ham jamiyatni psixologik xastaliklar, ularning kelib chiqishi va profilaktikasi to‘g‘risida xabardor
qilishni maqsad qiladi.
Ruhiy (psixologik) salomatlik nima? Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ruhiy salomatlik holatining aniq ilmiy portreti yaratilgan.
Ruhiy salomatligi joyida bo‘lgan shaxs o‘z salohiyati (jismoniy va aqliy imkoniyatlari)dan to‘laqonli
foydalana olishi, kundalik yengil stresslarni yengib o‘ta olishi, mahsuldor ish tarzini olib borishga qodir
bo‘lishi, jamiyat uchun foydali bo‘la olishi lozim. Shu xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxslarning ruhiy
salomatligi barqaror hisoblanadi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko‘ra,
psixologik xastaliklarning aksariyati 14 yoshgacha bo‘lgan davrda boshlanadi. Afsuski, ko‘pgina
hollarda xastalikning boshlanish davri o‘z vaqtida aniqlanmaydi. Kerakli tashxis va shu bilan bog‘liq
ravishda muolaja ham kechikadi. Natijada ruhiy xastalikning umrbod davom etishi ehtimoli ortadi.
Statistikaga ko‘ra, Yer sayyorasi aholisining har beshinchisi qaysidir ko‘rinishidagi ruhiy xastalikdan
aziyat chekadi. Har ikkinchi odamda esa xastalik bilan umri davomida duch kelish ehtimoli bor. Shu
bois, ruhiy beqarorlik holati, uni bartaraf etish, ruhiy xastalar bilan muloqot qila olish haqida
tushunchaga ega bo‘lish lozim.
Psixologik xastalik deganda faqatgina o‘zini g‘ayritabiiy tutuvchi
shizofreniklar, aqliy imkoniyati cheklangan «daunchilar» va yoki ijtimoiy nofaol autistlargina
tushunilmaydi. Deyarli har birimiz uchun yaxshi tanish bo‘lgan depressiya ham ruhiy xastalik sanaladi.
BSSTning ilmiy prognozlariga ko‘ra, 2020 yilga kelib, depressiya shaxsning mehna
tga layoqatligini
cheklab qo‘yuvchi kasallik bo‘yicha birinchi o‘ringa ko‘tariladi. Ayni damda dunyo bo‘yicha 300 million
atrofidagi kishi depressiyadan aziyat chekmoqda. Qandli diabet, saraton, yurak-qon tomir kasalliklari,
OIV kabi jiddiy asoratlarga olib keladigan xastaliklarning negizida asab va ruhiyatdagi buzilishlar
yotadi.
Butun dunyo hamjamiyati izchil kurash olib borayotgan suitsid ham depressiya asosida
rivojlanadi. Suitsidlarning 5 foizi aynan tushkun kayfiyat ta'sirida amalga oshiriladi.