larga, junlarga yopishib turadi. Bunday tuxumlardan tez muddat ichida lichinkalar
paydo b o ‘ladi. Lichinkalar o ‘z tuzilishiga k o 'ra voyaga yetganlariga o ‘xshab keta
di, faqat o ic h a m la ri va teri pigmentlari bilan farq qiladi, Parxo‘rlaming um um iy
rivojlanishi 3 - 4 haftani o 'z ichiga oladi. Ular asosan teri epidermisi, patning ayrim
qismlari, teridan ajraladigan mahsulotlar hisobiga, shuningdek, yaralardan ajraladi-
gan moddalar hisobiga oziqlanadi. Ular o ‘zlari yashayotgan organizmni ju d a ham
bezovta qiladi, buning evaziga hayvonlarning mahsuldorligi kamayadi.
It va mushuklaming junxo'rlari ju n ostida yashab, parazitlik qilish bilan birga,
b a ’zan ayrim tur parazit chuvalchanglaming tuxumlarini ham tarqatadi.
Parxo'rlam ing 2600 ga yaqin turi m a ’lum, shulardan 300 ga yaqin turi sutemi-
zuvchilarda, qolganlari esa qushlarda parazitlik qiladi. Ulardan taxminan 400 ga
yaqin turi M DH mamlakatlarida uchrashi qayd qilingan.
P arxo'rlar turkumi o 'z navbatida 2 ta kenja turkumga va bir nechta oilaga
b o iin ad i. Haqiqiy parxo'rlar kenja turkumiga oqish tovuq p arx o ‘rini misol qilib
olish mumkin. Pat va ju n x o ‘rlar kenja turkumiga esa tovuqlaming bosh p a rx o ‘ri
va kaptar parxo'rini ko'rsatish mumkin. Shuningdek, ularga kattaligi 4 - 5 m m ke-
ladigan yirik o ‘rdak parxo'ri, it, mushuk va boshqa sutemizuvchilarda uchraydigan
ju n x o ‘rlami ham k o ‘rsatish mumkin (65-rasm).
Kimyoviy preparatlardan foydalanib, parxo'rlarga qarshi kurash olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: