Kanalar fAcarina) ni o'rganuvchi fan akarologiya deb ataladi. Hozirgi vaqtda
kanalam ing 30 mingga yaqin turi m a ’lum. Kanalarning aksariyati odam va har xil
hayvonlarning ektoparazitlari bo'lishi bilan bir qatorda, xilma-xil xavfli kasallik-
lami ham tarqatadi. Parazitlik hayot sharoiti ulaming tuzilishini o ‘zgarishiga olib
kelgan. Jumladan, boshko'krak qoringa butunlay qo'shilib ketgan, xelitseralari va
pedipalpalari sanchib so ‘ruvchi xartumga aylangan va gavdasining oldingi uchida
b o'rtib chiqib turadigan “boshcha”sini hosil qilgan. Kanalar metamorfoz yo'li bilan
rivojlanadi, y a ’ni tuxumdan 4 juft o'rniga atigi 3 juft yurish oyoqlari b o ‘lgan lichin-
ka chiqadi. Lichinka rivojlanadi va tullab 4 juft oyoqli nimfa davriga o ‘tadi. Nimfa
1-3 marta p o 's t tashlab, jinsiy yetuk kana - imagoga aylanadi. Kanalar 6 oydan
25 yilgacha yashaydi. Kanalarning 800 dan ortiq turi o'simliklarda parazitlik qiladi,
50 dan ortiq turi esa tasmasimon chuvalchanglaming oraliq x o ‘jayini hisoblanadi.
Kanalar odam va hayvonlarning terisiga yopishib qonini so'radi, mexanik jaro-
natlab yaralar hosil qiladi, zaharli soTaklarini organizmga yuborib zaharlaydi va
kuchli bezovtalanishga olib keladi. Qichima, y a ’ni qo4ir kanalari esa terida kuehli
qichishni vujudga keltirib, organizmni dannonsizlantiradi.
Kanalar vujudga keltirgan yaralar orqali har xil mikroblar organizmga kirib,
boshqa kasalliklami keltirib chiqaradi. Ayniqsa, chorva mollari va parrandalar
kanalardan k o 'p zarar k o ‘radi, ulam ing mahsuldorligi keskin pasayib kctadi, rivoj-
lanishdan orqada qoladi, yosh mollar ko'pincha nobud bo'ladi.
Kanalar turkumi vakillari morfologik va biologik xususiyatlariga k o 'ra bir nech-
ta oilalarga bo'linadi. Chorva mollari, parrandalar va odamlarga ziyon yetkazuvchi
parazit kanalarga asosan iksod, argaz va qichima (qo'tir) kanalari oilalari kiradi.