5. Til o`rganishda, urf-odatlarni egallashda qaysi omilning ta'siri kuchli bo`ladi? Ijtimoiylashuv insonning madaniyat, kommunikatsiya ta’siri ostida shakllanish jarayoni, bir-birlari bilan muloqotda bo’lishlarini ifodalasa, ijtimoiylashtirish tushunchasi esa, jamiyatning muvafaqqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo’lgan namunali xulq, psixologik mexanizm, sotsial norma va qadriyatlarni o’zlashtirish jarayonidir. Ijtimoiy-falsafiy, psixologik va pedagogik tadqiqotlar jarayonida shaxs ijtimoiylashuviga xos bo’lgan quyidagi holatlar aniqlangan:
-shaxsning ijtimoiylashuvida ayrim davrlarning va bir davrdan ikkinchi davrga o’tish jarayonida ro’y beruvchi ijtimoiy omillar (mega omillar, makro omillar, mezo omillar, mikro omillar), voqeliklar hamda ularning ta’siri etakchi o’rin tutadi;
-bolaning kamol topishi, shaxs bo’lib shakllanishida ijtimoiy, xususan, ota-onalar va bola o’rtasidagi munosabatlar, ularning o’zaro hissiy birligi muhim ahamiyatga ega;
-shaxs muayyan sxemalar hamda kognitiv tuzilmalar yordamida boshqariladi; shu sababli uning ana shu sxema va kognitiv tuzilmalarga moslashuvi ijtimoiylashuv mohiyatini anglatadi;
-shaxs ijtimoiy ta’sirlar yordamida ilmiy bilimlar hamda kishilik madaniyati unsurlarini o’zlashtiradi, ularning negizida esa u aqliy jihatdan kamol topadi va axloqiy sifatlarga ega bo’ladi – mazkur holat shaxs ijtimoiylashuvining ustuvor jihati hisoblanadi;
-shaxsning ijtimoiylashuvi turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyat rivojining muayyan davrlarida bir xil kechmaydi; har bir davri shaxsning ijtimoiylashuvida o’ziga xos ko’rinishda namoyon bo’ladi;
-ijtimoiylashuv bolalikkagina xos xususiyat bo’lmay, shaxs hayotining barcha davrlarini qamrab oladi.
Ma’lumki, ijtimoiylashuv shaxsning jamiyatdagi qadriyatlarni qabul qilishi va zaruriy darajada ijtimoiy, fuqaroviy va shaxsiy etuklikka erishishi asosida jamiyatga kirib borishidir. Shaxsning ijtimoiylashuvi esa, inson o’zini jamiyatda shaxs sifatida anglab borishi jarayonidir. Bu tarbiya, ta’lim, o’z-o’zini tarbiyalash jarayonida yuzaga kelib, inson qachonki, o’z maqsadlarini mustaqil aniqlay olsa va ularga erishish yo’llarini belgilay olganida, o’z qadr-qimmatini anglab etganida, jamiyatdagi o’z o’rniga ishonch hosil qilgan taqdirda amalga oshadi.
ana’naviy – oila va yaqin muhit orqali o’quvchilarni ijtimoiy faollikka jalb etish, faoliyat va muloqotda maqbul shar-sharoitlarni yaratish;
institutsional – ijtimoiy institutlar va ta’lim muassasalari tomonidan o’quvchilarning rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish;
shaxslararo – o’quvchilarni ijtimoiy aloqalar tizimiga jalb etish, ularda muloqotmandlik malakalarini rivojlantirish;
refleksiv – o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini baholash, o’z-o’zini loyihalashni pedagogik qo’llab-quvvatlash orqali individual ongni taraqqiy ettirish.
O’quvchilarni o’z-o’zini boshqarishga yo’naltirish pedagogik hodisa sifatida shaxs salohiyatini rivojlantirish bilan bog’liq intellektual, emotsional-hissiy va faoliyatga yo’naltirilgan sohalar uyg’unligini talab etadi hamda o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini yuqori darajada rivojlantirish asosida ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.
O’quvchilarning ijtimoiy tajribani o’zlashtirishi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim:
-ijtimoiy moslashuv: ijtimoiy vaziyatlarda o’zining rolini aniqlay olish, vaziyatga moslashuvchanlik va safarbarlik;
-loyihaviy: ijtimoiy faoliyat jarayonida o’z-o’zini anglash, individual xulq-atvor strategiyalarini tanlay olish; interiorizatsiya: ijtimoiy faoliyatning asosiy me’yorlarini qabul qilish va faoliyatda namoyon etish.