C# bilan boshlashning eng oson yo'li IDE dan foydalanishdir.
Kodni tahrirlash va kompilyatsiya qilish uchun IDE (Integrated Development Environment) qo'llaniladi.
https://visualstudio.microsoft.com/vs/community/ saytidan bepul yuklab olish mumkin bo'lgan Visual Studio hamjamiyatidan foydalanamiz .
C# tilida yozilgan ilovalar .NET Framework dan foydalanadi, shuning uchun dastur Microsoft tomonidan yaratilganligi uchun Visual Studio dan foydalanish mantiqan to'g'ri keladi.
C# o'rnatish
Visual Studio Installer yuklab olingandan va o'rnatilgandan so'ng, .NET ish loyihasini tanlang va Modify/Install (O'zgartirish/O'rnatish) tugmasini bosing:
O'rnatish tugallangach, Visual Studio dasturini ishga tushirish uchun " Launch (Ishga tushirish)" tugmasini bosing.
Boshlash oynasida Create a new project (Yangi loyiha ochish) ni tanlang :
Keyin "Install more tools and features (Qo'shimcha vositalar va xususiyatlarni o'rnatish)" tugmasini bosing:
Ro'yxatdan "Console App (.NET Core)"ni tanlang va "Next" tugmasini bosing:
Visual Studio sizning loyihangiz uchun avtomatik ravishda ba'zi kodlarni yaratadi:
Kod shunday ko'rinishi kerak!
Yuqoridagi kodni tushunmasangiz, tashvishlanmang - keyingi dasrlarda bu haqda batafsil batavsil tushuntiriladi. Hozircha kodni qanday ishga tushirishga e'tibor qarating.
Klaviaturangizdagi < F5 > yoki < Ctrl+F5 > tugmasini bosib dasturni ishga tushiring (yoki "Debug" ->”Start Debungging” tugmasini bosing ). Bu sizning kodingizni kompilyatsiya qiladi va bajaradi. Natijada shunga o'xshash narsa ko'rinadi:
Hello World! C:\Users\Username\netcoreapp3.0\HelloWorld.exe (process 13784) exited with code 0. Press any key to close this window . . . Tabriklaymiz ! Siz birinchi C# dasturingizni yozdingiz va bajardingiz.