tugunchalari deyiladi. Keyinchalik bu tugunchalar molluskaning nafas olish teshigi
orqali tashqi muhitga chiqib, o'sim lik va boshqa narsalarga yopishadi.
Parazit lichinkalarining molluska tanasida rivojlanishi 82 kundan 6 oygacha da-
vom etadi. Ikkinchi oraliq xo'jayini - chumoli serkariylari bor shilliq qopchalarni,
y a ’ni to'plam sistalarni yeb, ularni o'zlariga yuqtiradi. Chumolilar organizmida
26-62 kundan keyin serkariylar metatserkariylarga aylanadi. Asosiy xo'jayinlari
(chorva mollari va boshqa umurtqali hayvonlar) suv va o'sim liklar bilan birga
zararlangan chumolilarni yutib yuborish orqali parazitlarni o'zlariga yuqtiradi.
Odam ham xuddi shu yo'l bilan zararlanishi mumkin. Asosiy xo'jayini organiz
miga o'tgan metatserkariylar jigar va o 't yo'llarida taraqqiy etib, 1,5-3 oydan keyin
jinsiy voyaga yetadi.
Nashtarsimon ikki so'rg'ichlilar keltirib chiqaradigan kasallik dikrotselioz
deyiladi. Bu kasallik chorva mollari o'rtasida deyarii hamma joyda uchraydi.
Respublikamizda mollaming dikrotselioz bilan kasallamshi ko'pincha tog' va
tog'oldi mmtaqalarida kuzatiladi. Chunki bu mintaqalarning iqlim sharoitlari oraliq
xo'jayinlarning yashashi va ko'payishi uchun qulaydir. Bunday joylarda katta yosh
dagi qo'ylar dikrotselioz bilan 93 % gacha, 1-2 yoshdagi qo'ylar esa - 87 % gacha
va bir yoshgacha bo'igan qo'zilar - 66 % gacha kasallanganligi kuzatilgan. Birin
chi oraliq xo'jayini - molluskalaming parazit lichinkalari bilan zararlanish darajasi
5-5,8 % ni tashkil qiladi. Dikrotseliyning ikkinchi, ya’ni qo'shim cha xo'jayini -
chumolilaming zararlanish darajasi 2 8 ^ 3 % ni tashkil qilib, ayrim chumolilarda
metatserkariylar soni 250 tagacha boradi. Bitta qo'y jigaridagi parazitning soni
50 mingtagacha borishi mumkin, bunday paytda kasallik og'irlashib, hatto o'lim ga
olib keladi. Dikrotseliczni davolash va uning oldini olish uchun avvalo kasallan
gan chorva mollami geksaxlor - paraksilol, geksixol, politrem, panacur, getolin va
boshqa dorilar bilan degelmintizatsiya qilinadi. Yosh mollarni dikrotseliy tarqalgan
yaylovlarda boqmaslik, vaqti-vaqti bilan yaylovlami almashtirib turish va oraliq
xo'jayinlariga qarshi kurash chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Dostları ilə paylaş: