25.Moddiy nuqta amplituda A = 4 smva T = 2 s davr bilan garmonik tebranma xarakat qilmoqda. Agar nuqtaning xarakati xo = 2 sm xolatdan boshlangan bo‘lsa, uning xarakat tenglamasini yozing.
26. Agar nuqtaning tebranish amplitudasi A = 15 sm, tebranayotgan nuqtaning maksimal tezligi υmax = 30 sm/s, va boshlang‘ich fazasi φ = 10o bo‘lsa, nuqtaning garmonik tebranma xarakat tenglamasini yozing.
27. Moddiy nuqta A = 10 smamplituda va T = 5 sdavr bilan garmonik tebranma xarakat qilmoqda. Moddiy nuqtaning: 1) maksimal tezligini; 2) maksimal tezlanishini aniqlang.
28. Moddiy nuqta x = A sin ωttenglama asosida tebranma xarakat qilmoqda. Qandaydir vaqt momentida nuqtaning siljishi x1 = 15 sm. Tebranish fazasi 2 marta ortganida nuqtaning sijishi x2 24 sm ga teng bo‘lsa, tebranish amplitudasini aniqlang.
29.A = 3 smamplituda va T = 4 s davr bilan garmonik tebranma xarakat qilayotgan nuqtaning maksimal tezligi va maksimal tezlanishini aniqlang.
30. Bir xil T = 4 s davr va bir xil amplitudalar A = 5 sm ga ega bo‘lgan bir xil yo‘nalishdagi ikki garmonik tebranishlarning fazalar farqi π/4 ga teng. Agar tebranishlardan birining boshlang‘ich fazasi 0 ga teng bo‘lsa, tebranishlarning qo‘shilishidan xosil bo‘lgan natijaviy tebranishning xarakat tenglamasini yozing.