S. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O. N. Karimova



Yüklə 458,9 Kb.
səhifə73/75
tarix03.09.2023
ölçüsü458,9 Kb.
#141369
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Rivojlantirish instituti s. A. Karimov, sh. M. Maxmatmurodov, O.-www.hozir.org

-187-
4 noyabr 2000 yil.



T/r



Yil

lar



To‘p-lam-lar



Nashr etilgan maqolalar



O‘quv qo‘l-lanma-

lari



Ma’ruza

matn-lari



Monogra

Fiyalar















Chet el-larda



MDX



Respubli-ka



Viloyat, sha-har



Universi-tet



Har xil















1



1996



1









22












1



1









2



1997



4



8



2



1






10






3












3



1998












1



5









4












4



1999












11
























5



2000



1



30


















6












6






6



38



2



35



5



10






14



1









Kafedra mudiri: prof.Karimov S.A.
-188-
Bundan tashqari xizmat safari va rahbarining biron-bir topshirig‘ini amalga oshirish yuzasidan ham hisobotlar yoziladi. Masalan:
SamDU rektori prof.R. I. Xolmurodovga o‘zbek filologiyasi
fakulteti dekani dosent T. I. Qurbonovning Toshkent shahrida
o‘tgan xizmat safari yuzasidan
HISOBOTI

Men, Qurbonov Tohir, Sizning topshirig‘ingiz va rasmiylashtirilgan buyrug‘ingizga asosan 2003 yilning 13-15 yanvar kunlari Toshkent shahrida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga qarashli muammolar institutida bo‘ldim va qabul qilingan yangi DTS larini o‘quv jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar oldim hamda amaliyotda foydalanish uchun bir necha qo‘llanma va yo‘riqnomalar keltirdim

O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani dos. T.Qurbonov

2003 yil 17 yanvar


ISH YURITISH HUJJATLARINING TILI VA USLUBI
Ish yuritish sohasi o‘zbek tilining amalda bo‘lish imkoniyatlarini namoyish qiladigan yo‘nalishlardan bo‘lib hisoblanadi. Yoziladigan hujjat faqat uning muallifining o‘zi uchun yozilmasdan, ko‘pchilik, shu jumladan, yuqori tashkilot va muassasalar hamda ularning rahbarlari nazaridan o‘tishi ham inobatga olinsa, uni shakllantirishga jiddiy e’tibor berishga to‘g‘ri keladi. Chunki hujjat ma’lum ma’noda uni yozgan kishining savodxonlik darajasini ko‘rsatuvchi oyna ham hisoblanadi. Shunday ekan, uni talablar darajasida rasmiylashtira olmagan yoki o‘z ona tilida savodli qilib yoza olmagan xodimning jamoa oldida uyalib qolishiga to‘g‘ri keladi.
Shu nuqtai nazardan, ma’lum bir korxona yoki tashkilotda ishlaydigan xodim o‘z faoliyatida zarur bo‘lgan asosiy hujjatlarning rasmiylashtirish qoidalarini puxta egallab olgani ma’qul.
Ish yuritish jarayonida avvalgi darslarda ta’kidlab o‘tilganidek, birinchidan, «Davlat tili haqida»gi Qonun talablariga rioya qilish, ya’ni hujjatlarni o‘zbek tilida yozish zarur. Ikkinchidan esa, o‘zbek tilining vazifaviy jihatdan iste’molda bo‘lish yo‘llarini ham farqlab, ularni rasmiy uslubda shakllantirish lozim. Rasmiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlari

-189-
va boshqa vazifaviy uslublardan farqlari to‘g‘risida avvalgi darslarda ma’lumot olingan. Harqalay bu o‘rinda yana bir marta eslatib o‘tish lozimki, ish yuritish hujjatlarida ehtiroslarga berilib, turli xil obrazli so‘zlarni qo‘llash yoki shevachilikka borish, xullas adabiy va rasmiy til me’yorlaridan chetlashish maqsadga muvofiq emas. Bu hujjatlarning matnida fikrlar g‘oyatda aniq, mazmunan puxta, ayni paytda, ravon ifoda etilishi, fikrning ikki xil tushunilishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Fikr mumkin qadar qisqa bayon etilishi zarur. Ularda sodda gaplarga qaraganda qo‘shma gaplarning ko‘proq ishlatilishini inobatga olib, so‘zlar va gaplar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishlarga jiddiy e’tibor berishga to‘g‘ri keladi. Rasmiy uslubda so‘z tartibining buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi.


Bu aytilganlar barcha rasmiy hujjatlar uchun umumiy talablardir. Buning ustiga har bir hujjatning o‘ziga xos rasmiylashtirish xususiyatlari ham borki, ularni inobatga olmasdan ham bo‘lmaydi. Bu o‘ziga xosliklar hujjatdagi birlamchi va ikkilamchi qismlarning joylashtirishidan tortib, so‘z va iboralarni tanlash hamda gap qurilishida ko‘zga tashlanadi. Hujjatlarning kirish va yakuniy qismlari deyarli bir xil. Ammo asosiy mazmunni ifoda etadigan matnda farqlar jiddiy bo‘ladi. Masalan, ariza, tilxat, tushuntirish xati, tarjimai hol, ishonchnoma singari hujjatlar bir kishi tomonidan yozilgani uchun uning rasmiylashtirilishi 1 shaxs tilidan bo‘ladi va unda men olmoshi, fe’lning ma’lum qilaman, iltimos qilaman, so‘rayman, harakat qilaman, ishonch bildiraman, tug‘ilganman, borganman, qabul qilinganman, tugatganman singari fe’lning 1 shaxs o‘tgan va kelasi zamon shakllari ko‘p qo‘llaniladi. Ma’lumotnoma, dalolatnoma, bayonnoma singari hujjatlarda esa ko‘pchilikning fikri ifoda etilgani tufayli unda berildi, tuzildi, eshitildi,qaror qilindi singari so‘z va jumlalar o‘tgan zamonda, majhul nisbatda beriladi. Buyruqlarning rasmiylashtirilishi esa tamomani boshqacha. Unda qat’iyat ohangi kuchli bo‘ladi va topshirilsin, yuklatilsin, so‘ralsin, ogohlantirilsin, tayinlansin, ozod etilsin, berilsin singari fe’l shakllari o‘tgan zamonda, buyruq maylida ifoda etiladi.
Shuning uchun ham har bir hujjatning til va uslub xususiyatlarini o‘rganmoqchi bo‘lgan kishi uning keltirilgan namunalarini sinchiklab kuzatsa, ularning har birining o‘ziga xos xususiyatlarini va qoliplarini bilib olishi qiyin bo‘lmaydi. Hujjatlarni yozishda bir xillikka erishish va unga ko‘nikma
-190-
hosil qilish katta yutuq sanaladi. Imlo va tinish belgilariga e’tibor berish ham g‘oyatda muhim ekanligi yuqorida ta’kidlab o‘tildi.

Yüklə 458,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin