0,5% gacha rozmaritsin va boshqa
alkaloidlar, ursol va rozmarin kislotalari
bor. Butalari 7 — 9 yilda yoshartiriladi. R.
2 0—25 y. hosil beradi.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentabr 2022, 18:30 da
tahrir qilingan.
•
Matndan
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Rozmarin&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Rozmarin&oldid=2856654"
dan olindi
Dostları ilə paylaş: |