Руководство для спортсменов по настольному теннису для развития их полного потенциала



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/68
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192886
növüРуководство
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH ўқув қўлланма 31

Sharni qaytarish 

oshirilgan va qaytarilgan sharga shunday zarba berish lozimki, shar darhol 
to’r ustidan o’tib yoki to’rga tegib, stolning raqib tomonidagi yarmiga urilishi kerak. 


O’yin tartibi 
Partiya o’yinlar boshlamasidan iborat bo’lib, har bir boshlama sharni 
oshirishdan boshlanadi. Birinchi bo’lib sharni oshirish odatda kur’a tashlash bilan 
aniqlanadi. Keyin sharni oshiruvchilar har ikki uzatishdan keyin navbat 
almashadilar. Hisob 10 : 10 ko’rinishida teng bo’lib qolsa, har bir o’yinchi 
(jamoa)
bir martdan sharni uzatish huquqiga ega bo’ladi va о’yin ikki xisob farq qilgunga 
qadar davom etadi. 
Juftlik bahslarida sharni qabul qiluvchi o’yinchi sharni oshiruvchiga, uning 
sherigi esa qabul qiluvchiga aylanadi. o’yin toq sonli partiyalardan 
(musohaqa 
qoidalariga muvofiq tarzda 3 dan 7 gacha)
iborat bo’lib, o’yinchilardan 
(jamoalardan)
birining g’alabasigacha davom etadi. o’yin paytida, agar shar to’rga 
tegsa ham raqib tomonga tushsa, о’yin davom etadi. 
Oldingi qoidalarga ko’ra partiya 21 xisobgacha davom etgan, sharni 
oshiruvchilar har 5 marta shar uzatilgandan keyin navbat almashganlar, hisob 20 : 
20 ko’rinishiga kelganda esa bir martadan shar oshirishga ruxsat berilgan va о’yin 2 
xisob farq qilgunga qadar davom ettirilgan. 
Sharning har tashlanishi birinchi yoki ikkinchi o’yinchi 
(jamoa)
ga bir xisob 
berilishi bilan yakunlanadi. 2001-yilda o’rnatilgan xalqaro qoidalarga ko’ra har bir 
partiya 11 xisobgacha davom etadi. 
Qayta tashlash 
Shar uzatilayotganda 
(podacha)
barcha qoidalarga rioya qilinsa-da, ammo 
shar to’rga tegib o’tsa, “qayta tashlash” o’tkaziladi-sharni oshiruvchi qaytadan 
sharni tashlab beradi. Qayta tashlashlar soni chegaralanmagan. Qoidalarga 
belgilangan bir qator holatlarda ham qayta tashlash amalga oshiriladi. 
Hisob (ochko) 
Quyidagi hollarda o’yinchiga xisob beriladi: 

shar noto’g’ri oshirilsa; 

shar noto’g’ri qaytarilsa; 

oshirilgan yoki qaytarilgan shar raqib zarba bermasidan oldin to’rdan 
boshqa biror narsaga tegsa; 



oshirilgan yoki qaytarilgan shar raqib tomondagi stol yuzasiga 

tegmasdan uchib o’tsa; 

raqib sharga halaqit bersa; 

raqib ataylab sharga ikki marta zarba bersa; 

raqib qoidalarga zid keluvchi raketka yuzasi bilan sharga zarba bersa; 

raqib yoki uning ustidagi kiyimi shar o’yinda bo’lgan vaziyatda 

tennis 

stolini itarib yuborsa; 

raqib yoki uning ustidagi kiyimi shar o’yinda bo’lgan vaziyatda 

sharga tegsa; 

raqib bo’sh turgan qo’lini tennis stoli yuzasiga tekkizsa; 

juftlik bahslarida raqiblardan kimdir birinchi uzatuvchi va birinchi qabul 
qiluvchi tartibini buzgan holda Sharga zarba

bersa; 

raqib raketkani tennis stoli yuzasiga tekkizsa. 
Nogironlik aravachasida o’ynaydigan sportchilar uchun qo’shimcha qoidalar 
belgilangan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin