o’ng oyoqni to’g’irlab chapdan harakatni tezlashtirib raketka qo’shimcha kuch bilan
sharni raqib tomonga uradi. Raketkani sharga tegish burchagi qaytarilayotgan
sharning aylanish kuchiga bog’liq. Aylanish qancha kuchli bo’lsa raketkaning stol
tomoni egilish burchagi shunchalik katta. Shar spinning asosiy vazifasi sharga kuchli
yuqori va yon aylanishni berishdir.
Chapdan to’lqinsimon zarba
Zarba berilganida sportchi stoldan 40-70 sm. uzoqlikda chap elkasini oldinga
chiqarib, yarim burilgan holda turadi. Oyoqlar tizzadan bukiladi
(o’ng oyoq oldinga,
chap oyoq orqaga),
gavda ozroq chapga buriladi, tana og’irligi teng ravishda har
ikkala oyoqqa tashlanadi. Raketka ushlagan qo’l chap yonga beldan pastga
tushiriladi va to’rdan orqa tomonga engil buriladi. Bilaklar stol yuzasiga parallel
tutiladi.
Shar stoldan yuqoriga ko’tarila boshlagan paytda bilaklar oldinga- yuqoriga-
o’ngga harakatlanadi. Shar sakrashning yuqori nuqtasiga etganida, raketka sharning
o’rta qismiga to’qnashadi. Qo’lning panjalari raketkani yopadi va yuqori yon
tomoniga sirpanadi. Zarba yakunlanguncha raketka oldinga-elka darajasida
yuqoriga harakatini davom ettiradi. Zarba paytida gavda chapdan o’ngga buriladi,
tana og’irligi chap oyoqqa tashlanadi. Ro’parasida aylanib ketayotgan sharning
aylanish tezligi qancha kuchli bo’lsa, raketkani shardan shuncha uzoqroqqa tortish
lozim bo’ladi va raketkning shar bilan to’qnashish payti uzaytiriladi.
Dostları ilə paylaş: