S d a d a y e V p a r a z I t o L o g I y a



Yüklə 6,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/136
tarix16.12.2023
ölçüsü6,91 Mb.
#183403
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   136
Parazitologiya.Дадаев С

V* Q~ 
(Man,
g^7\
1 1 -r a s m . B e z g a k p a r a z i t i n i n g
r iv o j la n i s h sikli:
1 -2 -o d a m
jig a ri 
h u ja y ra la rig a
k ira y o tg a n s p o ro z o itla r; 3—4 -s h iz o - 
g o n iy a y o i i b ila n s p o ro z o itla rd a n
m e ro z o itla rn in g h o sil b o ‘lishi; 5- m e- 
ro z o itla rn in g
e ritro ts itg a
k irish i;
6 -9 - m e ro z o itn in g o ‘sish i va s h iz o - 
g o n iy a ; 
1 0 -m c ro z o itla rn i e ritro ts it- 
d an c h iq ish i (k e y in c h a lik e ritro ts ita r 
d a v r b ir n e c h a m a rta q a y ta rila d i);
1 1 - 1 2 - m a k ro g a m e to ts itn in g
riv o j- 
lan ish i; 
1 la - 1 2 a - m ik r o g a m e to ts it-
la rn in g riv o jla n ish i; 1 3 -m a k ro g a m e - 
ta; 
1 4 -m ik ro g a m e to tsit; 
1 5 -m ik ro - 
g a m e ta n in g h o sil b o i i s h i :
16-ga- 
m e ta la rn in g q o 's h ilis h i; 
1 7 -zig o ta; 
1 8 -o o k in eta; 1 9 -o o k in e ta n in g c h iv in
o sh q o z o n i 
h u ja y ra la rig a
k irish i; 
2 0 -o o k in e ta n in g o o ts is ta g a a y la n i- 
shi; 2 1 -2 3 -o o ts is ta la rn in g o 's i s h i va 
sp o ro z o itla rg a a y la n is h i; 2 4 -c h iv in
g e m o lim fa sid a o o ts is ta d a n sp o ro z o it- 
la rn in g h o sil b o i i s h i ; 2 5 -s p o ro z o it- 
la rn in g c h iv in s o i a k b e z ig a o i i s h i .
Eiitrotsitlarda rivojlanishning boshlanish davrida trofozoitlar tanasining marka- 
zida vakuola boiganligi uchun uzuk shaklida ko'rinadi. Keyinchalik vakuo- 
la yo'qoladi va parazit amyobasimon shakliga kiradi. Trofozoitlardan bo‘linib 
ko ’payuvchi shizontlar hosil bo'ladi. Eritrotsitlardagi bir shizont yadrosi bir necha 
m arta bo 'iin ad i va 12 -24 ta m erozoitlar yetiladi. S o'ngra bu m erozoitlar eritro- 
tsitning qobig'ini yemirib, qon plazmasiga o'tadi. Bu hodisa merozoit eritrotsitga 
kirgandan 48 soat o'tgach sodir bo'ladi va xuddi shu paytda odamni bezgak tutadi. 
Sababi qon plazmasiga minglab merozoitlar bilan birga melanin degan zaharli mod- 
dalar ham chiqadi va qonni zaharlaydi. Qon plazmasidagi merozoitlar yana qaytadan 
sog'lom eritrotsitlarga kirib, jinssiz rivojlanishni yangidan boshlaydi. Bir necha 
bor shizogoniya usulda ko'payish qaytarilgach, bemor qonida jinsiy individlar -
gametotsitlar hosil bo'ladi, y a’ni eritrotsitlar ichidagi merozoitlardan urg'ochi -
makrogametotsitlar va erkak mikrogametotsitlar paydo bo'ladi.


