79
Bundan
shunday xulosa qilish mumkinki, bunday bog’lanishda bosh va ergash
gaplarning o’rinlashuvi erkin bo’ladi. Qaysi gap ta’kidli ifodaga ega bo’lsa,
so’zlovchi uchun muhim bo’lsa, o’sha denotat avval joylashadi. Misoldagi asosiy
voqea
(Tojni aning qornig’a qo’ydi)
so’zlovchi uchun muhim, shuning uchun uni
birinchi planga qo’ygan.
SHu bilan birga, sabab ergash gap bosh gapga yana quyidagi vositalar
yordamida bog’lanishi mumkin:
Negәkim
bog’lovchisi yordamida:
Bu fursatda Bajurnы shah Mir Husayng’a
inayat qыlыb, Xaja Kalanni tilәb erdүk,negәkim Xaja Kalan musahыb erdi (BN).
O’tgan zamon sifatdoshiga uchinchi shaxs egalik affiksining qo’shilishi,
so’ngra
uchun
ko’makchisini keltirish bilan:
Qabulnың daramad vә hasыlыnы
bilmәy mundaq taxmil bolg’anы uchun, vilayat xili xarab boldы (BN).
Ba’zan
sifatdosh tarkibidagi egalik affiksi tushib qolgan:
Atasы vilayatqa kirib, nechә
mahal sallahlыq qыlg’an uchun, Qanbar Ali sallah der erdilәr (BN).
-b(-ib,-ыb//-ub,-үb) affiksli ravishdosh vositasida:
Bu vaqea andыn yad
berib, cherik eligә vahima g’alыb boldы (BN).
SHart ergash gapli qo’shma gaplar.
Hozirgi o’zbek tilida shart ergash
gaplar bosh gap bilan fe’lning
shart mayli shakli, o’rin-payt kelishigidagi
sifatdosh shakli, kelasi zamon sifatdoshi hamda to’liqsiz fe’l, ravishdoshning
bo’lishsiz shakli, o’rin-payt kelishigida sifatdosh hamda to’liqsiz fe’l shakllari
orqali birikadi.
Bunday qo’shma gaplar mazmunini shart munosabati tashkil etadi. Ikki yoki
undan ortiq denotativ gap shartlanganlik munosabatiga kirishadi. SHakliy
funksional jihatdan ergash gap bosh gapning sintaktik qurilishida shart holi
o’rnini egallaydi:
Dost visalыn tilәr bolsaң, ashыq bol
(Navoiy MQ).
Ergash gapning predikati bo’lishsiz fe’l shakli bilan ifodalanishi mumkin.
Buning natijasida shart voqea bir qadar ta’kidli ifodaga ega bo’ladi:
Har vafag’a
yuz jafa tartmasaң, gүnәhkәr-sen
(Navoiy MQ).
Eski o’zbek tilida
agar
bog’lovchisi shart ergash gapli qo’shma gaplar
tarkibida keng qo’llangan bo’lib, u shart mazmunini kuchaytirib kelgan:
Agar
shabixun barsaq, qarang’u kechәdә kishi kөrmәs (BN).
Agar
yordamchisi XI asrlardan boshlab fors-tojik tilidan o’zlashgan bo’lib, to
hozirgi kungacha qo’llanib kelayotgan shart bog’lovchisidir.
XI-XII-XIII asr
adabiy tilida oz miqdorda ko’zga tashlanib, XIV-XVI asrlardan boshlab keng
qo’llangan. Bu bog’lovchi
ar
shaklida ham qo’llangan:
Ma’zur tut ar vaslыңa
kechrәk yetsәm//nechara qыlay azg’ыna mani’ bardur (BN).
Ergash gapning o’rni, chegarasi va uning formal shakllanishida o’ziga xoslik
ham ko’zga tashlanadi. Ma’lumki, hozirgi o’zbek tilida avval shart ergash gap,
so’ngra bosh gapning kelishi doimiy qonuniyat. Lekin eski o’zbek tilida bosh
gapning ergash gapdan oldin kelishi holati ham kuzatiladi:
Zeridastlarg’a naf’
yetkүr, agar tilәsәң ke, zabardastlardan zarar kөrmәgәy-sen
(Navoiy MQ).
Ushbu gapni quyidagicha transformatsiya qilish mumkin:
Agar zabardastlardan
zarar ko’rmaslikni tilasang, zeridastlarg’a naf’ etkur.
Endi quyidagi gaplarni tahlil qilib ko’raylik:
Desәң ke, taamың zaye
bolmag’ay – yedur; Tilәsaң ke, libasың eskirmәgәy – kiydүr
(Navoiy MQ).
80
SHakliy jihatdan olib qaralganda,
desangki, tilasangki
so’zlari kirish so’z
vazifasida qo’llangandek ko’rinadi.
CHunki
zoe bo’lmag’ay, eskirmagay
kelasi
zamon fe’l shakllari kesim vazifasida kelgan. Lekin mazmunan olib qaralganda,
desangki, tilasangki
leksemalari ergash gaplar predikatining bir qismi
hisoblanadi. Qiyoslang:
taoming zoe bo’lmag’ay – edur yoki libosing eskirmagay
– kiydur
,
deb olsak, ma’no chalaligi yuzaga keladi, shartlanganlik munosabati
to’la reallashmaydi. Bu gaplarni quyidagicha transformatsiya qilish mumkin:
Taoming zoe bo’lmasin desang, edur yoki libosing eskirmaslikni tilasang, kiydur.
