Kasbiy psixologiya ilmiy-amaliy fan bo‟lib, umumiy psixologiyaning
qonuniyatlarini o‟rganadi va bu fanning samaradorligini
oshirish uchun tavsiyalar
ishlab chiqadi.
Kasbiy psixologiya fani ham ma‟lum bir psixologik qonuniyatlarni o‟rganadi va
ularni amalda qo‟llash bo‟yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.
Kasbiy psixologiya fani ham ma‟lum bir psixologik qonuniyatlarni o‟rganadi va
ularni amalda qo‟llash bo‟yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.
Psixologiya fanining obyektiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning faolligi
kirsa, uning predmetini ana shu obyekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil qiladi
(Obyekt - kishilarning diqqatini o‟ziga tortadigan moddiy va ma‟naviy borliq.
Predmet - moddiy va ma‟naviy borliq haqidagi bilimlar majmuasi va o‟rganiladigan
masalalar).
Psixologiya yunoncha «psixologos»
so‟zidan olingan bo‟lib, «jon», «ruh»
haqidagi
fan,
ta‟limot
degan
ma‟noni anglatadi.
Biroq hozirgi
davr ilmida «jon» tushunchasi
o‟rniga «psixika» atamasini qo‟llash
qabul qilingan.
Chunki lingvistik
nuqtai nazardan «jon», «psixika»
tushunchalari aynan bir ma‟noni
bildiradi. Lekin «psixika» atamasi
bugungi kunda «jon»ga
nisbatan
kengroq ma‟noga, ko‟lamga ega
bo‟lib, inson ruhiyatining ham
ko‟zga ko‟rinuvchi, ham ko‟zga
ko‟rinmas tomonlarini o‟zida aks
ettiradi.