Gametotsitlarning keyingi rivojlanishi anofeles chivinining medasida kechadi. 
Anofeles odamning qonini so'rganda gametotsitlar chivinga o'tadi. Chivinning 
ichida mikrogametotsitlarning rivojlanishi natijasida 4 -8 ta xivchinli 5-6 ta mikro- 
gametalar hosil bo'ladi. Makrogametotsitlaming yadrosi ham kattalashib, makro- 
gametalarga aylanadi. Mazkur makro- va mikrogametalar qo'shilib, zigota hosil 
qiladi. Zigota harakatchan bo'lib, u ookineta deb ataladi. Ookineta chivin oshqo- 
zoni devorini teshib kirib, elastik po'stga o'raladi va ootsistaga aylanadi. Ootsista 
o'sib, yadrosi bir necha marta bo'linadi, har bir yadro bo'lagini sitoplazma o'rab 
oladi va natijada minglab juda mayda duksimon sporozoitlar hosil bo'ladi. So'ngra 
ootsistalar pardasi yoriladi-va ichidagi sporozoitlar (10000 tagacha) chivinning 
tana bo'shlig'iga tushib, gemolimfa suyuqligi orqali barcha organlariga tarqaladi. 
Ular chivinning so'lak bezida ko'plab to'planadi. Mana shunday chivinlar odamni 
chaqqanida chivin so'lagi bilan birga sporozoitlar ham odam qoniga o'tadi.
Sporozoitlar bir yadroli uzunchoq shakiga ega bo'lib, uzunligi 10-15 mikronga 
teng.
Bezgak yer yuzida juda keng tarqalgan kasallikdir. Bezgak kasaliga uchragan 
odamda kuchli anemiya (kamqonlik) kuzatiladi. 1mm3 qondagi eritrotsitlar soni 
normadagi 5 mln. dan 1 mln. gacha tushib qoladi.
MDH mamlakatlarida bezgak kasalligi XIX asrning oxiri XX asrning birinchi 
yarmida Kavkaz. Markaziy Osiyo, Volganing o'rta va quyi oqimida hamda Ukrai- 
nada keng tarqalgan edi. 1935-yilning o'zida mazkur hududlarda 9 mln. kishi bez­
gak bilan kasallanganligi m a’lum. Bu davrda odamlarning bezgak bilan kasallani- 
shi, ayniqsa, Afrika, Janubiy Amerika, Osiyo va Yevropadagi juda ko'plab mam- 
lakatlarda keng tarqalgan edi. 1930-yillarda faqatgina Hindistonning o'zida har yili 
100 mln.dan ortiq kishi bezgak bilan kasallangan.
Bezgak kasalligining qo'zg'atuvchisini o'rganish va unga qarshi kurash chora- 
larini ishlab chiqishda rus olimlaridan 1.1. Mechnikov, V.M. Afanasyev, V.Ya. Da- 
nilevskiy, Ye. Marsinovskiy, V.N. Beklemishev, D.D. Romanovskiy va
S.M. Isayev, fransuz olimi Sh.L.A. Laveron, ingliz olimi R.D. Ross, P. Gariyem, 
italiyalik olim D.B. Grassi, Bastenelli va boshqalarning xizmatlari kattadir.
Markaziy Osiyo, shu jumladan, O 'zbekistonda ham bezgakka qarshi ishlar olib 
borilgan. Birinchidan, bezgak bilan kasallangan odamlami majburiy yalpi davolash 
kurslaridan o'tkazilgan. M a’lumki, bezgak chivini o 'z tuxumini ko'lm ak suvlar- 
ga qo'yadi. Shuning uchun bezgak chivini ko'payishining oldini olish maqsadida


k o im ak suvlar va botqoqliklar o'zlashtirilib, quritildi. Bezgak chivinlari, ularning 
tuxumi, lichinkalari va g'umbaklari turli usullar bilan qirib tashlandi. Oxirgi yil- 
larda bezgak chiviniga qarshi biologik kurash choralarini qo ilash g a alohida e ’tibor 
berilmoqda. Xususan, issiq iqlimli joylarda bezgak chivini lichinkasini yo'qotish 
uchun hovuz va ko'llarda tirik tug'ar gambuziya balig'i ko'paytirilmoqda. Bu tad- 
birlarni o'tkazish natijasida 1960-yildan boshlab MDH mamlakatlarida, shu jumla- 
dan, O 'zbekistonda ham bezgak kasalligi butunlay tugatilgan. Lekin odamlarning 
bezgak bilan kasallanishi Janubiy va Markaziy Amerika, Osiyo va ayniqsa, Af­
rika mamlakatlarida hozirgi kunda ham keng tarqalgan. Jahon so g iiq n i saqlash 
tashkiloti maTumotlariga qaraganda, oxirgi vaqtlarda har yili yer shari aholisining 
5-6 mln.ni bezgak chivinlari yuqtirgan bezgak kasalligi tufayli olamdan ko'z yum- 
gan. Shulardan 1 mln.dan ortiqrog'i 4-5 yoshgacha bo'lgan bolalarga to 'g 'ri keladi. 
Hozirgi vaqtda anofeles avlodiga kiradigan chivinlaming 400 dan ortiq turi mavjud 
bo'lib, shulardan 25-30 ta turi bezgak kasalligini qo'zg'atuvchilarining tashuvchisi 
hisoblanadi.
Odamlami chivin chaqishidan saqlash uchun badanga chivinga qarshi kremlarni 
surish, yozda pashshaxonalardan foydalanish lozim.

Yüklə 6,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin