3.
Gelmint tuxwnlariniflotatsiya qilish usuli
(A. Fyulleborn usuli). Gelmint tu-
xumlarining suyuqlik yuzasiga suzib chiqishi uchun osh luzining to'yingan erit-
masi ishlatiladi (solishtirma og'irligi 1,18 ga teng). U quyidagicha tayyorlanadi:
chelakdagi qaynab turgan suvga to'yingan eritma hosil bo'lguncha osh tuzi solinadi.
Hosil b o ‘lgan bu eritma paxta yoki doka orqali biror idishga suzib q o ‘yilib, sovuti-
ladi. Bunda tuz idish tagida ch o 'k m a hosil qilishi kerak. Ushbu eritmani tayyorlash
uchun 1 litr suvga 380 g osh tuzi solinadi.
Tekshirish uchun 5 -1 0
g tezak olinib, biror stakanga solinadi va bir qism tezak-
ka 20 qism to ‘yingan eritma solinadi. Hosil b o ‘lgan aralashma shisha yoki y o g ‘och
tayoqcha bilan aralashtirilib, sut simli to 'r yoki dokadan toza stakanga suziladi.
M azkur aralashma 30 -4 0 daqiqa tindiriladi. Natijada solishtirma o g ‘irligi to ‘yingan
osh tuzining solishtirma og'irligidan kam b o 'lg an gelmint tuxumlari eritma yuziga
qalqib chiqadi. So'ngra suv yuziga qalqib chiqqan gelmint tuxumlarining yupqa
pardasi sim ilmoqcha (45-rasm, “a”) bilan kesiladi va bir necha tomchi suyuqlik
buyum
oynasi ustiga quyilib, usti qoplagich oyna bilan qoplanadi-da, mikroskopda
tekshiriladi. N amuna tez qurib qoladi, shuning uchun ham uni darhol tekshirish
kerak. Agar namuna quriy boshlasa, unda qoplagich oyna
ostiga pipetka bilan suv
yoki teng miqdorda suv bilan suyultirilgan glitserin tomiziladi. Simli ilmoq ishlatil-
gandan so ‘ng spirt lampasi alangasida kuydiriladi.
a ) F y u l l e b o r n u s u l i bilan osh tuzining to ‘yingan eritmasiga nisba-
tan solishtirma og'irligi yengil bo'lgan gelmint tuxumlarini topish mumkin (askari
da, strongilyat va boshqa nematod va sestodlar tuxumi). Solishtirma og'irligi eritma
solishtirma og'irligiga yaqin b o 'lg an gelmint tuxumlarini topish birm uncha qiyin
(trixotsefallar, metastrongilidlar, kapilyariy tuxumlarini) va solishtirma og'irligi
eritma solishtirma og'irligiga nisbatan og'ir b o 'lg an gelmint (trematod) tuxumlarini
bu usulda aniqlab bo'lmaydi.
b ) S h e r b o v i c h u s u l i . Stakanga 5 - 7 g tezak solib,
uning ustiga av-
val oz miqdorda, keyin bir qism tezakka 10 qism suv to 'g 'ri kelguncha suv quyib
aralashtiriladi. Hosil bo'lgan suyuq aralashma toza stakanga sim to 'rd a suzilib, 10-
15 daqiqa tindiriladi, so'ngra suyuq qismi boshqa idishga quyiladi. C h o 'k m a
esa sentrifuga probirkalariga solinib, 2 -3 daqiqa aylantiriladi. Sentrifugada ay-
lantiriigandan keyin suyuq qismi boshqa idishga
quyiladi, cho'k m a ustiga esa gipo-
sulfitning to'yingan eritmasidan q o'shib aralashtirilib, yana 2 -3 daqiqa sentrifugada
aylantiriladi-da, so 'n g xuddi Fyulleborn usuli singari simli ilmoq bilan probirkadan
bir tomchi suyuqlik olinib, mikroskopda tekshiriladi. Shcherbovich usuli b o 'y ich a
132