S. F. Abdirasilov


XVIII-XIX asrlarda Rossiya



Yüklə 16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/167
tarix25.12.2023
ölçüsü16 Kb.
#194069
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

XVIII-XIX asrlarda Rossiya. 
Rasm chizish Rossiya maktablarida 
umumiy ta’lim o‘quv predmeti sifatida XVIII asming boshlarida paydo 
boidi. Bu davrda rasm chizish Dengiz akademiyasi, xirurgiya maktabi.
23
www.ziyouz.com kutubxonasi


kadetlar maktabida, fanlar akademiyasi qoshidagi gimnaziyada, qizlar 
tarbiya bilim yurtida o'qitilgan.
Bu o‘quv yurtlarida rasm chizishga o‘rgatish rassomlar tayyorlash 
uchun emas, balki yoshlami kasbiy faoliyati va kelajak hayotlarida 
foydalanishlari uchun kerak bo‘ladigan soha deb qaralar edi.
A.Sapojnikov. Boshning simli modeli.
1934-yilda rus rassomi A. Sapojnikov birinchi bor umumiy ta’lim
maktablari uchun «Rasm chizish kursi» nomli darslikni yaratdi. Mazkur 
darslik naturaga qarab rasm chizishga asoslangan edi. Darslik realistik 
rasm ishlash asosida qurilgan bo‘lib, unda perspektiva, yomg‘-soya 
qonunlari ham o‘z aksini topgan edi. Shu bilan bir qatorda Sapojnikov 
sim, karton, gips kabi materiallardan narsalar tuzilishi, perspektiv 
qisqarishi, hajmiga doir metodik ko‘rgazmali qurollar majmuasini ham 
yaratdi. Muallifning tavsiyalariga ko‘ra har qanday natura asosiga turli 
hajmli va yuzali geometrik shakllar yotishi, shuning uchun ham rasm 
chizishda geometrik metoddan foydalanish maqsadga muvofiqligi bayon 
etilgan.
24
www.ziyouz.com kutubxonasi


Stemel«
0< ^ В 0 | 1 А ^ Т К Л & К Ы Л
»гч.$к*л
К Р А Т К О Е р у к о в о д с т в о
шолидыюму ХУЛ0Ж1ГТВУ
tm rub 
tllHsUcjtrr»*
.>f* 
;
LD.Preysler qo‘llanmasi.
Rossiyada tasviriy san’atni umumiy ta’lim maktablarida o‘qitilishi- 
ga doir yirik fundamental asar yaratganlardan biri G. A. Gippius bo‘1di. 
Uning «Очерки теории рисования как обшего учебного предмета» 
nomli asarida o‘sha davrdagi rasm chizishga o‘rgatishdagi eng ilg‘or 
g‘oyalar o‘z aksini topgan edi.
Rossiya maktablarida rasm chizish ommaviy tarzda o‘qhila 
boshlangach rassom-o‘qituvchilaming yetishmasligi muammosi paydo 
bo‘ladi.
Maxsus 
0
‘qituvchilar tayyoriash maqsadida 1825-yilda Moskvada 
Stroganov nomidagi texnikaviy rasm bilim yurtida yangi bo‘lim ochilib, 
unda rasm o‘qituvchilari tayyorlana boshladi. 1879-yildan esa Sank- 
Peterburg badiiy akademiyasi qoshida rasm o‘qituvchilari tayyorlovchi 
kurs ochildi. Bu kurslar uchun dastur, metodik materiallar tayyorlashda 
badiiy akademiya professori P. Chistyakov faoliyat ko‘rsatdi. Bu davrda 
tuzilgan 
dastur va qoilanmalarda A.Sapojnikovning geometrik 
ko‘chirish metodlari amaliyotdan chiqarilib, maktabda rasm darsi faqat 
natural metod asosida rasm ishlashdan iborat ekanligi qayd qilindi. 
Mazkur dastur va qo‘llanmalarda bolalar tasviriy faoliyatlariga erkinlik 
berish lozimligi ham belgilab qo‘yildi. Rasm chizish muammolaiini hal 
qilishda XIX asr boshlarida Moskva va Peterburg shaharlarida tashkil 
etilgan «Rasm o‘qituvchilari jamiyati» e’tiborga loyiq ishlami amalga 
oshirdi. Bu davrda mutaxassislar orasida rasm chizishga o‘rgatish
25
www.ziyouz.com kutubxonasi


masalalari katta qiziqish uyg‘otgan boMishiga qaramasdan, bu sobada] 
qarama-qarshi g'oyalar ham kuchaydi. Ana shundaylardan biri I 
formalistik oqim edi. Bu oqimning vakillaridan Kershenshteyner val 
Dyupyui g‘oyalarini Rossiyada tashviqot qilishda Bakushinskiy katta rol 

o‘ynadi. Uning fikricha badiiy tarbiyada «Maktab» kerak emas, i 
bolalarni o‘qitish ham kerak emas, ular xohlagan ishlarini bajarsinlar,! 
0
‘qituvchi faqat kuzatib turishi lozim. 1918-yilda Peterburgda nashr 
etilgan V.I.Beyer va A.K.Voskresenskiylaming «Рисование на 
началной ступени обучения в связи с лепкою и черчением» nomii 
qoMlanmalarida naturaga qarab rasm ishlash, illyustrativ rasm ishlash, 
dekorativ rasm ishlash va suratlarni kuzatish boiimlari mavjud edi.
1931-yil 5-sentabrdagi « 0 начальной и средней школе» nomli 
davlat qarori asosida maktab dasturlarida bu o‘quv predmetining maqsad 
va vazifalari qayta ko‘rib chiqildi. Rus sovet badiiy ta’limining 
shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatganlardan biri D.N.Kardovskiy edi. Bu 
badiiy ta’lim tizimi realistik san’at prinsiplariga asoslangan bo‘lib, 
D.N.Kardovskiyning tashabbusi va sa’y-harakati bilan 1942-yili Moskva 
pedagogika instituti qoshida badiiy-grafika fakulteti ochildi.
Ш

Yüklə 16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin