Rqo‘Q (kompensatsiyalash) to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va uning vazifalari Reaktiv quvvat iste’molchilari



Yüklə 172,95 Kb.
səhifə16/24
tarix07.01.2024
ölçüsü172,95 Kb.
#208583
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Rqo‘Q (kompensatsiyalash) to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar va unin

Yerga ulash qurilmalari

Erga ulash qurilmasi va yerga ulash turlari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlarni ko‘rib chiqamiz.


Himoya yerga ulashi–bu elektr qurilmasining biror qismini xavfsizlikni ta’minlash uchun yerga ulash qurilmasiga ulashiga aytiladi.
Ishchi yerga ulashi deb, tok o‘tkazuvchi qismlarning biror nuqtasini yerga ulashga aytiladi.
Nullash (zanulenie) deb, kuchlanishi bir kilovoltgacha bo‘lgan elektr qurilmalarida normal rejimda kuchlanish ostida bo‘lmagan qismlarini transformatorning yoki generatorning to‘g‘ridan–to‘g‘ri yerga ulangan neytraliga ulashga aytiladi.
Erga ulanib qolish–elektr qurilmasining kuchlanish ostidagi qismlarini yerdan izolyatsiya qilinmagan qismlar bilan yoki yer bilan tasodifan ulanib qolishidir.
Erga ulovchi va yerga ulash simlaridan iborat bo‘lgan qurilma yerga ulash qurilmasi deyiladi. Yerga ulash qurilmaning elementlari va parametrlari bilan tanishib chiqamiz.
1). Yerga ulovchi (zazemlitel)–er bilan bevosita aloqada bo‘lgan va o‘zaro metall bog‘lanishli o‘tkazgichlar (elektrodlar) yig‘indisiga aytiladi. Ular sun’iy va tabiiy yerga ulovchilarga bo‘linadi. Sun’iy yerga ulovchi–erga ulash uchun maxsus bajariladi. Tabiiy yerga ulovchi deb kommunikatsiyalar, binolar va inshootlarning yer ostida joylashgan, yer bilan bevosita kontaktda bo‘lgan va yerga ulash maqsadida ishlatiluvchi metall qismlariga aytiladi.
2). Yerga ulovchi sim deb, yerga ulanishi lozim bo‘lgan qismlarni yerga ulash qurilmasiga ulaydigan simga aytiladi.
3). Himoya nul simi deb kuchlanishi 1 kV gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida nullanuvchi qismlarni transformator neytraliga ulovchi simga aytiladi.
4). Ishchi nul simi–elektr ishlatuvchilarni yerga ulangan neytral bilan ishchi maqsadlarda ulovchi simga aytiladi.
Kuchlanishi 1 kV gacha bo‘lgan yerga to‘g‘ridan–to‘g‘ri ulangan neytralli tarmoqlarda ishchi nol simi himoya nol simi funksiyasini bajarishi ham mumkin.
5). Yerga ulash qurilmasidagi kuchlanish U deb tok yerga ulash qurilmadan yerga oqqanda hosil bo‘lgan, tokni yerga ulash qurilmasiga kirish nuqtasi va nul potensialli nuqta orasidagi kuchlanishga aytiladi. Yerga ulanish toki deb yerga ulanish nuqtasi orqali yerga o‘tadigan I tokka aytiladi. Yerga ulash qurilmasining qarshiligi yerga ulash qurilmasidagi kuchlanish U ning yerga o‘tish toki I ga nisbatiga aytiladi.
6). Himoya uchun uzish (zaщitnoe otklyucheniya) deb, 1 kV gacha bo‘lgan EI larda 3 fazali elektr tarmog‘ining shikastlangan qismini avtomatik o‘chirishga aytiladi.
7). Ikkilangan izolyatsiya–ishchi va qo‘shimcha izolyatsiyadan iborat bo‘lib, agar ulardan biri shikastlansa, ikkinchisi himoya qiladi.
8). Ajratuvchi transformator (razdelitelnыy transformator) korxona elektr tarmoqlarini yerga ulash qurilmasidan va nullash tarmog‘idan ajratish uchun kerak.
Odamlarni izolyatsiya shikastlanganda elektr tokidan himoya qilish uchun quyidagi himoya tadbirlaridan hech bo‘lmasa bittasi kerak: yerga ulash, nullash, himoya uzish, ajratuvchi transformator, kichik kuchlanish (36 V), ikkilangan izolyatsiya va potensiallarni tenglashtirish.
Erga ulash va nullash quyidagi hollarda ishlatiladi:
1). O‘zgaruvchan tokning kuchlanishi 380 V va undan yuqori bo‘lsa, o‘zgarmas tokning kuchlanishi 440 V va undan yuqori bo‘lsa;
2). Agar xonalarda tok urish xavfi yuqori bo‘lsa hamda barcha tashqi qurilmalarda 42380 V va 42440 V kuchlanishlar bo‘lsa.
Turli maqsadda ishlatiladigan, har xil kuchlanishga ega bo‘lgan va bir–biriga yaqin joylashgan elektr qurilmalari uchun bitta umumiy yerga ulash qurilmasi ishlatiladi.
To‘rt simli 3 fazali tarmoqlarda va uch simli o‘zgarmas tok tarmoqlarida neytralli yoki o‘rta nuqtani nolga ulash majburiy hisoblanadi. Shu tarmoqlar uchun nullash ham majburiy. Himoya uchun uzish qo‘llash elektr asboblari uchun, yer bilan aloqali metall konstruksiyalar ko‘p bo‘lgan turar joy va jamoat binolarida ishlatiladi. Yerga ulanishi zarur bo‘lgan qismlarga quyidagilar kiradi:
  1. Elektr mashinalarining, transformatorlarining, elektr apparatlarining va yoritgichlarning korpuslari;


