Rivojlantirish instituti s. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O.-www.hozir.org
11. O‘zR FA Til va adabiyot instituti bilan ilmiy hamkorlik mavjud.
12. 2000 yilda 2 ta o‘quv qo‘llanmasi, 2 ta bibliografik ko‘rsatkich, 2001 yilda esa 15 ta o‘quv qo‘llanmasi nashr qilingan.
13-2000 yilda 23 ta, 2001 yilda esa 71 ta maqola nashr qilingan
14- Universitetda 10.02.02 – milliy tillar (o‘zbek tili) mutaxassisligi bo‘yicha fan nomzodi ilmiy darajasini berishga Ixtisoslashgan kengashning hamda kafedra qoshida ilmiy seminarning mavjudligi tufayli keyingi yillarda respublikada o‘zbek tilshunosligi bo‘yicha yozilayotgan deyarlik barcha doktorlik va nomzodlik dissertasiyalari shu yerda muhokamadan o‘tmoqda. Ularning soni har yili 10 tadan 20 tagacha boradi.
15. 2000 yilda uslubshunoslikning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan Xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazilgan edi. «Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari hamda uning turkiy -165-
xalqlar madaniyati va jahon sivilizasiyasida tutgan o‘rni» mavzuidagi Xalqaro konferensiya shu yilning 25-26 noyabr kunlari o‘tkaziladi.
Bu kabi ilmiy tadbirlar o‘tkazilishining ahamiyati g‘oyatda katta ekanligi hyech kimda shubha tug‘dirmaydi.
16. Kafedrada bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlarning barchasi amaliyot, xususan ta’lim jarayoni bilan bog‘liq. Tekshiruvchi: falsafa fanlari nomzodi,
dos. M.S. Madirimova Rasmiy ma’lumotnomalar yuqori tashkilotlar rahbarlari, tekshirish ishlari olib borayotgan komissiyalar nomiga yozilishi ham mumkin. Unda ma’lumotnomaning nima haqda yozilayotgani, ma’lumotnoma mazmuni aks etgan bo‘ladi va rahbarning imzosi chekilib, sana qo‘yiladi.
Shaxsiy ma’lumotnomalar ham rasmiy hujjat sanaladi. Ammo u bir shaxs yoki xodimning hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotnigina qamrab oladi. Bunday ma’lumotnomalar uning qachon va qayerda tug‘ilgani, qayerda yashashi va kim bo‘lib ishlashi, sog‘ligi va sudlangan-sudlanmaganligi kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ular blankalarda - maxsus qog‘ozlarda yozilib, tashkilot devonxonasida qayd etilib boriladi. Masalan:
O‘zbekistonRespublikasi MA’LUMOTNOMA
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim ______________________
vazirligi haqiqatdan ham Samarqand
Alisher Navoiy nomidagi davlat universiteti
Samarqand davlat _____________fakultetining
universiteti
Samarqand shahri ________(o‘quv shakli)_______ kurs
Universitet xiyoboni, 15. talabasidir.
Tel.: 31-21-81
Ma’lumotnoma__________________________
____________ga taqdim etish uchun berildi. M.O‘. Fakultet dekani_________________
NIZOM Mustaqillikdan keyin ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatga keng yo‘l ochib berildi. Jumladan, turli yo‘nalishlarda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, kichik va o‘rta beznisni rivojlantirish masalalarining
-166-
qonunlar hamda maxsus hukumat qarorlari bilan belgilab qo‘yilganligi xalqimiz turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan tadbirlardan bo‘lib hisoblanadi.
Mana shu imkoniyatlardan lisey va kollejlarni bitirgan va tegishli mutaxassislikka ega bo‘lgan kishilar ham foydalanishlari mumkin. O‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, kichik sexlar, korxonalar ochib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanib yoki dehqon-fermer xo‘jaliklari tashkil qilib, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bugungi kunning dolzarb vazifalariga aylandi. Bu vazifalarni amalga oshirish jarayonida ayrim hujjatlardan xabardor bo‘lish zaruriyati tug‘iladi. Ya’ni firmalar, kichik korxonalar tashkil qilish tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish tarzida amalga oshiriladi. Ularni belgilangan tartibda rasmiylashtirish ishning qonuniy yo‘lga qo‘yilishiga ko‘maklashadi.
Ana shunday hujjatlardan biri nizomdir. Nizom firma, kichik korxona, fermer xo‘jaligi tashkil qilish jarayonida rasmiylashtiriladigan asosiy hujjat bo‘lib, u ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslarning huquq va majburiyatlari, burchi va vazifalari, boshqaruv va huquqiy-tashkiliy shakli, mulki va mablag‘lari, mehnat turlari va ularga haq to‘lash singarilarni me’yorlashtiradi va bu korxonaning butun faoliyati ana shu Nizom asosida olib boriladi. U korxonalar va muassasalar ta’sis etish paytida tuziladi va yuqori tashkilot – aniqrog‘i hokimiyatlar qarori bilan tasdiqlanadi. Bu hujjat kim tomonidan tasdiqlangani, ta’sis etilayotgan korxona, xo‘jalik yoki muassasaning nomi, o‘rtada Nizom degan yozuv, matn, ta’sis etuvchining imzosi, sana va joyi kabi tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi. Masalan:
-167-
Nizom
viloyat hokimining
2001 yil 18 iyundagi №18
qarori bilan tasdiqlangan