Baliq moyi tarkibidagi vitamin A miqdorini yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi usulida aniqlashAniqlanuvchi eritmani tayyorlash: 0,7 g baliq moyi (aniq tortma) 25 ml hajmli oMchov kolbasida geksanda eritiladi va belgisigacha geksan bilan yetkaziladi. Tayyorlangan eritma xromatografik kolonkaga yuborishdan oldin sentrifugalanadi.
Standart eritmani tayyorlash: 0,035 g yoki 0,021 g (aniq tortma) faolligi 1 yoki 1,7 mln ME/g boMgan retinol palmitatning moyli eritmasi hajmi 100 ml boMgan oMchov kolbasiga solinadi, geksanda eritiladi va belgisigacha yetkaziladi. Tayyorlangan eritmadan 2 ml olib, hajmi 50 ml boMgan oMchov kolbasiga solinadi va geksan bilan belgisigacha yetkaziladi. Eritma xromatografik kolonkaga yuborishdan oldin sentrifugalanadi. Eritmani qorongi, harorati 0 °Cdan oshmagan joyda 5 kun davomida saqlash mumkin. Xromatografiyalash sharoitlari: Silasorb-600 (zarracha kattaligi 5 mkm) sorbent bilan toMdirilgan 120*2 mm li kolonka. Qo'zg'aluvchan faza: geksan-dietil efiri (99,8:1,2). Oqim tezligi - 200 mkl/min. Kolonka harorati - xona harorati. Detektor - UB-spektrofotometr, 326 nm. Aniqlanuvchi va standart eritmalar hajmi - 10 mkl dan. Xromatografiyalash kamida 3 marta qaytariladi. Bitta tahlil uchun eluyent hajmi - 2000 mk!. Retinol palmitatning ushlanish vaqti: I .^-sisizomer - 580 mkl (2,9 minut), trans-izomer (toMiq) - 710 mkl (3,5 minut).
Aniqlash tartibi: Xromatograf yuqorida keltirilgan sharoitda tayyorlanadi. Namunalar kolonkaga yuboriladi va retinol palmitatning cho‘qqilari bo' yicha sistemalami ishlatish mumkinligi haqidagi 1 va 2 mezonlar hisoblanadi. Baliq moyi tarkibidagi A vitamin xromatogrammadagi 2 ta cho'q qi retinol palmitatning 1,3-sis va trans izomerlarining ushlanish vaqti bo'yicha aniqlanadi. A vitamin miqdori (X) 1 g preparatga nisbatan ME da quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:
X =
bunda:
Si - aniqlanayotgan eritmadagi retinol efirlari cho'qqilari yuzalarining yig'indisi;
Ss - standart eritmadagi retinol efirlari cho'qqilari yuzalarining yig'indisi;
Cs - standart eritmadagi A vitaminining ME/ml dagi konsentratsiyasi; m - baliq moyining g lardagi aniq og'irligi;
25 - suyultirish hajmi, ml.
Baliq moyi tarkibidagi A vitaminning miqdori 350-1000 ME/g bo'lishi kerak.