Eski o’zbek tilida unli va undoshlar taraqqiyoti Reja: 1. Eski o’zbek tilida unlilar tizimi. 2. Eski o’zbek tilida unlilar cho’ziqligi. 3. Undoshlar tizimi. 4. Tovushlar uyg’unligi. Eski o’zbek tilidagi, umuman, o’zbek tili tarixida qo’llangan unlilarning
miqdorini belgilash masalasi munozaralidir. Tadqiqotchilarning unlilarni aniqlash
borasida turli tamoyillarni- unlilarning old qator-orqa qator, cho’ziq-qisqalik
xususiyatlarini asos qilib olishi natijasida ularning miqdorini ayni bir xil belgilash
uchun qiyinchilik tug’dirib keldi. Til tarixiga oid ilmiy ishlarda eski o’zbek tilida
6ta, 8ta, 9ta unlining mavjud bo’lganligi haqida fikrlar uchraydi.
Eski o’zbek tilidagi turkiy so’zlarda singarmonizm qonunining amal qilishi,
hozirgi o’zbek shevalarida kontrast juft unlilarning saqlanib qolishi eski o’zbek
tilida 9ta unli, arabcha, forscha so’zlardagi ā unlisining eski o’zbek tilidagi o’rni
qat’iyligini hisobga olganda 10 ta unli mavjud bo’lgan degan xulosaga kelish
mumkin.
SHunday qilib, eski o’zbek tilida 10 ta unli fonema bo’lib, ular quyidagilar:
a,ә,o,ө,u,ү,i,ы,e,ā .
Unlilar xarakteristikasi: a- umumturkiy, orqa qator, quyi-keng, lablanmagan. Manbalarda
alif bilan
beriladi, ayrim qisqa bo’g’inlarda harfiy ifodaga ega bo’lmaydi.
ā- arab, fors tilidan o’zlashgan so’zlarda qo’llanadi, orqa qator, quyi-keng,
lablangan. YOzuvda har doim harfiy ifodaga ega va
alif bilan berilgan.
ә- aksariyat turkiy tillarda mavjud, old qator, quyi-keng, lablanmagan.
Manbalarda
alif bilan beriladi, qisqa bo’g’inlarda
alif ifodalanmasligi ham
mumkin.
e - turkiy tillarda keyin paydo bo’lgan va
i old qator unlisining varianti sifatida
vujudga kelgan. Eski o’zbek tilida mustaqil unli sifatida qatnashadi, kontrast
juftligi yo’q, old qator, o’rta-keng, lablanmagan unli, yozuvda so’z boshida
alifu yoy bilan, so’z o’rtasi va oxirida
yoy bilan yoziladi. Ayrim yodgorliklardagi qisqa
bo’g’inda harfiy ifodaga ega bo’lmasligi mumkin.
i- umumturkiy, old qator, yuqor-tor, lablanmagan. Harfiy ifodasi
e unlisiga
aynandir.
ы- umumturkiy, orqa qator, yuqori-tor, lablanmagan, harfiy ifodasi
i unlisi
bilan aynandir.
o- umumturkiy, orqa qator, o’rta-keng, lablangan. So’z boshida
alifu vov , so’z
o’rtasi va oxirida
vov bilan berilgan.
11
ө- umumturkiy, old qator, o’rta-keng, lablangan. Harfiy ifodasi
o bilan
aynandir.
u- umumturkiy, orqa qator, yuqori-tor, lablangan, harfiy ifodasi
o unlisi
singaridir.
ү- umumturkiy, old qator, yuqori-tor, lablangan, harfiy ifodasi
o,ө,u unlilari
bilan o’xshash.
Bu unlilar o’rni bilan birlamchi va ikkilamchi cho’ziqliklarga ega bo’ladi.
Ular xuddi hozirgi o’zbek tilidagidek, uch xil xususiyatiga ko’ra tasnif qilinadi:
I. Tilning gorizontal harakatiga ko’ra:
1.Old qator(til oldi, yumshoq) unlilar: ә
,i,ү,ө,e. 2. Orqa qator(til orqa, qattiq) unlilar:
a,ы,u,o,ā. II. Tilning vertikal holatiga ko’ra:
1.
YUqori(tor): ү
,u,i,ы. 2. O’rta(keng): ө