  2. Elektr apparatlarining yuritmalari;


  3. O‘lchash transformatorlarining ikkilamchi cho‘lg‘amlari;


  4. Kuchlanishi 42 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalari o‘rnatilgan shitlar, shkaflarning karkaslari va korpuslari;


  5. Tarqatish qurilmalarining metall konstruksiyalari, metall konstruksiyalari, metall kabel muftalari, kuch va nazorat kabellarining metaldan qilingan qobiqlari va zirhlari, elektr simlari o‘tkazilgan metall quvurlar, shinali o‘tkazgichlarning qoplamalari (kojux) va metall konstruksiyalari, kabel va simlar o‘tkazilgan lotoklar, koroblar, po‘lat simlar va jihozlar o‘rnatilgan boshqa metall konstruksiyalar;


  6. Ko‘chib yuruvchi EI larning metall korpuslari, yerga ulash va nullash ishlatilgan xonalarda va tashqi qurilmalarda joylashgan qurilish va ishlab chiqarish konstruksiyalari, barcha quvurlar, texnik qurilmalar korpuslari, relslarni yerga ulash yoki nullash tarmog‘iga ulash lozim.


Erga ulash qurilmalarining qarshiliklarini ko‘rib chiqamiz. Yerga to‘g‘ridan–to‘g‘ri ulangan neytralli, kuchlanishi 1 kV dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalari uchun qarshilik 0.5 Om dan oshmasligi kerak.


Agar yerga ulash qurilmasi bir vaqtda kuchlanishi 1 kV gacha bo‘lgan elektr qurilmalari uchun ham ishlatilsa, izolyatsiya qilingan neytralli, kuchlanishi 1 kV dan yuqori elektr qurilmalar uchun yerga ulash qurilmasi qarshiligi qo‘yidagicha topiladi:
Agar yerga ulash qurilmasi faqat 1 kV dan yuqori elektr qurilmalari uchun ishlatilsa, Rz=Uz/Iz ga teng, ammo 10 Om dan ortiq bo‘lmasligi kerak; yerga to‘g‘ridan–to‘g‘ri ulangan neytralli kuchlanishi 1 kV gacha bo‘lgan tarmoqlarda yerga ulash qurilmaning qarshiligi 660, 380 va 220 V kuchlanishlarda tegishli ravishda 2, 4, 8 Om bo‘lishi kerak. Bu qarshiliklar Rz bilan solishtirilib, kichikrog‘i umumiy yerga ulash qurilmasi uchun tanlanadi. Mustaqil ravishda 110 kV li BPP va 610 kV TP yerga ulash qurilmalari hisobini [A1] dan o‘rganish kerak.

Yüklə 172,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin