Umurtqalararo disklarning deformatsiyasini
oldini olish uchun orqa
mushaklarini mustahkamlash, asta - soniyain qo’shimcha og’irliklarni oshirib borish
va kuch mashqlarini ko’proq yotgan, o’tirgan va tayanib turgan holda bajarish zarur.
Qizlar bilan kuch tayyorgarligini olib borish alohida e’tibor qaratishni talab
qiladi. Ularda kuch mashqlarini o’g’il bolalarga qaraganda taxminan 1/3 ga
qisqartirish, qo’shimcha kuchlar vaznini 20-30 %ga kamaytirish, kuchanish va qattiq
asosda sakrash bilan bog’liq mashqlarni kiritmaslik hamda mushak hajmini
oshiradigan
mashklarni
kamaytirish
maqsadga
muvofiqdir.
Kuchni
rivojlantirishning universal usuli yo’qligini unutmaslik lozim. Eng yuqori
natijalarga kompleks mash qilish orqali erishish mumkin.
Tennischilarning kuch qobiliyatini rivojlantirish
Zamonaviy stol tennisida sportchining kuch tayyorgarligiga yuqori talablar
ko’yilmokda, bu hamma sport turlaridagi kabi sport rivojlanishining umumiy
tendensiyasi-atletizmning oshib borishi bilan bog’liq. Stol tennisida bu tendensiya
nafaqat shar uzatish va
hujum zarbalarini kuchayishi, balki barcha muskullar
guruhini muvofiq ravishda- balansli rivojlanishi bilan bog’liq bo’ladi. Stol
tennisidagi kuch tayyorgarligi-bu muskullar kuchini rivojlanishi hamda bo’g’imni
cho’ziluvchi komponentlari va paylarni rivojlanishidir. Kuch stol tennisida o’yin
samaradorligini oshirishda va shuningdek, sportchini
tayanch- harakat apparati
jarohatini oldini olishda zarurdir.
Kuchni rivojlantirish bu etarlicha murakkab va muddatda davomli jarayon
hisoblanadi. Atlet qanchalik jismoniy mashqlarda faol harakat qilmasin, qisqa vaqt
davomida muskullar kuchini tubdan oshirishni imkoniyati yo’q. Kuch potensialini
rivojlanishi muskullar to’qimalarini chuqur morfologik o’zgarishlari bilan bog’liq,
shuning uchun ham kuchni rivojlantirish mashg’ulotlari - tizimli ravishda va konkret
uzoq muddatli mashg’ulotlar dasturida rejalashtirilgan bo’lishi lozim.
Kuch sifatlarini rivojlantirish uchun katta hajmdagi yuklamali mashqlar
bajariladi. Ushbu mashg’ulotlar davrida “muskullar qotib, og’ir bo’lib qoladi,
muskullar ichki va muskullar orasidagi nozik koordinatsiya yo’qoladi,
degan
(S.P.Sidorenko. S.L.Sedrov)
fikrlar yuradi. Bunday “qisilgan” jismoniy holatda
texnikaviy harakatlarni nazorat qilish qiyin bo’ladi. o’yinda ko’plab noaniqliklar va
texnikaviy nosozlik ko’rinadi, shuning uchun kuchni rivojlantirish davri
mavsumning asosiy
startlaridan ancha oldin, ya’ni asosan, mashg’ulotlarni
tayyorgarlik siklida bo’lishi kerak”. Muammo shundaki, zamonaviy tennis
musobaqalari kalendarida, hatto 12-16 yoshli o’smirlarda
ham alohida ajratilgan
tayyorgarlik davri ko’rinmaydi. ATR bo’lsa musobaqalar orasida hech qanday
tanaffuslarni nazarda tutmaydi. Kuch tayyorgarligi darajasi bo’lsa, butun sport
mavsumi davomida tizimli ravishda ushlab turish kerak bo’ladi. Aks holda jismoniy
sifatlarni pasayishi sodir bo’ladi va oqibatda sport formasi - о’yin sifati tushib ketadi.
Kuchni rivojlantirish uchun stol tennisida
odatda quyidagilardan
foydalaniladi:
Gantel, giralar, shtanga, og’ir to’plar va boshqa engil og’irliklar.
Dostları ilə paylaş: