Hind kala-azarida terining rangi qoramtir, ba’zan tim qora bo'ladi.
Ayrim olim-
larning fikriga ko'ra, bunday hodisa buyrak usti bezlari faoliyatining susayishi tu-
fayli kelib chiqadi, chunki leyshmaniyalar shu bezning po‘st
qismidagi makrofag-
larida ham uchraydi.
O 'rta Yer dengizi visseral leyshmaniozida teri va shilliq pardalar oqarib, mumsi-
mon bo'lib qoladi. Bemorning jigar va talog'i kattalashib, kamqonlik hamda leyko-
peniya kuzatiladi. Bemor ozib ketadi. Bu kasallikni ham iskabtoparlar yuqtiradi.
Jigari va talog'i shishib, bemor halok bo'lishi mumkin.
Kala-azar qo'zg'atuvchisi
Janubiy va Shimoliy Osiyo, Italiya, Turkmaniston-
ning ayrim hududlarida uchraydi.
Professor N.I. Xodukin visseral leyshmaniozning endemik zanjiri: it-flebotomus-
odam ekanligini aniqlagan.
Akademik Ye.N. Pavlovskiy odamlar va hayvonlar o'rtasida bo'g'im oyoqlilar
yordamida aylanib yuradigan kasalliklarni tabiiy manbali transmissiv kasalliklar
deb ataydi.
Har ikkala leyshmanioz bilan ham ko'proq bolalar kasallanadi.
Kasalliklardan
keyin muntazam immunitet hosil bo'ladi. Shuning uchun har bir kishi leyshmanioz
bilan faqat bir marta kasallanadi.
Kasallikni aniqlash uchun to'sh suvagi ko'migi
mikroskop ostida qaralib, hujayralarida leyshmaniya
lar bor-yo‘qligi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: