Rustamjon O‘rinov



Yüklə 326,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix19.06.2023
ölçüsü326,98 Kb.
#132782
1   2   3   4   5   6
O‘ZBEK TILINING YANGI IMLO QOIDALARI

BOSH HARFLAR IMLOSI 
1. Kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallusi bosh harf bilan yoziladi: Sobirov Zokirjon 
Shukurjonovich, Abdurauf Fitrat kabi. 
2. Mamlakatlar, shaharlar, qishloqlar, shaharchalar, daryo, dengiz, tog‘, tepa, adir nomlari ham bosh harf 
bilan yoziladi: Hindiston, Muborak, Urgut, Tentaksoy, Qo‘ng‘irtog‘, Qashqadaryo, Qora dengiz va hokazo. 
3. Korxona, tashkilot, muassasa nomlari, adabiyot va san’at asarlari, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, 
transport vositalarining nomlari bosh harf bilan yoziladi: «Malika» firmasi, «Sharq» nashriyot-matbaa 
konserni, «O‘zqishloqxo‘jmashxolding» kompaniyasi, «Damas» avtomobili, Ko‘kdumaloq kompressor 
stansiyasi, Xorazm chanqovbosti ichimliklar zavodi, Qizilqum fosforit kombinati, «Amudaryo» jurnali, 
«Shaytanat» asari va hokazo. 
4. Muhim tarixiy sanalar va bayramlar nomi bosh harf bilan yoziladi: Mustaqillik kuni, Navro‘z bayrami, 
Xotira kuni. 
5. Oliy darajadagi davlat tashkilotlari, xalqaro birlashmalar nomi bosh harf bilan yoziladi: O‘zbekiston 
Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi, Yevropa Ittifoqi Kengashi kabi. 
6. Mudofaa vazirligi, Davlat test markazi, «Umid» jamg‘armasi, Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni 
qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kabi tashkilotlar nomining birinchi harfi bosh harf bilan yoziladi. 
7. Oliy darajadagi unvonlar va mukofotlar nomi tarkibidagi so‘zlar har biri bosh harflar bilan yoziladi: 
«O‘zbekiston Qahramoni» unvoni, «Oltin Yulduz» medali. 


Rustamjon O‘rinov
 
@Ona_tili_va_adabiyot_N1 (telegram kanalimiz) 
Shuningdek, «Sog‘lom avlod uchun» ordeni, «Shuhrat» medali singari mukofotlarning birinchi so‘zi bosh 
harf bilan yoziladi. 
8. Har bir gap bosh harf bilan boshlanadi: Har qanday intilish, izlanish, ijod xalq manfaatlariga xizmat 
qilsagina u qadrlidir.  (A. Oripov) 

Yüklə 326,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin