Magazinlab qazib olish tizimida rudani shpurlar orqali massivdvn ajratib olish texnologiyasi
Rudani qazib olish uchun blok uzunligi 10 m dan kam bо‘lmagan bir necha pog‘onalarga ajratiladi yoki qazib olish joyi chizig‘i blok uzunligi bо‘yicha yoppasiga yuqoriga yо‘naltirib qazib olinadi. Burg‘ilash ishlarini qulay sharoitda olib borish uchun qazib olish joyi chizig‘ini va ajratilgan ruda yuzasini gorizontal holatda shakillantirish lozim.
Pog‘ona balandligi yoki ajratiladigan qatlam qalinligi ruda tanasining qalinligiga, ruda mustahkamligiga, perfarator turi va shpur diametriga bog‘liq. Shpurlarni massivga yuqorilatib burg‘ilash eng kо‘p tarqalgan usuldir. Odatda shpur chuqurligi 1,5 m, ayrim holatlarda 2,2–2,5 m gacha bо‘lishi mumkin.
Shpurlar chuqurligini, diametrini va ularning joylashishini tо‘g‘ri aniqlash magazinlashtirib qazib olish tizimi uchun juda muxim bо‘lgan omildir chunki bu rudaning yaxshi maydalanishini ta’minlab beradi. Qazib olish joyda rudani ikkilamchi maydalash kameradagi rudani chiqarish ishlariga salbiy ta’sir kо‘rsatadi, hamda qazib oldish joyi ishchilarining mehnat unumdorligini pasaytiradi. Bundan tashqari ajratilgan ruda katta bо‘laklarining barchasini ikkilamchi maydalash iloji yо‘q. Shuning uchun tomirsimon, 2–3 m qalinlikgacha bо‘lgan ruda tanalarini kichik diametrdagi shpurlar orqali massivdan ajratish maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Rudani qazib olish jarayonida mustahkamlagichlar kamdan-kam holatlarda о‘rnatiladi. Lekin hozirgi vaqtda atrof tog‘ jinslari о‘rtacha turg‘un va noturg‘un bо‘lgan holtalarda tirgak mustahkamlagichlar qо‘llanilmoqda (126-rasm). О‘rnatilgan tirgak mustahkamlagichlar rudani blokdan chiqarish jarayoniga xalaqit bermasligi uchun ma’lum tartibda о‘rnatiladi. Bunda tirgak mustahkamlagich qatorlari orasidagi vertikal masofa 3-5 m ni tashkil etsa, mustahkamlagich qatoridagi tirgaklar orasidagi masofa esa 1,2-1,5 m ni tashkil qiladi.
126-rasm.Magazinlashgan ruda massivida tirgak mustaxamlagichlar
M assivdan ajratilgan rudani magazinlashtirib qazib olish tizimida yondosh tog‘ jinslarining qatlam-qatlam bо‘lib о‘prilishiga moyil ayrim qismlarini ushlab turish uchun metal anker mustaxkamlagichlar о‘rnatilishi yaxshi samara beradi (127-rasm).
127-rasm. Rudani magazinlashtirib qazib olish tizimida anker mustaxamlagichlarni qо‘llashning umumiy kо‘rinishi.
Anker mustaxkamlagichlarining maxkamligi va ishonchligi anker uzunligi, diametri, pona qalinligi va shpur diametrining tо‘g‘ri tanlanganligiga bog‘liq. Kо‘psonli amaliyot natijalari shuni kо‘rsatadiki diametri 36 mm bо‘lgan shpurga о‘rnatilgan qalinligi 20-22 mm bо‘lgan pona va diametri 25 mm bо‘lgan anker 5-10 t li yuklamanii shonchli tutib turaoladi. Shpurlar 1,5X1,5 yoki1,5X2,0 m sxemada joylashtiriladi
Dostları ilə paylaş: |