Fikrimizcha, bunday konstruksiyalar eski o’zbek tiliga fors-tojik tilidan
o’zlashgan.
SHart ergash gapning kesimi buyruq maylidagi fe’l shakli bilan ifodalanadi.
Bosh
gap bilan
–ki (-kim)
vositasida shakliy sintagmatik munosabatda bo’ladi:
Mazlumg’a baxshayish kөrgүz ke, zalimdыn asayish kөrgәy-sen
(Navoiy MQ).
Bunday shakliy vosita orqali birikish hozirgi o’zbek tilida kuzatilmaydi.
SHart ergash gap bosh gapga
–sa erdi
shakliy vositasida ham birikishi
mumkin. Bunda shart voqea taxmin, gumon ma’no ottenkalariga ega bo’ladi:
Andaq ke, bir az nimә bevuqufraq kishi qashыda oqusa erdi, kөp yaxshыlыqqa
өtkәrүr erdi
(Navoiy HM).
To’siqsiz ergash gapli qo’shma gaplar
.
Ma’lumki, hozirgi o’zbek tilida
to’siqsiz
ergash gaplar bosh gapga
–sa ham, -ganda ham, -sa+da, -gani bilan,
qaramay
kabi shakliy vositalar yordami bilan bog’lanadi. Eski o’zbek tilida esa
shart ergash gapning predikatlari ijro maylidagi fe’l shaklida bo’ladi. To’siqsizlik
ma’nolarini ifodalashda ergash gap tarkibidagi
agar, agarchi
leksemalari katta
rol o’ynaydi. SHu bilan birga, denotatlar tarkibidagi
ayrim leksik vositalar ham
ahamiyatli hisoblanadi. Bunday gaplarda bir paytning o’zida ikki xil munosabat,
ya’ni, ham shart munosabati, ham to’siqsizlik munosabati mavjud bo’ladi.
CHunki «to’siqsizlik» deganda, muayyan shartning tegishli voqeaning yuzaga
kelishida to’siq bo’lmasligi nazarda tutiladi. Bunda shart munosabati bevosita
emas, balki bilvosita ishtirok etadi, boshqacha qilib aytganda, shart munosabati
gapda tagbilim sifatida mavjud bo’ladi. Agar tagbilim sifatida shart munosabati
ishtirok
etmas ekan, to’siqsizlik munosabatining yuzaga kelishi mumkin emas.
Misol:
Vә qamchыnы agar tazyana derlәr, buldurg’asыn vә chuburg’asыn
turkcha ayturlar
(Navoiy ML).
Ushbu misolda «qamchi tozyona deyilsa, buldurg’asi va chuburg’asi ham
forscha atalishi kerak» degan shart munosabatidagi tagbilim mavjud. Ana shu
shart me’yorining buzilishi to’siqsizlikni yuzaga keltiradi:
Vә qamchыnы tazyana
desәlәr ham, buldurg’asыnы va chuburg’asыnы turkcha ayturlar.
To’siqsiz ergash gaplarda bosh gap ergash gapdagi shart mazmuniga zid
bo’lgan harakat, voqealarni ifodalaydi:
Agarchi bir nechә vaqt bizzarurat ulum
kasbig’a ishtig’al kөrgүzүbtүrlәr, amma hech vaqt nazm ayыnыdыn hali emәs
ekәndүrlәr
(Navoiy XM).
Ba’zan
agarchi, garchi
bog’lovchilari ishtirok etgan to’siqsiz ergash gapli
qo’shma gaplarning keyingi
komponenti- bosh gap oldida
vәle zidlov
bog’lovchisi kelib, u komponentlardagi zidlikning ortiq ekanligini ko’rsatadi:
81
Agarchi mundыn burun xabarnы bir pыyada keltүrүb erdi, vәle sevinchigә ek
Vays bir ayda keldi (BN).
Ma’lumki,
agar, agarchi
bog’lovchilari eragash gap tarkibida kelib, eragsh
gaplar doimo bosh gapdan oldin keladi. Lekin eski o’zbek tilida bunday to’siqsiz
ergash gaplar bosh gapdan keyin ham kelgan:
Yazlar yaxshы havasы bar,
agarchi Qabulcha yoqtur (BN).
Payt ergash gapli qo’shma gaplar
.
Ma’lumki, payt ergash gapli qo’shma
gaplarda, asosan, ikki denotativ voqea ifodalanib, ularning biri ikkinchisining
ichiga payt bildiruvchi uzv sifatida kiradi. SHuning uchun ham ikki denotativ
voqea o’rtasidagi munosabat payt munosabati
sifatida reallashadi va bu
munosabat ifodalangan qo’shma gap payt ergash gapli qo’shma gap sifatida
baholanadi.
Hozirgi o’zbek tilida payt ergash gaplar bosh gapga fe’l shakllari,
ko’makchilar va ayrim yuklamalar yordami bilan birikadi.
Eski o’zbek tilida payt ergash gaplar bosh gapga quyidagicha bog’lanadi:
1. Ergash gapning predikati bosh gapga ravishdosh shakli vositasida bog’lanadi.
Bunday gaplarda ergash gapda ifodalangan voqea-hodisa bo’lib o’tganidan so’ng
bosh gapdagi voqea boshlanadi:
Vә umriniң axыrыda Nөshirәvәnni өz ornыda
olturtыb, өzi gөshә tuttы
(TMA 224).
2.
CHun
Dostları ilə paylaş: