Руководство для спортсменов по настольному теннису для развития их полного потенциала



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/68
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192886
növüРуководство
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH ўқув қўлланма 31

Shar (sharik) 
Stol tennisi uchun shar selluloid yoki shunga o’xshash plastmassadan 
yasaladi. Shar oichamlari-diametri 40 mm., og’irligi-2,7 gr. Shar oq yoki to’q sariq 
rangda bo’lishi va albatta yaltiroq rangda bo’lmasligi kerak. 2007-yildan boshlab 
xalqaro musobaqalarda boshqa rangdagi sharlar ishlatilmay kelyapti. 2003-yilgacha 
diametri 38 mm. bo’lgan sharlar ishlatilgan: diametrni oshirish sababi Shardagi 
ortiqcha tezlikdir, ortiqcha tezlik esa hakamlik qilish va o’yinni kuzatishda 
noqulayliklar keltirib chiqaradi. 
2012-yilda, Londondagi Olimpiya o’yinlaridan keyin yangi sharlarni joriy 
qilish rejalashtirilgan edi, ammo bu yangilik 2014-yilga ko’chirildi, chunki ishlab 
chiqaruvchilar oldingilarning о’rnini almashtiruvchi munosib sharlarni ishlab 
chiqarishni uddalay olmadilar 
(yangi sharlar tekis emas va tez sinuvchan edi).
Taxminan shar diametri 42-44 mm.ni tashkil qilishi lozim boigan. 
2014-yilning 6-fevral kuni ITTF stol tennisi uchun selluloid o’rniga 


plastmassadan yasalgan yangi shar joriy qilinganligini e’lon qildi. Yangi shar “40+” 
shaklida lfodalanadigan bo’ldi, ya’ni uning diametri 40 mm.dan sal ko’proqni 
tashkil qildi. Yangi shar 2014-yilning 1 iyul kunidan boshlab rasmiy musobaqalar 
uchun majburiy bo’ldi 
(5-rasm).
Mashq sharlarining emblemasida ba’zan ularning nimaga mo’jallanganligi 
ko’rsatiladi va bu sharlarda «yulduzchalar» mavjud emas. Musobaqa sharlarining 
sifati 1 dan 3 gacha bo’lgan «yulduzchalar» soni bilan belgilanadi. 
Raketka 
O’yinda yog’ochdan yasalgan, har ikkala tomoni bir yoki ikki maxsus rezina 
qoplama bilan qoplangan raketkalar ishlatiladi. Qimmatbaho raketkalarning asosi 
turli-tuman yog’ochning bir necha qatlami va titan yoki karbonning bir necha 
qatlamidan tashkil topgan. Professional raketkalar tayyor holatda sotilmaydi. 
Sportchi yoki murabbiy asos va qoplama 
(rezina
)ni tanlab olishadi. Xitoyda ba’zi 
hollarda rezina 
(topsheet)
va qoplama 
(sponge)
alohida sotiladi va yig’iladi. 
ITTF qoidalariga ko’ra, raketka asosi hech bo’lmaganda 85 % yog’ochdan 
bo’lishi lozim. Shuningdek, musobaqalarda rezina yuzidagi ignachalarning ayrim 
turlari 
(asosan uzun ignachalar)
ta’qiqlab qo’yilgan. 
О’yin boshlanishida va о’yin davomida raketka almashtirilganda sportchi o’z 
raketkasini o’yin qoidalariga mos kelishi yoki kelmasligini tekshirib ko’rish 


maqsadida raqibga hamda o’yin hakamiga ko’rsatishi lozim. 
To’r 
To’r komplektiga to’rning o’zi, osma ip va stol yuzasiga mahkamlanuvchi 
tayanch ustunlar kiradi. Uzunligi-183 sm., balandligi-15,25 sm., kvadratchalar 
o’lchami 1,5 x 1,5 sm. To’r ip va ustunlar yordamida Shunday o’rnatiladiki, uning 
yuqori chekkasi о’yin yuzasidan 15,25 sm. balandlikda bo’ladi. To’r stoldan 
tashqariga ham har ikkala tomondan 15,25 sm. chiqib turishi kerak. 
Juftlik bahsi 
Juftlik bahslarida quyidagi qo’shimcha qoidalar kiritiladi: stol oq chiziq bilan 
uzunasiga ikki qismga bo’linadi. Shar oshirilayotganda shar o’z yarmidagi o’ng 
zonaga va raqib yarmidagi chap zonaga tegishi lozim, boshqacha aytganda Shar 
diagonal bo’ylab oshirilishi lozim. 
Sheriklar navbati bilan sharni qaytarishlari kerak. Masalan, sharni oshiruvchi 
sharni uzatib, qaytaruvchi uni qaytarganidan keyin navbatdagi zarba sharni 
oshiruvchining sherigi tomonidan berilishi, sharni qaytarish esa sharni qabul 
qiluvchining sherigi tomonidan qaytarilish lozim. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin