S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/136
tarix16.12.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#183403
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   136
Parazitologiya.Дадаев С

Gelmintoovoskopiya. 
1. “
Perional” qirish usuli.
Ayrim gelmintlar (oksiu- 
ratning k o 'p g in a vakillari) tuxumlarini hayvonning orqa chiqaruv teshigi atrofiga 
qo'yadi va biroz qismi orqa chiqaruv teshigining burmalarida qoladi. Shuning 
uchun ham hayvonning shu gelmintlar bilan kasallanganiigiga shubha tug'ilganida, 
hayvon tezagidagi emas, balki orqa chiqaruv teshiklari atrofida qotib qolgan tezak- 
larini qirib olib, gelmint tuxumlarini qidirish maqsadga muvofiqdir. Qirindi yo g 'och
kurakcha bilan yoki temir shpatel bilan tckis qilib olinadi. Olingan bu qirindi oyna 
ustiga qo'yilaui va baravar miqdorda suv bilan suyultirilgan glitserin tomchisi (2-

tomchi) tomizilib aralashtiriladi, so 'n g mikroskopda tekshiriladi.
2. 
Oddiy (naiiv) surtma tayyorlash usuli.
Bu ju d a oddiy bo'lib, gelmint tuxum ­
larini tezakdan ajratish maqsadida qo'ilaniladi. N o'xat kattaligidagi tekshiriladigan 
tezak buyum oynasiga qo'yiladi, ustiga teng miqdorda suv bilan suyultirilgan glitse- 
rindan bir necha tomchi tomizilib, yog'och yoki shisha tayoqcha bilan aralashtiri­
ladi. Hosil b o'igan aralashma qoplagich oyna bilan qoplanib, mikroskopda tekshiri­
ladi. Har bir tezak namunasi alohida tayoqcha bilan aralashtirilishi kerak. Y o g ‘och 
tayoqcha bir marta ishlatiladi, shisha tayoqcha esa ishlatilgandan so 'n g yuviladi.
Bu usulning samaradorligi past, chunki oz miqdorda olingan tezakda gelmint 
tuxumi bo'lmasligi ham mumkin, sababi gelmintning chiqishi hayvonning zarar- 
langanlik darajasiga bog'liq. Hayvon organizmida gelmintlar ju d a k o 'p bo'lsa, ular­
ning tuxumi ham shuncha k o 'p bo'ladi, u holda tashqi muhitga ju d a k o 'p miqdorda 
tuxum ajralib chiqadi. Shuni ham aytib o ‘tish kerakki, tekshirish paytida gelmint 
tuxumlarining bo'lm asligi hayvonning sog'lomligidan darak bermaydi. Shuning 
uchun aniqroq m a ’lumot olish maqsadida (har qaysi hayvon tezagidan) eng kamida
10 
preparat tekshirish lozim.
K o 'p ro q tezak olib. uni yot b o ‘lakchalardan qisman tozalab, gelmintlaming tu­
xumlari konseniratsiyalangandagina natijaga erishish mumkin. Gelmint tuxumlarini 
konsentratsiyalash, ulami solishtirma og'irligi yuqori suyuqlik yuzasiga chiqarish 
(flotatsiya usuli) yoki ch o'km aga tushirish usuli bilan amalga oshiriladi.
131


3. 
Gelmint tuxwnlariniflotatsiya qilish usuli
(A. Fyulleborn usuli). Gelmint tu- 
xumlarining suyuqlik yuzasiga suzib chiqishi uchun osh luzining to'yingan erit- 
masi ishlatiladi (solishtirma og'irligi 1,18 ga teng). U quyidagicha tayyorlanadi: 
chelakdagi qaynab turgan suvga to'yingan eritma hosil bo'lguncha osh tuzi solinadi. 
Hosil b o ‘lgan bu eritma paxta yoki doka orqali biror idishga suzib q o ‘yilib, sovuti- 
ladi. Bunda tuz idish tagida ch o 'k m a hosil qilishi kerak. Ushbu eritmani tayyorlash 
uchun 1 litr suvga 380 g osh tuzi solinadi.
Tekshirish uchun 5 -1 0 g tezak olinib, biror stakanga solinadi va bir qism tezak- 
ka 20 qism to ‘yingan eritma solinadi. Hosil b o ‘lgan aralashma shisha yoki y o g ‘och 
tayoqcha bilan aralashtirilib, sut simli to 'r yoki dokadan toza stakanga suziladi. 
M azkur aralashma 30 -4 0 daqiqa tindiriladi. Natijada solishtirma o g ‘irligi to ‘yingan 
osh tuzining solishtirma og'irligidan kam b o 'lg an gelmint tuxumlari eritma yuziga 
qalqib chiqadi. So'ngra suv yuziga qalqib chiqqan gelmint tuxumlarining yupqa 
pardasi sim ilmoqcha (45-rasm, “a”) bilan kesiladi va bir necha tomchi suyuqlik 
buyum oynasi ustiga quyilib, usti qoplagich oyna bilan qoplanadi-da, mikroskopda 
tekshiriladi. N amuna tez qurib qoladi, shuning uchun ham uni darhol tekshirish 
kerak. Agar namuna quriy boshlasa, unda qoplagich oyna ostiga pipetka bilan suv 
yoki teng miqdorda suv bilan suyultirilgan glitserin tomiziladi. Simli ilmoq ishlatil- 
gandan so ‘ng spirt lampasi alangasida kuydiriladi.
a ) F y u l l e b o r n u s u l i bilan osh tuzining to ‘yingan eritmasiga nisba- 
tan solishtirma og'irligi yengil bo'lgan gelmint tuxumlarini topish mumkin (askari­
da, strongilyat va boshqa nematod va sestodlar tuxumi). Solishtirma og'irligi eritma 
solishtirma og'irligiga yaqin b o 'lg an gelmint tuxumlarini topish birm uncha qiyin 
(trixotsefallar, metastrongilidlar, kapilyariy tuxumlarini) va solishtirma og'irligi 
eritma solishtirma og'irligiga nisbatan og'ir b o 'lg an gelmint (trematod) tuxumlarini 
bu usulda aniqlab bo'lmaydi.
b ) S h e r b o v i c h u s u l i . Stakanga 5 - 7 g tezak solib, uning ustiga av- 
val oz miqdorda, keyin bir qism tezakka 10 qism suv to 'g 'ri kelguncha suv quyib 
aralashtiriladi. Hosil bo'lgan suyuq aralashma toza stakanga sim to 'rd a suzilib, 10- 
15 daqiqa tindiriladi, so'ngra suyuq qismi boshqa idishga quyiladi. C h o 'k m a
esa sentrifuga probirkalariga solinib, 2 -3 daqiqa aylantiriladi. Sentrifugada ay- 
lantiriigandan keyin suyuq qismi boshqa idishga quyiladi, cho'k m a ustiga esa gipo- 
sulfitning to'yingan eritmasidan q o'shib aralashtirilib, yana 2 -3 daqiqa sentrifugada 
aylantiriladi-da, so 'n g xuddi Fyulleborn usuli singari simli ilmoq bilan probirkadan 
bir tomchi suyuqlik olinib, mikroskopda tekshiriladi. Shcherbovich usuli b o 'y ich a
132



Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin