O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
S.A. Karomatov
organik,fizkolloid va biokimyofanidan laboratoriya mashg’ulotlari
60710200 - “Biotexnologiya(tarmoqlar bo`yicha)” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o’quv qo’llanma
Buxoro – 2023 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
S.A. Karomatov ORGANIK,FIZKOLLOID VA BIOKIMYO fanidan laboratoriya mashg’ulotlari
Buxoro – 2023
ORGANIK,FIZKOLLOID VA BIOKIMYO fanidan laboratoriya mashg’ulotlari Sardor Aminovich Karomatov 2021 yil --- b.
O’quv qo’llanma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 23-noyabr 500 sonli burug’i (2-ilova) bilan nаshrgа tаvsiya etilgаn.
Ushbu o’quv qo’llanma аmаldаgi fan dasturi аsоsidа tuzilgаn bo’lib, uning bаrchа tаlаblаrigа jаvоb bеrаdi. Qo’llаnmаdа kimyoviy tеrmоdinаmikа, tеrmоkimyo, kimyoviy muvоzаnаt, stаtistik tеrmоdinаmikа muаmmоlаri, qаytmаs jаrаyonlаr tеrmоdinаmikаsi, fаzаviy muvоzаnаt, bir-, ikki- vа uch kоmpоnеntli sistеmаlаr vа ulаrning hоlаt diаgrаmmаlаri to’g’risidа laboratoriya mashg’ilotlari berilgan.
Hаr bir mаvzu rеjа аsоsidа yozilgаn bo’lib, mаvzulаr so’nggidа tаkrоrlаsh uchun sаvоl va testlar keltirilgan.
O’quv qo’llanma 5140500 – kimyo yo’nаlishi tаlаbаlаri uchun mo’ljallangan. Undаn nаfаqаt kimyo tа’limi yo’nаlishi tаlаbаlаri bаlki, biоlоgiya, ekоlоgiya vа tаbiаtdаn fоydаlаnish, аgrоnоmiya vа tuprоqshunоslik tа’lim yo’nаlishlаri tаlаbаlаri hаm fоydаlаnishlаri mumkin.
Tаqrizchilаr:
Buxoro muhandislik texnologiya instituti kimyo kafedrasi dosenti, PhD B.B. Olimov
BuxDU “Organik va fizkolloid kimyo ” kafedrasi dotsenti, PhD, dotsent Tursunov M.A.
SO’Z BOSHI Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta’lim – tarbiya sohasidagi islohotlar o’qitish jarayoni samaradorligini oshirish va uni yanada yaxshilashga qaratilgan bo’lib, talabalarni kerakli darslik, o’quv hamda uslubiy qo’llanmalar bilan ta’minlash shu muammolar yechimini topishning asosiy bosqichi hisoblanadi.
O‘quv qo‘llanmada dastlab fizikaviy kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari, organik moddalarni tozalash va ularning muhim doimiyliklarini shuningdek, noyob reaktiv va murakkab jihoz-larning ishlatilishini talab qilmaydigan, davomiyligi uncha katta bo‘lmagan (ko‘p vaqtni olmaydigan) sintezlarni o‘tkazish metodikasi batafsil yoritilgan.
Baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida, talabalar sintezlarni bajarishga kirishishdan oldin, kitobdan organik kimyo laboratoriyasida ishlash va texnika xavfsizligi qoidalarini o‘qib o‘zlashtirishlari hamda ularga qat’iy rioya qilishlari lozim.
Ma’lumki, kimyo yo’nalishlari uchun nazariy bilimlarni mustahkamlash, olingan bilimlarning asosi sifatida laboratoriya mashg’ulotlari muhim o’ringa ega. Fizikaviy kimyo fanidan ayni kunda laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish ko’pchilik hollarda moddiy-texnik jihatdan ancha qiyinchilik tug’diradi. Ushbu o’quv qo’lanmada organik va fizkolloid kimyo kafedrasining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda laboratoriya ishlarini bajarilishi uchun uslubiy ko’rsatmalar berilgan. Har bir laboratoriya ishini bajarishdan oldin talabalarga bilimlarini yanada chuqurlashtirishga yordam beradigan nazariy ma’lumotlar berilgan. Ish oxirida hisobotni yozish va nazorat savollari keltirilgan.
Kimyo sohasi jadal sur’atlar bilan rivojlanayotganligi uchun, yaratilayotgan eng yangi va zamonaviy pedagogik texnologiyalar ham bu fanning hozirgi taraqqiyot darajasini qamrab ololmayapti. Tabiiyki, qo‘lingizdagi ushbu kitob ham bundan mustasno emas. Shuning uchun kitobni mukammallashtirish borasidagi fikr-mulohаzаlаr mamnuniyat bilan qabul qilinаdi.
Muallif.